bir-biriga qarshi qo‘yish, yurtimizda, mintakamizda o‘z manfaati, o‘z siyosatini o‘tkazishga
harakat qilayotgan g'animlarga qarshi kurash demakdir.
Hozirgi paytda yoshlarimizda vatanparvarlik tuyg'usini kamol toptirish, ularni Vatanga
muxabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Inson o‘z yurtini qanday bo‘lsa
shundayligicha sevishi, uning rivoji uchun bor imkoniyatlarini ishga solishi lozim. Vatanparvarlik
kishilarda asosan uch bosqichda namoyon bo‘ladi:
1) bilish - Vatan tushunchasiga xos
kadriyatlarni egallash;
2) e'tiqod - mazkur qadriyatlar to‘g'risida olgan bilimlarini e'tiqodga aylantirish;
3) harakat - bu e'tiqodni amaliy ishlar orqali namoyon etish.
Birinchi Prezidentimiz ta'kidlaganidek, “Barchamizga ma'lumki, inson o‘zligini anglagani,
nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg'usi ildiz otib, ulg'aya boradi.
Bu ildiz qancha teran bo‘lsa, tug'ilib o‘sgan yurtga muxabbat ham shu qadar yuksak bo‘ladi.
Albatta, jahon - keng, dunyoda mamlakat ko‘p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz,
O‘zbekistonimiz yakkayu yagona. Bu go‘zal yurt, bu muqaddas zamin faqat bizga atalgan”.
Dostları ilə paylaş: