turlicha kommunikaktiv vositalar yordamida o‘qituvchi tomonidan talabalar bilan o‘zaro ta’sir va o‘zaro munosabatni tashkil qilish;
muayyan maqsadni dasturiy asosda amalga oshirishning rejalashtirish va o‘tkazish funksiyasini bajaradi.
2.O‘quv-tarbiya jarayonida pedagogik muloqotni boshqarish uslublari. Psixologiyada rahbarlarning o‘z jamoasi a’zolari bilan munosabat texnikasi tahlil etilib, turli tipdagi ijtimoiy-psixologik portretlari ishlab chiqilgan. Rahbarlarning muloqotni boqarish uslublari: avtoritar, demokratik, liberal uslub tarzida berilgan. Mana shu uslublarni pedagogik muloqotda o‘qituvchi rahbarligi uslubi tarzida kurish mumkin.
Avtoritar uslub. O‘qituvchi guruhning faoliyat yo‘nalishini shaxsan o‘zi belgilaydi, kim-kim bilan o‘tiradi, kim bilan ishlaydi o‘qituvchi o‘zi hal qiladi. Bunday uslubda ish yurituvchi o‘qituvchi o‘quvchilar tashabbusiga yo‘l bermaydi. Hamkorlikning asosiy shakli-buyruq, ko‘rsatma, instrUksiya, ogohlantirish. Hatto kamdan-kam bildiriladigan minnatdorchilik ham kamsitish shaklida bo‘ladi. "Sen bugun yaxshi javob berding. Sendan buni kutmovdim" kabi.
Demokratik uslub. O‘qituvchi faoliyat maqsadini har bir o‘quvchi ongiga etkazishga, ish borishini hal etishga hammani faol ishtirok etishga undaydi. o‘zining vazifasini faqat nazorat va muvofiqlashtirishda emas balki tarbiyalashda deb biladi, har bir o‘quvchi rag‘batlantiriladi, unda o‘ziga ishonch paydo bo‘ladi, o‘z- o‘zini boshqarish rivojlanadi. Demokratik uslubda boshqaruvchi o‘qituvchi bolalarning individual qobiliyat va qiziqishlarini hicobga olib vazifalarni optimal tarzda taqsimlashga undaydi. Faollikni rag‘batlantiradi, tashabbusin quvvatlaydi. Muloqotning asosiy shakli - iltimos, maslahat, axborot tarzida bo‘ladi.
Liberal uslub. o‘qituvchi jamoa faoliyatiga aralashmaslikka harakat qiladi, faollik ko‘rsatmaydi, maslahatlarga formal qaraydi, turli ta’sirlarga tez beriladi. Javobgarlikdan o‘zini olib qochadi.
Eng yaxshi uslub - demokratik uslub. Miqdoriy ko‘rsatkichlar avtoritar uslubdan kam bo‘lishi mumkin, lekin ishlash ijtiyoqi rahbar yo‘g‘ida ham davom etadi. Ijodkorlik yuqori bo‘ladi, javobgarlik hissi, o‘z jamoasi uchun faxrlanish rivojlanadi. Eng yomon uslub - liberal uslub bo‘lib, bunda ham ish kam bajariladi, ham sifat yomon bo‘ladi.
O‘qituvchilar maktab amaliyotida axloq tarbiyasida qo‘llashi mumkin bo‘lgan quyidagi asosiy pedagogik uslub turlari mavjud: