O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


  “Milliy  g‘oya,  O‘zbekistonni  rivojlantirish  strategiyasi”  fanining  qonuniyatlari



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

4.  “Milliy  g‘oya,  O‘zbekistonni  rivojlantirish  strategiyasi”  fanining  qonuniyatlari, 
asosiy tushunchalari, g‘oyaning jamiyat rivoji bilan uzviy bog’liqligi va unga ta’siri. 
“Milliy g‘oya, O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining qonuniyatlari 2 turga 
bo‘linadi.  
1) umumiy  
2) o‘ziga xos qonuniyatlardir.  
1.  Umumiy  qonuniyatlar  turli  xalqlar,  mamlakatlar,  jamiyatlar  hayotida  amal  qiladigan 
umumiy  asosga  ega  bo‘lgan  ichki  zaruriy  bog’lanishlar  bo‘lib,  u  jamiyat  va  mafkuralar 
(g‘oyalar)ning bir-birlari bilan uzviy bog’liqligi qonunidir. Jamiyat mafkurasiz yashay olmaydi. 
Demak,  birinchidan,  mafkura  har  qanday  jamiyat  hayotida  zarur.  Mafkura  bo‘lmasa,  odam, 
jamiyat,  davlat  o‘z  yo‘lini  yo‘qotishi  muqarrar.  Ikkinchidan,  qayerdaki,  g‘oyaviy  bo‘shliq 
vujudga kelsa, o‘sha erda begona g‘oya asosida bo‘lgan mafkuralar ta’siri uchun sharoit vujudga 
keladi. U jamiyat oldidagi maqsadlar, uni amalga oshirish vositalaridir. Demak, Milliy g‘oyaning 
umumiy qonunlari quyidagilardan iborat: 
1) Turli xalqlar, turli jamiyatlar mavjud. Ularning maqsadlari ham, rivojlanish yo‘llari ham 
turli  xil.  Ya’ni  rivojlanishning,  ijtimoiy  taraqqiyotning  xilma-xilligi  qonun  orqali  namoyon 
bo‘ladi. 
2) Dunyoning mafkuraviy manzarasi turli xil maqsadlar, turli xil manfaatlar, qarashlar bilan 
bog’liq  holda  namoyon  bo‘lgan  va  bo‘lib  qolmoqda.  Bu  ezgu  g‘oyalar  bilan  birga  yovuz 
g‘oyalarning  ham  yashovchanligini,  «dunyoda  mafkura  sohasida  kurashning»  davom  etib 
kelayotganligining asosida yotgan o‘ziga xos jihatidir. 
3)  Globallashuv  jarayonining  milliy  g‘oyaga  ta’sir  etishi  ham  o‘ziga  xos  umumiy 
qonuniyatdir.  Bu  jarayon  turli  mamlakatlar,  xalqlar  hayotida  ularning  bir-biriga  bog’liqligini, 
o‘zaro ta’sirini oshiradi, ma’naviy, g‘oyaviy hayotida aks etmasdan qolmaydi. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin