Barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlarini ta’minlashda millatlararo totuvlik va
diniy bag’rikenglik g’oyasining ahamiyati.
Mamalakatimizda xam millatlararo totuvlikni ta’minlash orkali tinchlik va hamjihatlikni
mustahkamlab borish g‘oyasi davlatimiz birinchi raxbarlarining doimiy diqqat markazida bo‘lib
kelgan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev keyinchalik barcha nutq va ma’ruzalarida tinchlikni
ta’minlash, millatlar va dinlararo totuvlik muhitini ko‘llab-quvvatlash, din niqobidagi ekstremizm
va terrorizmga qarshi ayovsiz kurash masalalarini asosiy tamoyil sifatida olg‘a surib kelmoqda.
«Bagrikenglik» tushunchasi ilmiy faoliyat va ijtimoiy hayotning turli sohalari, jumladan,
siyosat va siyosatshunoslik, sotsiologiya, falsafa, iloxiyot, ijtimoiy axloq, qiyosiy dinshunoslik
kabi fanlar doirasida keng istifoda etiladi. Lotincha «tolerare», ya’ni «chidamoq», «sabr qilmoq»
ma’nosini anglatgan «tolerantlik» so‘zi, asosan biror narsani, o‘zgacha fikr yoki qarashni, o‘z
shaxsiy tushunchalaridan qat’i nazar, imkon qadar bag‘rikenglik va chidam bilan qabul qilishni
anglatadi. Xususan, ushbu tushuncha deyarli barcha tillarda bir xil yoki bir-birini to‘ldiruvchi
ma’no kasb etib, «chidamlilik», «bardoshlilik», «toqatlilik», «o‘zgacha qarashlar va harakatlarga
hurmat bilan munosabatda bo‘lish», «muruvvatlilik», «himmatlilik», «kechirimlilik»,
«mehribonlik», «hamdardlik» kabi ma’nolarga ega.
Taraqqiyotning asosiy omillaridan biri bo‘lgan bag‘rikenglik borasida 1995 yil 16 noyabrda
BMT tizimida Fan, ta’lim va madaniyat sohasida ixtisoslashgan tashkilot (YUNESKO) bosh
konferensiyasining 28-sessiyasida «Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi» qabul qilindi.
Deklaratsiyada irqi, jinsi, kelib chiqishi, tili, dinidan qat’i nazar, bag‘rikenglikni targ‘ib etish, inson
huquq va erkinliklariga hurmat bilan qarash kabi majburiyatlar belgilab qo‘yilgan.
1998 yil 6 noyabrda Toshkentda o‘tkazilgan YUNESKO Ijroiya Kengashining 155-sessiyasida
«Tinchlik madaniyati va YUNESKOning a’zo davlatlaridagi faoliyati» deklaratsiyasi qabul qilindi.
YUNESKOning «Tinchlik madaniyati» konsepsiyasi BMT tomonidan ma’qullanib, 2000 yil «Xalqaro
tinchlik madaniyati yili», 2001 yil esa «Xalqaro madaniyatlararo muloqot yili» deb e’lon qilindi.
O‘zbekiston diyorida qadimdan turli sivilizatsiya vakillari, madaniy qatlamlar, xilma-xil e’tiqod
va dunyoqarashlar yonma-yon yashab kelgan. Bu yerda yashovchi xalq boshqa joydan ko‘chib kelib,
o‘rnashib kolgan emas. Bu zamin - ota-bobolarimiz yashab o‘tgan azaliy va muqaddas makondir. Bu
zamin - Sharq va G‘arbning, Shimol va Janubning, qadim o‘tmish va buyuk kelajakning tutashgan joyi,
Markaziy Osiyoning yuragi, insoniyat tafakkuri, fan va madaniyatining eng ko‘hna o‘choklaridan
biridir. Bu tuproqda jahonni hayratga solgan sivilizatsiyaning ildizlari vujudga kelgan, insoniyat
tarixining eng qadimgi davrlariga mansub diniy va falsafiy an’analar shakllangan. Qadimgi yunon
faylasufi Geraklit bu yurtni «falsafiy tafakkur beshigi», deb bejiz ta’riflamagan. Shuni ta’kidlash joizki,
bizning sivilizatsiyamiz o‘ziga xos bag‘rikenglik tafakkur uslubiga tayanadi.
Uch ming yillik tariximiz shundan guvohlik bermoqdaki, oliyjanoblik va insonparvarlik,
millatlararo totuvlikka intilish xalqimizning eng yuksak fazilatlaridan hisoblanadi. Bu boradagi an’analar
avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng nafaqat mamlakatga nom bergan o‘zbek
xalki, balki shu muqaddas zaminda istiqomat kilayotgan turli millat vakillarining ham millat sifatida
saqlanib qolishi va rivojlanishi uchun teng sharoit va imkoniyatlar yaratish masalasiga alohida e’tibor
qaratdi. Jumladan, ko‘pmillatli diyorimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash va yanada
mustahkamlashning muhim omili bo‘lgan millatlararo totuvlik va hamjihatlikni ta’minlash,
mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millatga mansub aholining ma’naviy-madaniy ehtiyojlarini
qondirishga yo‘naltirilgan milliy-madaniy markazlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda millatlararo
munosabatlarni takomillashtirish uchun Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan 1992 yil 13 yanvarda
Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi vazirliklar, idoralar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tuman hokimliklari, shuningdek,
jamoat tashkilotlari bilan birgalikda millatlararo munosabatlar sohasida yagona davlat siyosati amalga
oshirilishida qatnashish, milliy-madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish va o‘ziga xos an’ana,
urf-odat va rasm-rusumlarni tiklash hamda rivojlantirishda ularga ko‘maklashish deb belgilandi.
2017 iilda Respublika Bainalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 25 yilligi nishonlandi.
Mamlakatimizda milliy- madaniy markazlarni soni 140 dan ziyod bo‘lib, ular yurtimizning jamoat
tashkilotlari qatorida samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.
Millatlararo munosabatlar yo‘nalishidagi yana bir dolzarb masalalardan biri — aholining milliy
tarkibiga mos keladigan ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilishdir. Bu borada respublikamizda bugungi kunga
kelib, 10 mingga yaqin maktab faoliyat yuritayotgani, shundan 845 ta maktabda rus tilida, 491 ta maktabda
qozoq tilida, 259 ta maktabda tojik tilida, 52 ta maktabda turkman tilida, 40 ta maktabda qirg‘iz tilida, 7 ta
maktabda koreys tilida ta’lim berish yo‘lga qo‘yilganini ta’kidlash kerak. Bular orasida ikki yoki uch tilda
o‘quv mashg‘ulotlari olib borilayotgan maktablar ham bor. Xalq ta’limi vazirligiga qarashli pedagogika
institutlarida o‘zbek tilidan tashqari rus, tojik, turkman, qirg‘iz, qozoq, qorakalpoq tillarida ham
mashg‘ulotlar olib boriladigan maktablar uchun mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Respublikamizdagi ommaviy axborot vositalarining faoliyati ham aholi milliy tarkibining rang-
barang ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilmokda. O‘zbekistonda 8 tilda, ya’ni o‘zbek, qoraqalpok, rus,
qozoq, tojik, turkman, ingliz, koreys tillarida gazeta va jurnallar chop etilmoqda.
O‘zbekiston televideniyasi orqali qator xorijiy tillardagi ko‘rsatuvlarning muntazam ravishda
namoyish qilinishi va maxsus radio eshittirishlarning turli tillarda efirga uzatilayotgani ham diqqatga
sazovor. Bugungi kunda, 12 (o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, ozarbayjon, rus, tatar, boshqird,
koreys, uyg‘ur) tillarida teleradio eshittirishlar efirga chiqmoqda. Bundan ko‘rinadiki, O‘zbekistonning
millatlararo siyosati insoniylikka, demokratiyaga qarshi bo‘lgan siyosatning har qanday ko‘rinishlarini
to‘liq va mutlaq rad etishga asoslangan.
Ko‘rinib turganidek, millatlararo munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish borasida O‘zbekiston
o‘ziga xos tajriba orttirdi. Bunda faqat milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini
tarbiyalash, millatlarning tili, madaniyati, urf-odatlarini asrab-avaylash bilan cheklanmaslik, balki
mamlakatdagi barcha millatlarning umumiy birdamligiga erishish tamoyiliga amal qilindi. Birinchi
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan qurilgan bu siyosat:
- ko‘p millatlilikni yaratuvchilik qudratiga ega bo‘lgan omil sifatida tan olish;
- fuqarolarning
jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, shaxsi, ijtimoiy kelib
chiqishi va mavqeidan kat’i nazar, tengligini ta’minlash;
- milliy mansubligidan qat’i nazar, fuqarolarning mamlakat siyosiy va ijtimoiy
hayotidagi teng hukuqli ishtirokini kafolatlash;
- milliy
til,
urf-odat
va an’analar hurmat kilinishini ta’minlash va. ularning
rivojlanishi uchun kulay shart-sharoit yaratish;
- ijtimoiy
hayot,
siyosiy
institutlar,
mafkura
va
fikrlar
xilma-xilligi
asosida
rivojlanishini ta’minlash;
- fuqarolarning
konstitutsiyaviy
huquk va
erkinliklariga
qarshi qaratilgan milliy,
irqiy, diniy adovat va nizoni targ‘ib qiluvchi faoliyatga yo‘l qo‘ymaslik;
- millatlar va elatlar huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga doir xalqaro qoidalar ustuvorligini
tan olish kabi tamoyillarga tayangan holda izchil amalga oshirilmoqda.
Shuni unutmaslik kerakki, qayerda millatlararo totuvlik g‘oyasining ahamiyati anglab yetilmasa,
jamiyat hayotida turli ziddiyatlar, muammolar vujudga keladi, ular tinchlik va barqarorlikka xavf soladi.
Bugungi kunda jahonning ayrim mintaqalarida sodir bo‘layotgan milliy nizolar shundan dalolat berib turibdi.
Millatlararo totuvlik g‘oyasini amalga oshirishga g‘ov bo‘ladigan eng xatarli to‘siq - tajovuzkor
millatchilik va shovinizmdir. Bunday illat, zararli g‘oya tuzog‘iga tushib qolgan jamiyat tabiiy ravishda
halokatga yuz tutadi. Bunga uzoq va yaqin tarixdan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Birgina fashizm
g‘oyasi XX asrda insoniyat boshiga avvalgi barcha asrlardagidan ko‘ra ko‘proq kulfat, ofat-balolar
yog‘dirib, oxir-oqibatda o‘zi ham halokatga uchradi. Lekin hanuzgacha fashizm, shovinizm, irqchilik
g‘oyalarini tiriltirib, millatlararo totuvlik, hamjihatlik g‘oyasiga qarshi «salib yurishi» uyushtirishga
urinayotgan kuchlar borligi barchamizni hushyor torttirishi lozim.
Bag‘rikenglikning muhim yo‘nalishlaridan biri «diniy bag‘rikenglik»dir. Turli din vakillari
e’tiqodidagi mavjud farqlardan qat’i nazar, ularning yonma-yon, o‘zaro tinch-totuv yashashi hamda har
bir diniy ta’limotga hurmat bilan qarashni anglatadigan mazkur tushuncha, har kim o‘z e’tiqodiga amal
qilishda erkin bo‘lgani holda, bu huqukka boshqalar ham ega ekanini e’tirof etishini nazarda tutadi.
«Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi»data’kidlanganidek, «Bag‘rikenglik bo‘lmasa, tinchlik
bo‘lmaydi, tinchliksiz esa taraqqiyot va demokratiya bo‘lmaydi».
Asrlar mobaynida o‘lkamizning shaharu kishloqlarida masjid, cherkov va sinagogalar emin-erkin
faoliyat ko‘rsatib, turli millat va dinga mansub qavmlar hamjihatlikda o‘z diniy marosimlarini ado etib
kelganlar. Tariximizning eng murakkab, og‘ir davrlarida ham ular o‘rtasida diniy asosda mojarolar
bo‘lmagan. Bu esa, millati va diniy qarashidan qat’i nazar, insonni ardoqlash va o‘zgalarni qadrlash, kattalarga
hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatish kabi tuyg‘ular yurtimiz aholisining qon-koniga singib ketganidan dalolat
beradi. Aynan shu sifatlar xalqimizga xos bo‘lgan diniy bag‘rikenglikning ma’naviy asosini tashkil qiladi.
Ma’lumki, har bir dinning o‘ziga xos aqidalari mavjud. Ular ba’zan bir-biriga mutanosib bo‘lsa,
ba’zan zid ham kelishi mumkin, Diniy bag‘rikenglik ana shu xilma-xillik asosida kelib chiqishi mumkin
bo‘lgan nizolarning oldini oladi, turli e’tiqodlarning yonma-yon va bir paytda mavjud bo‘la olishi uchun
xizmat qiladi.
Qadim zamonlardanoq o‘lkamizda zardushtiylik, buddaviylik, yahudiylik, nasroniylik kabi dinlar
mavjud bo‘lgan. Eng qadamiy va keng tarqalgan dinlardan biri bo‘lmish zardushtiylikning vatani ham
bizning yurtimizdir. Chunki, u qadimgi Xorazmda shakllanib, rivoj topgan.
Ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda buddizm ham muhim o‘rin tutgan. Hattoki, Buxoro shahrining
nomi ham «Vaxara» - buddaviylar ibodatxonasi nomidan kelib chiqqan, degan fikrlar bor.
Markaziy Osiyoga islom dinining yoyilishi arafasida bu yerga Eron orqali Suriyadan kirib kelgan
nestorian yo‘nalishidagi nasroniylik dini muhim mavqeni egallagan. VI asr boshlarida Samarqandda
nestorian yepiskopi, VIII asrda esa mitropoliti xizmat qilgan. Shuningdek, qadimda hozirgi Toshkent va
Xorazm viloyatlari hududlarida nasroniy diniga mansub aholi ham yashagan.
VIII asrda Markaziy Osiyoga arablar bilan birga islom dini ham kirib keldi. Aholining bu dinni
qabul qilishi asta-sekinlik bilan, bir tekis bo‘lmagan holda yuz berdi. Aholining bir qismi o‘zlarining
qadimgi dinlariga e’tiqod qilishda davom etdi. Bu vaqtda islom va mahalliy dinlarning, ularga xos
qadriyat va odatlarning qorishuvi yuz berdi. Movarounnahr xalklarining islom diniga zid
kelmaydigan ma’rifiy-axloqiy g‘oyalari, huqukiy meyor va urf-odatlari to‘la saqlanib qoldi hamda
islom ta’limoti asosida yanada sayqallandi. Bu holat Movarounnahrda islomning o‘ziga xos
xususiyatlar kasb etishiga sabab bo‘ldi. Bu ham yurtimizda uzoq yillar davomida shakllangan diniy
bag‘rikenglik samarasi edi.
O‘lkada tinchlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlashda islom ta’limotidagi o‘zga din vakillari
bilan o‘zaro murosa yo‘lini tutish, ular bilan dunyoviy ishlarda hamkorlik qilish va hamjihatlikda yashashga
chorlovchi tamoyillar ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etdi. Ayniqsa, islom ta’limotidagi dinni qabul qilish
yoki qabul qilmaslik qalbga bog‘liq, insonning to‘liq ixtiyoridagi amal deb qaralishi mintaqada diniy
bag‘rikenglik muhiti barqaror bo‘lishi uchun asosiy omillardan bo‘ldi.
Diyorimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlarida ham diniy bag‘rikenglik bilan bog‘liq
qadriyatlar targ‘ib qilingan g‘oyalarni uchratamiz. Jumladan, Shayx Ahmad Yassaviy ham o‘z
hikmatlarida o‘zga din vakillariga yaxshi munosabatda bo‘lishni uqtirgan:
Dostları ilə paylaş: |