O‘quvchilar bilan do‘stona munosabat - pedagogik uslub.
Pedagogik muomala – masofa uslubi.
qo‘rquvga asoslangan uslub.
Ustamonliq qilishga harakat qilishi uslubi. 3.O‘qituvchining o‘quvchi bilan bo‘lgan muloqatida ishontirish va ta’sir etish usullaridan foydalanish. Pedagogning tutgan yo‘li. Agar o‘qituvchi o‘quvchilarga nisbatan muayyan holatda tursagina (bu holat ularning yoshiga qarab turlicha bo‘ladi) pedagogik ta’sir ko‘rsatishni muvaffaqiyatli amalga oshira oladi. Mazkur holat o‘quvchilar bilan muomala sohasida o‘qituvchining asosiy yo‘l-yo‘rig‘idan iborat bo‘lib, u o‘quvchilarning psixologik va yosh xususiyatlariga monand bo‘ladi. o‘quvchilar yoshiga muvofiq ravishda o‘qituvchi holati (tutgan yo‘li) ning o‘zgarish mezoni - bu o‘quvchilar jamoasiga nisbatan tashqi holatdan ma’lum darajada ichki holatga o‘tish, o‘quvchilarga bevosita ta’sir ko‘rsatishning kamayishi va bevsita ta’sirning ortishi jamoani boshqarish vazifalarining bir qismini o‘quvchilarni o‘z-o‘zini boshqarish organlariga berish, har bir bola shaxsining ichki olamiga ko‘proq ta’sir ko‘rsatishiga o‘tishdir.
O‘qituvchi bilan o‘quvchi ob’ektiv ravishda turli avlod vakillari hisoblanadilar. Har bir yangi avlod oldingi avlodlarga nisbatan bir muncha yangi sharoitda hayotga kirib keladi. o‘quvchilarning o‘zlari ham avloddan-avlodga o‘zgarib boradilar. Buning oqibatida har bir yangi avlod ota merosini passiv ravishda emas, balki faol ravishda o‘zlashtiradilar. Bu o‘zgartirish katta avlodlar bilan doimiy muloqotda bo‘lgandek sodir bo‘ladi. o‘qituvchi yuqori sinf o‘quvchilari bilan muloqot yo‘li bilan muomala qilganda utmish g‘oyaviy merosining muhim ahamiyatini tasdiqlab borishi lozim. Bunday holda u keng muammolar bo‘yicha maslahatchi bo‘lib qoladi va yuqori sinf o‘quvchilariga samarali ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Keys: Pedagogik nizo va uni hal etish yo‘llari Ma’lum muddat tibbiy davolanishda bo‘lib, yangi o‘quv yilidan yana qaytadan ishga qaytgan “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi SH.Abilov pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 103 guruhida pedagogika nazariyasi fanidan seminar mashg‘ulotini o‘tkazayotgan edi. amaliy mashg‘ulotida talabalarni kichik guruhlarda ishlashlarini tashkillashtirdi. Talabalar kichik guruhlarda ishlarni davom ettirayotgan bir paytda, mashg‘ulot boshlanganiga o‘ttiz daqiqa bo‘lganida mazkur guruh talabasi O. SHobirov eshikni ochib, auditoriyaga kirishga ruxsat so‘radi. O‘qituvchi esa mashg‘ulot boshlanganiga ancha vaqt bo‘lganini, u bir necha marotabadan bo‘yon kechikib kelayotganini aytib, mashg‘ulot vaqtida kechga qolgan talaba O.SHobirovning auditoriyaga kirishiga ruxsat bermadi. Talaba esa, auditoriyadan chiqib ketishni xohlamadi. O‘qituvchi undan auditoriyadan chiqib ketishni talab etdi va oxir-oqibat xonadan chiqarib yubordi. Ertasi kuni auditoriyaga kiritilmagan qizning onasi nomidan fakultet dekanatiga shikoyat xati kelib tushdi. SHikoyat xatida talaba-qizning onasi homilador ekanligiga qaramasdan va har qanday holatda ham o‘qituvchi talabani mashg‘ulotga kiritmasdan, uni turtib auditoriyadan chiqarib yuborgani pedagogik etika zid ish ekanligi, o‘qituvchining kompetentligini aniqlash uchun Davlat test markazidan xolis ekspertlar chaqirib, sinovdan o‘tkazish va shikoyatga yozma ravishda javob qaytarish, agar kerakli chora ko‘rilmasa, yuqori tashkilotlarga murojaat qilishi haqidagi talabni qo‘ygan edi. Ertasi kuni fakultet dekani va o‘rinbosari SH.Abilovni bu haqida ogohlantirdi. O‘qituvchi esa dekanga u hech qanday ortiqcha harakat qilmagani, talaba qiz hamma vaqt darsga kechikib kelishini aytib qo‘pol munosabatda bo‘ldi. Bir hafta muddat o‘tib, dekan kafedra mudiridan mazkur masalani yig‘ilishda muhokama qilib, qaror chiqarib berishni so‘radi.
Kafedra majlisida mazkur masala muhokama etildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari har qanday vaziyatda ham SH.Abilovni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi. Biroq talaba-qizning homilador ekanligini hisobga olib, undan uzr so‘rash haqidagi taklifni kiritishdi. SH,Abilovga so‘z berilganda esa, u pedagoglik odobiga zid hech qanday xatti-harakat sodir etmaganligini, talaba-qizdan uzr so‘ramasligini bildirdi. Oradan bir hafta muddat o‘tib, SH.Abilov kafedra mudirining ishdan bo‘shamasligi haqidagi iltimosiga karamasdan, o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etildi.
YUqorida keltirib o‘tilgan vaziyatni tahlil eting. Siz SH.Abilovning o‘rnida bo‘lganingizda qanday yo‘l tutgan bo‘lar edingizq SH,Abilovning ishdan bo‘shab ketishi to‘g‘ri bo‘ldimi?