To‘rtinchidan, mustaqillik tufayli O‘zbekiston o‘ziga xos va mos taraqqiyot yo‘lini tanladi.
Ayni paytda dunyoda e’tirof etilgan demokratik tamoyillarga tayangan xolda fuqarolik jamiyati
rivoji vazifalarini amalga oshiradi.
Fuqarolik jamiyati rivojlanishidagi umuminsoniy qadriyatlarni e’tirof etish ham, milliy-
ma’naviyqadriyatlarga tayanish ham harbir xalqning, mamlakatning milliy g‘oyasi orqali amalga
oshadi. Shu ma’noda, insonlar, xalqlar va jamiyatlarning maqsadlari milliy g‘oya sifatida muhim
ahamiyat kasbetadi. Chunki jamiyat g‘oyasiz yashay olmaydi. G‘oya xalqning orzulari, uning
rivojlanish maqsadini ko‘rsatib turadi.
Fuqarolik jamiyati milliy g‘oyaning milliy va umuminsoniy negizlarga tayanishida chuqur
falsafiy ma’no bor. Bu bir tomondan, xalqimizning milliy ruhiyati, xohish-irodasi, tarixiy-
ma’naviy qadriyatlari, an’analariga tayanib, uni yanada boyitib borishini anglatadi; ikkinchidan,
umumbashariy qadriyatlarni e’tirof etadi va undan oziqlanishini bildiradi. Bu fuqarolik jamiyati
rivojlanishining, erkin demokratik jamiyatning ustuvor maqsadlarini har bir vatandoshimiz
tomonidan aniq idrok etilishida, fuqarolik jamiyatining milliy g‘oyaviy negizlarini hamda
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy asoslarini nimalardan iborat ekanligini ko‘rsatib beradi.
Milliy g‘oyaning maqsadi mamlakatimizda yashaydiganbarcha insonlar uchun millati, tili va
dinidan qat’iy nazar, munosib hayot sharoitiga ega bo‘lish, kafolatlanganturmush darajasi va
erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan. Shuning uchun ham milliy g‘oyaning bosh g‘oyasi ―Ozod
va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish maqsadi fuqarolik jamiyati rivoji bilan o‘zaro
mushtarak.Unda O‘zbekiston har bir fuqarosining maqsad va manfaatlari mujassamlashgan.
Buning fuqarolar tomonidan aniq idrok etib olinishiularni mamlakatoldida turgan fuqarolik
jamiyati rivojimaqsadlarigayo‘naltirishdasafarbaretuvchilik quvvatiga ega.
Bunda o‘ziga xos quyidagi qonuniyat mujassamlashadi: milliy g‘oya keng jamoatchilikning
ishonch va e’tiqodiga aylanib, ular o‘zlarining amaliy faoliyatlarida unga tayanib, yashash
ko‘nikmalariga qancha mustahkam bog‘langan bo‘lsalar, mamlakat shunchalik kuchli, fuqarolik
jamiyatiningma’naviy asosi esa mustahkam bo‘ladi. Chunki shunda milliy g‘oyaning: fuqarolik
jamiyati, erkin, demokratik jamiyat qurish maqsadlariga ishontira olganlik darajasi va Daxldorlik
hissiyuqori ekanligini bildiradi;bu ishonch asosida jamoatchilikda mamlakat oldida turgan
umumiy maqsad yo‘lida shuncha mustahkam birlashgan bo‘ladi;
Fuqarolarning uyushganlik holati qancha yuqori bo‘lsa, ularning
fuqarolik jamiyati rivoji bilan bog‘liq maqsadlarni anglashi uni amalga oshirishda
o‘zlarining ichki salohiyatlarini safarbar etish, uni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot
qurishga yo‘naltirishga xohishistagi shuncha yuqori bo‘ladi.
Fuqarolik jamiyati davlat va jamiyat qurilishida fuqarolarning faol ishtiroki, fuqarolik
institutlari, nodavlat-notijorat tashkilotlari, jamoatchilik birlashmalarining jamiyat oldida turgan
maqsadlarni amalga oshirishida faolligi va mas’uliyatli ishtiroki bilan uzviy bog‘liq va ustuvorlik
kasb etadi. Demak fuqarolik institutlarining rivojlanishi fuqarolar faolligi, siyosiy ong va
madaniyat yuqori bo‘lgan holda, ya’ni ularning jamiyatning bugungi va ertangi kuni uchun
qayg‘urishi, mamlakat miqyosida anglash bor joyda u ko‘proq ildiz otib boradi, ayrim salbiy
qusurlarimizning ham barham topib borishiga undaydi. Fuqarolarning o‘zaro jipsligi, ularning
insoniy o‘zligini anglashiga ham bog‘liq. Ana shu faoliyat orqali har bir kishining Vatan ravnaqini
o‘ylash, unga o‘z xissasini qo‘shish, mustaqillikni asrab-avaylash va mustahkamlash ma’naviyati
namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: