3. Darsdagi faoliyatning turli-tumanligi haqida. Mohir pedagoglar Ma’ruza, Amaliy, munozara, konferentsiya, o‘quv sayohati, o‘quvchi-maslahatchilar yordamida mustaqil dars, ko‘rik-konkurs kabi dars turlaridan foydalanishga alohida e’tibor beradilar.
O‘qituvchining mohirligi yuqorida kayd qilingan noan’anaviy dars turlarini o‘tish texnikasining egallashida namoyon bo‘ladi.
M. I. Maxmutov ta’kidlaganidek, hozirgi zamon o‘qituvchilari uchun muammoli metodni joriy etish qiyinchilik tug‘diradi, chunki «o‘quv dasturlari va darsliklar» an’anaviy pedagogik tafakkur asosida, eskirib qolgan didaktika va metodikaga asoslangan. O‘quv materialini bayon etish mantig‘i esa uni batafsil (ipidan-ignasigacha) tushuntirishni talab qiladi va o‘quvchilarning mustaqil ijodiy faoliyatlariga deyarli e’tibor berilmaydi.
Mohir o‘quvchilar, o‘z ishining ustalari uchun esa o‘quvchilar bilan demokratik uslubda muloqot qilish va o‘quvchilarning ijodiy tafakkurlarini rivojlantiruvchi muammoli metodlar sistemasini qo‘llash xarakterlidir. Ular bilimlarni o‘zlashtirishni barcha bosqichlarida muammoli vaziyat yaratishga erishadilar. Ular o‘quvchilarning formula va qonunlarni, son-sanoqsiz raqamlar va ismlarni, yuzlab qoida va ta’riflarni soxta yod olishlarini, ularning xotiralarini hayotda kerak bo‘lmaydigan narsalar bilan to‘ldirib band qilishni qoralaydilar.
Muomala kategoriyasi umumiy psixologiya fanining asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanib, u o‘z ichiga shaxslararo munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi. Psixologiya fanida muomala kategoriyasi keng ma’noda tushunilganda hamkorlik faoliyatining ichki aloqasini mujassamlashtirib, o‘zaro ta’sir va o‘zaro munosabatni aks ettirib, ijtimoiy protsessual jubhasini ifodalaydi. Muomalaning eng muhim tarkibi muloqot sanalib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim rol o‘ynaydi.
Muomala - hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chiquvchi, shaxslararo muloqot rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir. Muomala quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan:
Kommunikativ (bir tomonlama axborot o‘zatish). Muomala o‘z ichiga hamkorlik faoliyatining qatnashchilari bilan o‘zaro axborot almashuvni qamrab olgan bo‘lib, kommunikativ jabha sifatida tavsiflanishi mumkin. Odamlar bir-birlari bilan muloqotda kirishishi jarayonida muomalaning muhim vositalaridan biri tilga va nutq faolyaitiga bevosita murojaat qiladilar.
Interaktiv (ikki tomonlama ta’sir) - muloqotga kirishuvchilarni o‘zaro ta’siri, ularning nutq faoliyatida nafaqat so‘z orqali fikr almashinuvi, balki hatti-harakat va hulq atvori bilan o‘zaro ta’sir o‘tkazishi tushuniladi.
Perseptiv (o‘zaro bir-birini idrok qilishi, anglashi) bunda muloqotga kirishuvchilar o‘zaro bir-birlarini idrok qilish jarayoni namoyon bo‘ladi, ya’ni ulardan biri ikkinchisining ishonchiga loyiq, aqlli, farosatli, tajribali, yuksak tayyorgarlikka ega inson sifatida idrok g‘ilinadi.
Muomalaning har uchala tomonini birlikda yaxlit olib qarash, u hamkorlik faolyaitini tashkil qilishning usuli va unda ishtirok etuvchilarning munosabatlari tariqasida namoyon bo‘ladi.
Kasbiy muammoni muvaffaqiyatli echish mumkinki, qachonki o‘qituvchi bilan o‘quvchilar (talaba) hamkorlik faoliyatiga kirisha olsa, shaxsni shakllantirishning maqsad va vazifalariga o‘zaro ta’sir va tushunuvchi yo‘lga qo‘ya olsa shundagina pedagogik muomala amalga oshadi.