Jinsiy tarbiya. Umuminsoniy tarbiyaning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri jinsiy tarbiya hisoblanadi. O‘smirlik davri insonni bolalikdan-yoshlikka va boshqa davrlarda o‘zining keskinroq, murakkabroq kechishi Bilan farq qiladi. Bu davr psixologik-pedagogik adabiyotlarda «o‘qitish davri», «og‘ir davr», «inqiroz davri» kabi iboralar bilan ataladi. Bu darvlarda o‘smirlarga nazoratni kuchaytirish kerak. Ota-onalar, o‘qituvchilar, tarbiyachilar, shifokorlar tomonidan turli-tuman chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali jinsiy tarbiya beriladi.
O‘smirlik yoshidan boshlab tarbyaining Yangi omili o‘z-o‘zini tarbiyalash vujudga keladi. O‘quvchilar o‘zlarini ijtimoiy-qimmatga ega bo‘lgan shaxs xislatlarini tarkib toptirish sohasida hulq-atvordagi kamchiliklarga salbiy xislat va sifatlarga barham berish sohasida ongli ravishda muntazam ishlay boshlaydilar. Odam yuksak darajada o‘z-o‘zini idora qiluvchi, o‘z-o‘zini kamol toptiruvchi birdan-bir tizimdir.
O‘qituvchi, tarbiyachi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalashiga rahbarlik qilishda to‘rtta vazifani ko‘zda tutishi kerak Birinchidan, o‘quvchida o‘zida shaxsning ijobiy xislatlarini taraqqiy etirishga va o‘z hulq-atvoridagi yomon tomonlardan xolos bo‘lishga intilish istagini uyg‘otishdir.
Ikkinchidan, o‘quvchiga o‘z shasxiga tanqidiy munosabatda bo‘lishda o‘z hulq-atvoridagi xususiyatlarini diqqat bilan odilona tushunib olishda, o‘z kamchiliklarini yaqqol ko‘rishda, o‘z nuqsonlarini fahimlab yordamlashishdan iborat.
Uchinchidan, o‘qituvchi, tarbiyachi o‘z-o‘zini tarbiyalash dasturini tuzishda, shaxs hulq-atvori xislatining xususiyatlarini (m; o‘zini tuta bilish; qat’iylik, mardlik va xak.)
To‘rtinchidan,o‘qituvchi, tarbiyachi o‘z-o‘zini tarbiyalashning oqilona yo‘llarini ko‘rsatib beradilar, o‘quvchini shaxsning ijobiy hislatlarini tarkib toptirish va kamchiliklarga barham berishga oid maqsadga muvofiq va samarali ishlash usullari bilan qurollantiradilar.
«Tarbiyasi qiyin» bolalar pedagogik qarovsizlik natijasidir. L.S.Vigotskiy fikricha, «qiyin» o‘smir hayoti munosabatlar xarakterining natijasidir.
Bular avvalo qaysar, injiq bolalar, ularni qiziqarli faoliyat turiga tortish ularni tarbiyalashning asosiy usullaridan biridir.
Ularning ma’lum bir qismi intizomsiz, qo‘pol bolalardir. Ularning aktivligini maqsadga muvofiq o‘zgartirish, ularga ba’zi huquqlarni berish yo‘li bilan ularga ta’sir o‘tkazish mumkin. Psixologiyada «tarbiyasi qiyin» bolalarning bir qancha klassifikatsiyalari mavjud.