О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-hozir.org
IJTIMOIY XULQ-ATVOR Shaxs ijtimoiy psixologik mavjudot sifatida hamisha ijtimoiy muhit ta’sirida bo‘ladi va ularni anglaydi. Ijtimoiy normalar, sanksiyalar, rollar ijtimoiy mexanizmlar sifatida shaxs xulq-atvorini ma’lum ma’noda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam beradi. Lekin insonning komilligi, uning axloqi, ijtimoiy normalar doirasidagi maqbul harakati uning o‘ziga ham bog‘liqdir. Odamning o‘z-o‘zini anglashi, bilishi va o‘z ustida ishlashi avvalo uning diqqati, ongi bevosita o‘ziga, o‘z ichki imkoniyatlari, qobiliyatlari, hissiy kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi. Ya’ni, ijtimoiy xulq – shaxs tomonidan uni o‘rab turgan odamlar, ularning xulq-atvoriga e’tibor berishdan tashqari, o‘zining shaxsiy harakatlari va ularning oqibatlarini muntazam tarzda tahlil qilib borish orqali, rollarni muvofiqlashtirishni ham taqozo etadi.
Xalqaro kommunikatsiya kanalining kengayishi, turli shakldagi informativ axborotlar, syujetlar, kino va video filmlar yoyilishining kuchayishi munosabati bilan odamlar xatti-harakatida, nutq manerasida, imo-ishorasida, harakatlanish maromida o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Yoshlar shaxsiyatida shakllanayotgan ko‘pgina xatti-harakat ko‘nikmalari ham ijobiy, ham salbiy xususiyatga ega. Ijobiy tomoni shundaki, madaniy aloqalar negizida millatlar urf-odati yuzasidan ma’lumot olish, mamlakatlar tabiati bilan tanishish, yangi texnologiya mohiyatini anglash, jahon sivilizatsiyasini egallash, sport turlarini o‘zlashtirish uchun qulay imkoniyat yaratilishidir. Bu ijtimoiy taraqqiyparvarlik ko‘rinishining ro‘y-rost ifodasi bo‘lib, millatlararo baynalminalchilik tuy g‘usini tarkib toptiradi. Ba’zi jihatlari bilan insonning jasurlik, mardlik, botirlik sari undaydi, vatanparvarlik tuy g‘usining paydo bo‘lishiga yordam beradi. Tabiatning to‘ g‘ri idrok qilishga nafosat xusnini egallashga, fan va texnikaga qiziqish uy g‘onishiga, saviyani kengaytirishga olib keladi, kamolot jarayonini tezlashtiradi. Insonni zukkolikka, topqirlikka, epchillikka o‘rgatadi, uni yashash va kurash yo‘llari bilan tanishtiradi.
Hozirgi zamon odamlari xulq-atvorida keksa avlod malakalariga rioya qilish xohishlari kamayib, ularning o‘rniga zamonaviy shakllarni yaratishga, o‘zining dag‘alligi bilan keskin ajralib turishiga alohida e’tibor berishga qaratmoqda. Tomoshabin yoshlar xulq-atvorida vulgarlik, harakatida qo‘pollik, nutq faoliyatida dag‘allik, yurish-turishida ibosizlik, sharm-hayosizlik illatlarini shakllantirmoqda. Milliy urf-odatlarga salbiy ta’sir etib, olamlarni nomussizlik, jaholat, shafqatsizlik, shahvoniy hayot namunalari bilan tanishtirmoqda. Bularning barchasi balo g‘atga еtmagan o‘g‘il-qizlar xulqining buzilishiga olib kelmoqda, shaxslararo munosabat maromini o‘zgartirib, sharqona tarbiyaga putur еtkazmoqda. Ularning salbiy ta’sirlari quyidagilarda o‘z ifodasini topmoqda: