O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

2.  O‘ziga  xos  qonuniyatlar  o‘zbek  xalqining  hayoti,  turmush  tarzi,  tarixi,  madaniyati, 
milliy-madaniy  merosi  va  qadriyatlarini  aks  ettiradi.  Bu  qonuniyat  Milliy  g‘oyaning  mazmuni, 
maqsadi  va xususiyati nuqtai nazaridan qaraganda alohida, ustuvor ahamiyatga  ega. Chunki  bu 
qonuniyatni hisobga olish o‘zbek xalqining, millatning kelajagi bilan o‘zligini saqlab qolish hamda 
o‘z negizida rivojlanishini, dunyoda o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lishni e’tirof etish bilan bog’liq. 
Tarixiy  jihatdan  yondashganda,  bu  sohada  «turli  g‘oyalar»,  «mafkuralar»  ana  shu  muhim 
qonuniyatlarga  zid  bo‘lgan  holatlarni  ham  kuzatishini  ko‘rsatadi.  O‘zbek  xalqini  tilidan, 
madaniyatidan,  tarixidan  ajratib  qo‘yishga  bo‘lgan  urinishlar  bunga  misoldir.  Chunki  yot  va 
begona g‘oyalar xalqning turmush tarzi, milliy-madaniy qadriyatlaridan ajratib qo‘yish orqali uni 
zaiflashtirishga va o‘z irodasiga bo‘ysundirishga harakat qilgan. 
Demak,  Milliy  g‘oyaning  qonuniyatlari  har  bir  xalq  uchun  milliy  o‘ziga  xosligini  zamon 
yutuqlari bilan bog’lanishning nafaqat kafolati, balki rivojlanish strategiyasi hamdir. 
Milliy  g‘oya:  O‘zbekistonni  rivojlantirish  strategiyasi  fanining  o‘ziga  xos  rivojlanish 
qonuniyatlarini quyidagicha aks ettirish mumkin: shaxs, jamoa, millat, jamiyat, davlat  g‘oyaviy 


milliy-mafkuraviy  qadriyatlarini  yuksaltirish.  Bular  g‘oyaviy  mafkuraviy,  milliy  ong,  ijtimoiy 
jarayonlar bilan bog’liq qonuniyatlardir. Lekin ular umumiy aloqadorlikda uyg’un rivojlanadi va 
jamiyatda  aks  etadi.  Inson  shaxsini  g‘oyaviy-mafkuraviy  jihatdan  shakllantirishga  qaratilgan 
qonuniyatlardan  tashqari  biz  yuqorida  bayon  etgan  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar, 
qonuniyatlar ham mavjud. Albatta, mazkur qonuniyatlar o‘ziga xos, xususiy va umumiy jihatlarga 
ega bo‘lib, ba’zi sohalarda ularni chuqur o‘rganish, tahlil qilish lozim. Ularni o‘rganish jarayonida 
milliy  istiqlol  g‘oyasi  va  mafkurasining  umumiy  tamoyillari  mohiyati  va  mazmunidan  kelib 
chiqmoq  kerak.  Shu  boisdan  ham  mustaqil  taraqqiyot  yo‘lidan  borishning  turli  konkret 
sharoitlardagi  o‘ziga  xos  xususiyatlari,  yo‘nalishlari  va  umumiy  qonuniyatlari  o‘rtasidagi 
bog’lanishlarni teran o‘rganmoq va ularni tadqiq etish foydadan holi emas. 
Milliy goya va mafkura fanining kategoriyalar(tushunchalar)ini
8
  umumiy, substansional va 
funksional kategoriyalarga ajratish mumkin. Bunda: 
1) umumiy kategoriyalarga - goya, mafkura, bunyodkor goyalar, vay-ronkor g‘oyalar, milliy 
goyalar, umuminsoniy goyalar, dunyoviy goyalar, diniy goyalar, falsafiy goyalar, ijtimoiy-siyosiy 
goyalar; 
2) substansional kategoriyalarga - milliy istiqlol mafkurasi, mafkura evolyusiyasi, mafkura 
yakkahokimligi,  mafkuraviy  vaziyat,  mafkuraviy  poligon,  mafkuraviy  maqsad,  mafkuraviy 
siyosat,  mafkuraviy  xavfsizlik,  mafkuraviy  immunitet,  mafkuraviy  profilaktika,  mafkuraviy 
tarbiya,  g‘oyaviy  mustaqillik,  g‘oyaviy  ziddiyat,  g‘oyaviy  bo‘shliq,  g‘oyaviy  zaiflik,  g‘oyaviy 
savodsizlik, 
g‘oyaviy 
qaramlik, g‘oyaviy mutaassiblik, g‘oyaviy parokandalik; 
3)  funksional  kategoriyalarga  -  ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va  farovon  hayot  barpo  etish, 
Vatan  ravnaqi,  Yurt  tinchligi,  Xalq  farovonligi,  Komil  inson,  Ijtimoiy  hamkorlik,  Millatlararo 
totuvlik, Dinlararo bagrikenglik kabi tushunchalarni kiritish mumkin. 
G‘oya jamiyat rivoji bilan bog’liq bo‘lib, unga ta’sir qiladi. Jamiyat rivoji uzoq davom etgan 
tarixiy jarayon bo‘lib, unda kishilarning erishgan moddiy va madaniy merosi  o‘z aksini topgan. 
Tarixiy taraqqiyot jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy, g‘oyaviy-mafkuraviy 
rivojlanishi bilan uzviy bog'liq holda yuz beradi.            
Har  bir  davlat  va  jamiyat  qurilishi  bir-biridan  shakl  va  mazmun  jihatdan  farq  qilib,  bu 
ularning rivojlanish xususiyatlaridagi o‘ziga xoslikni belgilaydi. Ayni paytda, dunyodagi barcha 
davlatlar  va  jamiyatlarning  paydo  bo‘lishi  va  rivojlanishida  umumiylik  ham  mavjud  bo‘ladi. 
Bunday  umumiylik  real  ijtimoiy  asoslarga  ega  bo‘lib,  u  insoniyatning  umumiy  manfaat  va 
maqsadlarini ifoda qiluvchi g‘oyalarda yaqqol ko‘rinadi. Xususan, ijtimoiy - tarixiy taraqqiyotdagi 
umumiylik, mutanosiblik tamoyillari insoniyatni birlashtirish, uyushtirish, jipslashtirish, yagona 
ezgu maqsadga safarbar etish jarayonida namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, har bir davlat va jamiyat 
rivojlanishida  umumiylik,  mutanosiblik  bilan  birga  o‘ziga  xoslik  ham  bor.  Bunday  o‘ziga 
xoslikning  yuzaga  kelishiga  o‘sha  davrdagi  siyosiy  tuzum,  iqtisodiy  hayot,  madaniy  turmush, 
g‘oyaviy-mafkuraviy muhit ta'sir ko‘rsatadi. «Sodda qilib aytganda, - degan edi Birinchi Prezident 
I.Karimov, - muayyan davlat va jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichi hayotning  o‘zi o‘rtaga 
qo‘yayotgan  shart  va  talablarning  hisobga  olinishini  taqozo  etadi.  Aytish  mumkinki, 
taraqqiyotning  har  bir  bosqichi  -  bu  yangi  muammolar  va  ularni  bartaraf  etish  yo‘lidagi  yangi 
vazifalar demakdir. Bu - hayot qonuniyati, biz uni inkor etolmaymiz va inkor etishga haqqimiz 
ham yo‘q». 
Bundan  shunday  xulosa  chiqarish  mumkinki,  har  qanday  jamiyatning  u  yoki  bu  davrdagi 
ijtimoiy-siyosiy  taraqqiyoti  vorislik  tamoyiliga  ega  bo‘lsada,  biroq  u  konkretlik  xususiyatiga 
egadir. Konkretlik xususiyati o‘z navbatida taraqqiyotning har bir ijtimoiy-siyosiy bosqichining 
mazmun,  mohiyatini  belgilab  beradi.  Boshqacha  aytganda,  tarixiy  taraqqiyotning  mavjudlik 
belgisi  uning  g‘oyaviy-mafkuraviy  mazmunida  namoyon  bo‘ladi.  Shu  nuqtai  nazardan,  tarixiy 
taraqqiyot  bilan  g‘oya  va  mafkuralarning  uyg'unligi  insoniyat  rivojlanishining  muhim  shartidir. 
Ayni  paytda,  har  qanday  g‘oya  va  mafkura  xalq,  millatning  tub  manfaatlari  asosidagina  real 
                                                 
8
  “Kategoriya” grekcha so'z bo'lib, “guvoh”, “ta'rif”, “ifodalovchi”, degan ma'noni bildiradi. 


kuchga aylanishi mumkin. «Milliy g‘oya haqida ko‘p va uzoq fikr yuritish mumkin. U hayotning 
o‘zi kabi cheksiz mavzudir. Milliy g‘oya xalqning milliy manfaatlaridan kelib chiqadi. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin