fuqarolarning tug‘ilgan joyi, ona Vatani, mustaqillikni anglash, uni asrab-avaylash, himoya qilish,
uni yanada rivojlantirishga chorlaydigan,
shart-sharoit, omillar majmuidir.
Men, o‘zbekistonlik, O‘zbekiston fuqarosi deb bilgan har bir kishi shu tuyg‘u bilan
yashashi,intilishi, faoliyatda bo‘lishi zarur.
Daxldorlik hissi:
1) Insonga atrofdagi
odamlarga nisbatan Daxldorlik;
2) Oilaga Daxldorlik;
3) Maxallaga Daxldorlik;
4) Millatga Daxldorlik;
5) Mamlakatga, Vatanga Daxldorlikni his etish bilan bog‘liq holatlardir.
Insonning ma’naviy olamining yuksalishiva Daxldorlik xissi fuqarolik jamiyati qurish
vazifalarini amalga oshirish bilan uzviy bog‘liq. Fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida
ishtiroki ularning ichki dunyosi va irodasini baquvvat, imon-e’tiqodini butun qilishda yorqin
namoyon bo‘ladi. Insonning jamiyat hayotiga munosabati, qonunlarni hurmat qilishi, adolat
tamoyillariga amal qilishi, insonni qadrlashi, ularning huquq va erkinliklarini oliy qadriyat deb
bilishi,halol va pok yashashi ularning yuksak ma’naviy dunyosi va Daxldorlik hissining amaliy
ifodasi ekanligini hisobga olish lozim.Fuqarolik jamiyati qurilishi shu ma’noda insonning yuksak
ma’naviy hamda Daxldorlik hissi fazilatlari bilan uzviy bog‘liq ekanligini ko‘rish mumkin.
Fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makondir. U fuqarolarning davlat va jamiyat munosabatlarida aniq
namoyon bo‘ladi. Fuqarolik jamiyati – fuqarolarnintegishli fuqarolik jamiyati institutlari orqali
davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etishi ta’minlangan jamiyatdir. U tegishli qonunlar
bilan tartibga solinadi va amalga oshiriladi. Fuqarolik jamiyati shu ma’noda demokratik jamiyat
qurishning muhim shartidir. Jamiyatning ma’naviyati va Daxldorlik hissiqancha yuksalib borsa,
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish inmkoniyatlari shuncha oshib
boradi. ―Yuksak ma’naviyat tushunchasi jamiyatning ma’naviy taraqqiyot darajasini
belgilaydigan o‘ziga xos mezoni hisoblanadi. U jamiyatdagi har bir insonning ruhiy olami, ichki
dunyosi, imon-e’tiqodi va qarashlarining mezoni sifatida jamiyat hayotining o‘ziga xos
fazilatlarini namoyon etadi. Yuksak ma’naviyat jamiyatning milliy ma’naviy merosi va
qadriyatlari hamda ilm-fan rivoji, demokratik jamiyat qurish tajribasi, yutuqlari bilan uzviy bog‘liq
bo‘ladi.
Fuqarolik jamiyati qurilishi ma’naviyatni anglash va Daxldorlik hissi, uni shakllantiruvchi
mezonlar bilan bog‘liq. Fuqarolik jamiyati qurilishi har bir xalqning milliy-ma’naviy merosi va
qadriyatlari bilan bog‘liq o‘ziga xos milliy xususiyatlarga tayanadi hamda dunyo xalqlarining
erishgan yutuqlarini xisobga oladi. Ma’naviyat insonning qon-qoni, suyaksuyagiga yillar
davomida ona suti, oila tarbiyasi, ajdodlar o‘giti, Vatan tuyg‘usi, bu hayotning ba’zida achchiq,
ba’zida quvonchli saboqlaribilan qatra-qatra bo‘lib singib boradi. Ayniqsa, tabiatga, odamlarga
yaqinlik, doimo yaxshilikni o‘ylab yashash, halol mehnatqilish, dunyoning tengsizne’mat va
go‘zalliklaridan bahramand bo‘lish ma’naviyatga oziq beradi, uni yanada kuchaytiradi.
Jahon xalqlari tajribasi, ularningbosib o‘tgan murakkab rivojlanish yo‘llari, bu boradagi
saboq va xulosalar shundan dalolat beradiki, qayerda davlat va jamiyat taraqqiy topsa, xalqning
tinch-osoyishta hayot kechirishi, o‘z oldiga ezgu va buyuk maqsadlar quyib yashashi uchunetarli
shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lsa, o‘sha yerda erkin fikrlash muhiti va shu asosda ma’naviy
yuksalish va Daxldorlik hissini anglash uchun yangi imkoniyatlar tug‘iladi.
Umuman olganda, insoniyat tarixi ma’naviyat –insonning, xalqning, jamiyat va davlatning
buyuk boyligi va kuch-qudrat manbai ekanini, bu hayotda ma’naviyatsiz xech qachon odamiylik
va mehr oqibat, baxt va saodat bo‘lmasligini yaqqol tasdiqlaydi. Yer zida qancha inson, qancha
taqdir bo‘lsa, har birining o‘z ma’naviy olami bor. Ma’naviyatni tushunish,anglashuchun
avvaloinsonni tushunish, anglash kerak. Shuning uchun ham o‘zligini, insoniy qadr-
qimmatinianglab yetgan har qanday odam bu haqda o‘ylamasdan yashashini tasavvur qilish qiyin.
Milliy ma’naviyatni yuksaltirish asosiy vazifa hisoblanadi. Bugungi kunda ma’naviyatimizni
shakllantiradigan va unga ta’sir o‘tkazadigan barcha omil va mezonlarni chuqur taxlil qilib,
ularning fuqarolik jamiyatida qanday o‘rin tutishini yaxshi anglab olish maqsadga muvofiq.
Prezidentimiz I.Karimov har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-
odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmasligini ta’kidlab, bu
borada ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan
biri bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlaydi.
Dostları ilə paylaş: