O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universitetining pedagogika instituti


ILK O‘SPIRINLIK YOSHI DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə161/196
tarix24.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#191090
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   196
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-hozir.org

ILK O‘SPIRINLIK YOSHI DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Reja:
1.Ilk o‘spirinlik davri psixologiyasiga umumiy tavsif.
2.Ilk o‘spirinlik davrida intellektual va emostional rivojlanish xususiyatlari.
3.Ilk o‘spirinlik davrida muhabbat.
4.Ilk o‘spirinlik davrida o‘z-o‘zini anglashning rivojlanishi.
5.Ilk o‘spirinlik davrida kasbga yo‘naltirishning psixologik muammolari.


1. Ilk o‘spirinlik davri «kamolot bo‘sag‘asi» deb ta’riflanadi. Bu kamolot bosqichi fiziologik, psixologik va ijtimoiy chegaralarni o‘z ichiga oladi. Psixologiya fani o‘spirinlik muammosini kompleks o‘rganishni da’vat etadi. Bu juda qiyin masala, chunki psixofiziologik taraqqiyot surr’ati bilan uning bosqichlari ijtimoiy еtilish muddati bilan bilan hamma vaqt ham to‘g‘ri kelaveraydi. Akseleratsiya natijasi natijasida bugungi bolalarimizning taraqqiyoti avvalgi avlodlarga nisbatan o‘rtacha ikki-uch yil avval etilmoqda. Fiziologlar bu jarayonni 2-darajada jinsiy belgilarning paydo bo‘lishiga qarab, 3-ta bosqichga ajratadilar:
I-bosqich-prebubertat;
II-bosqich-pubertat;
III-bosqich-postpubertat.
Yosh psixologiyasi o‘spirinlikning yoshini I - II bosqichlar bilan bog‘lab kelar edi. Akseleratsiya munosabati bilan o‘spirinlik yoshining chegarasi endi 15-16 dan 18 yoshgacha bo‘lmoqda. Demak, konkret mazmuni birinchi navbatda ijtimoiy sharoitlar bilan belgilanadi. Yoshlarning jamiyatda tutgan o‘rni, ularning mavqei, ular egallaydigan bilimlarning hajmi va bir qator boshqa faktorlar ijtimoiy sharoitlarga bog‘liqdir.
Ilk o‘spirinlik yoshi bolalarning 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan taraqqiyot davrini o‘z ichiga oladi. Bu akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilaridir.
Ilk o‘spirinlik davrini ikkinchi o‘tish davri deb hisoblash mumkin. Agar birinchi o‘tish davridagi ko‘proq balilkka yaqin bo‘lsa, ikkinchi o‘tish davrida bo‘lgan o‘spirin ko‘proq yoshlik davriga yaqindir vash u jihatdan o‘rganiladi hamda tadqiq etiladi. Ilk o‘spirinlik davri, asosan, unda mustaqil hayotning boshlanishi bilan (o‘rta maktabni tamomlab, litsey, kollejlarga kirishi) xarakterlanadi. Hayotdagi bu o‘zgarishlar ilk o‘spirinlik shaxsiga, uni o‘zini anglashiga ta’sir ko‘rsatadi. O‘smirlardan farqli o‘laroq ilk o‘spirinlar kata hayotni tasavvur etmaydilar, balki unda ishtirok etadilar.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin