Bolari bilan Pashsha Abdulla Avloniy (Masal) Bir Pashsha qir tarafdan uchib kelayotgan Arini ko‘rib: - Do‘stim, qayerdan kelyapsan? - dedi. Ari: - Qirdan kelyapman. Biroz bol yig‘dim. Uy yasash uchun mum ham hozirlab keldim, dedi. Pashsha: - Oh, birodar! Bir boshing uchun buncha harakat qilasan! Sen ham men kabi yashasang nima boladi? Mening yashashimda hech bir mashaqqat yoq. Insonlar hozirlagan dasturxonlardan har xil taomlarni yeb-ichib umr otkazaman. Bazi vaqtlarda sen tayyorlagan boldan ham toygunimcha yeyman. Mana! Yashamoq mana! Umr kechirish uchun olamda bundan ham yaxshi turmush boladimi? Menda bol tayyorlash mashaqqati ham yoq, uya solish kulfati ham yoq, dedi. Ari bu sozlarga javoban shunday dedi: - Oh, dostim! Sening bunday turmushing oz boshingdan beri kelmasin. Mashaqqatsiz taomda lazzat boladimi? Insonlar seni dastur- xondan quvib haydaydi. Oxiri bir orgimchak luqmasi bolishdan boshqa narsaga yaramaysan. Ammo men tayyorlagan mum hamma yerni yoritadi. Bolim dunyoning hamma yerida maqbuldir. Shu sababli insonlar meni ozlari tarbiya qiladilar. Har yerda meni maqtaydilar. Qoy, birodar, mening ishim kop. Sen bilan behuda sozlashib turishga vaqtim yoq. - Ari shunday deb uchib ketdi. Xulosa shuki, mehnatning oxiri rohat, yalqovlikning oxiri xorlikdir. IV.YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH: O`quvchilar bilan bo`limda o`tilga barcha mavzulani birma bir esga olinadi va tahlil qilinadi. Bo`limda o`tilga she`rlarni eng kim ko`p ayta olishi yuzasidan musobaqa o`tkaziladi.
1. Masalni rollarga bolib oqing.
2. Masaldan qanday xulosaga keldingiz? Matnga mos maqol toping.