fikrlaydigan yetuk dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat”. Shunday qilib, milliy g‘oya xalqning tub manfaatlarini ifoda etadigan, uni o‘z oldiga
qo‘ygan maqsadlari sari birlashtiradigan va safarbar etadigan g‘oyadir.
Milliy g‘oya – u yoki bu millat, xalq, elatning milliy an’analarini, turmush tarzini va tanlab
olgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy tizimni va umuman milliy manfaatlarni himoya
qiladigan, qo‘llab-quvvatlaydigan, ularni mustahkamlash uchun ko‘maklashadigan qarashlar
majmuidan iborat. O‘z tarixi va taraqqiyotining tub burilish davrlarida har qanday millat va xalq
kelajagini belgilaydi, unga etishning o‘ziga mos yo‘llarini tanlaydi. Ana shu jarayonga xos
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy yo‘nalishlar bilan barcha g‘oyaviy tamoyillarini ham belgilab oladi.
Bunda butun millat uchun umumiy bo‘lgan g‘oyalar nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. «Milliy
g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov
tomonidan nazariy jihatdan asoslab berilgan «Vatan ravnaqi», «Yurt tinchligi», «Xalq
farovonligi», «Komil inson», «Ijtimoiy hamkorlik», «Millatlararo hamjihatlik», «Diniy
bag’rikenglik» kabi g‘oyalar ana shunday umummilliy g‘oyalar qatoriga kiradi.
2. Yoshlarda milliy va umumbashariy qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik