Sunnat ermish, kofir bo‘lsa, berma ozor,
Ko‘ngli qottig‘ dilozordan xudo bezor.
Yurtimizdan yetishib chiqqan allomalarimizning bu kabi o‘gitlari uzoq yillar davomida
xalqimizni bag‘rikeng bo‘lishga, turli din va elatlar bilan tinch-totuvlikda hayot kechirishga
chorlab kelgan.
Hozirgi kunda ham yurtimizda istiqomat qilayotgan turli din vakillari uchun teng
imkoniyatlarning yaratilishi, ayniqsa, diniy bag‘rikenglikka doir qoidalarning qonuniy asoslarda
mustahkamlanishi tahsinga sazovordir.
Eng avvalo, Konstitutsiyamizning 31-moddasida mustahkamlangan «Hamma uchun vijdon
erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod
qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi» degan qoida diniy
bag‘rikenglik uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qilmokda. Bu tamoyilga ko‘ra, har kim o‘z dini va
e’tiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanini tan olmog‘i lozim.
Bir kishining din borasidagi qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas.
Bundan tashqari, Konstitutsiyamizning 18-moddasida ham «O‘zbekiston Respublikasida barcha
fuqarolar bir xil hukuq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi,
shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib
qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart» degan norma asosida turli diniy e’tiqoddagi
insonlarning dini va e’tiqodidan qati nazar, qonun oldida teng ekani e’tirof etilgan.
Konstitutsiyamizning 61-moddasida esa, yurtimizda faoliyat olib boruvchi diniy tashkilotlar va
birlashmalarning davlatdan ajratilgani haqidagi qoida mustahkamlangan. Unda aytilishicha, «Diniy
tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy
birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi». Bu qoidaning mohiyati shundaki, O‘zbekistonda har qanday
din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan va barcha diniy konfessiyalar qonun oldida barobardir. Davlat
diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni ko‘llab-quvvatlaydi hamda ular o‘rtasida o‘zaro murosa
va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi.
O‘zbekistonda e’tiqod erkinligi va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlashda qonunchilik ham
takomillashib bordi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun 1991 yilda qabul
qilingan bo‘lib, 1993 yilda kiritilgan ba’zi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bilan 1998 yilga qadar
amalda bo‘lib keldi. So‘nggi yillar davomida mazkur qonunni davr talablari asosida tubdan
o‘zgartirish zarur bo‘lib qoldi va 1998 yilning 1 may oyida O‘zbekiston Oliy Majlisi tomonidan
qonunning yangi tahriri qabul qilindi.
Vijdon erkinligi haqidagi qonun dinga e’tiqod qilish yoki o‘zga e’tiqodlar erkinligi milliy
xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va
erkinliklarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklanish mumkinligini ta’minlaydi.
Mazkur meyor 1966 yil 16 dekabrda BMT Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilingan Fuqarolik
va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 18-moddasiga muvofiqdir.
Xalqaro hukukiy hujjatlarda ham e’tiqod erkinligi va diniy bag‘rikenglik xalqaro huquq
himoyasida ekani ta’kidlanadi. Jumladan, 1948 yili qabul qilingan «Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasi»ning 18-moddasida «Har bir inson fikr, vijdon, din va e’tiqod erkinligi xukuqiga
egadir», deb ta’kidlangan. 1966 yili qabul qilingan «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi
xalqaro pakt»da ham «Biror odam ham o‘z ixtiyori bilan o‘z dini va e’tiqodiga ega bo‘lish yoki
ularni qabul qilish erkini kamsitadigan majburiy xatti-harakatlarga duchor bo‘lmasligi kerak», deb
ko‘rsatilgan. Bu esa, diniy bag‘rikenglikning nafaqat milliy qonunchilik, balki xalqaro huqukiy
normalar muhofazasida ekanidan dalolat beradi.
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi huquqiy meyorlarning qonunchilikka
kiritilishi diyorimizda rasmiy faoliyat olib borayotgan barcha din vakillariga katta imkoniyatlar
yaratib berdi. Jumladan, mustaqillikkacha yurtimizda bir necha cherkov va sinagogalar faoliyat
olib borgan bo‘lsa, qonuniy asoslar mustahkamlangach, dunyoning turli mintaqalarida diniy
ibodatlarini amalga oshiruvchi yevangellyuteran jamoasi, rim-katolik cherkovi, «yettinchi kun
adventistlari» diniy tashkiloti, bahoiylar, yahudiylar diniy jamoalari kabi konfessiyalar rasmiy
faoliyat yurita boshladi.
Hukumatimiz tomonidan turli diniy tashkilotlarning o‘z faoliyatlarini amalga oshirish va
mamlakat hayotida faol ishtirok etishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. Jumladan,
markaziy televideniye orqali O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’naviy-ma’rifiy ko‘rsatuvlarni
berib borishi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi mashhur allomalarning
tavalludiga bag‘ishlangan anjumanlarning keng ko‘lamda nishonlanishi kabi tadbirlarni aytib
o‘tish o‘rinlidir. Ayniqsa, haj ibodatini to‘la-to‘kis va hamjihat holda ado etish uchun barcha
sharoitlar yaratilgani tahsinga sazovor.
O‘z navbatida, pravoslavlar uchun Isroil, Gretsiya va Rossiya, katoliklar uchun Isroil va
Italiya, armanlar uchun Isroil va Armaniston, yahudiylar va bahoiylar uchun Isroil, krishnachilar
uchun Hindiston va buddaviylar uchun Koreyada joylashgan muqaddas joylarga ziyoratlar tashkil
qilinmoqda.
Bundan tashqari, Prezidentimiz farmoniga ko‘ra, 1903 yilda qurilgan «Svyataya Bogo-
roditsa» ibodatxonasining Arman apostol cherkoviga topshirilgani, o‘z vaqtida faoliyati to‘xtatib
qo‘yilgan Yevangel-lyuteran cherkovi Kirxasining respublikamizda istiqomat qiluvchi
nemislarning diniy ehtiyojlarini qondirish maqsadida «Vidergeburt» nemis madaniyat markaziga
foydalanish uchun qaytarib berilgani va 1996 yilning dekabrida ushbu konfessiyaning yurtimizda
faoliyat boshlaganining 100 yilligi keng nishonlanishi ham yuqoridagi fikrimiz isboti bo‘la oladi.
Shuningdek, xristianlarning «Rojdestvo», «Pasxa», yahudiylarning Rosh-Ashona (Yangi yil),
Yom-Kipur (Gunoxlardan poklanish bayrami), Pesax (Pasxa), buddaviylar-ning Sagaalgan (yangi yil),
Donchod-xural (Buddaning tug‘ilgan kuni) kabi bayramlari-ni nishonlash uchun yurtimizda yashovchi
shu din vakillariga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
Shuningdek, 2001 yil sentabrda Toshkentda o‘tgan Osiyo - Tinch okeani mintaqasi YUNESKO
«Bagrikenglik tarmog‘i»ning ikkinchi yig‘ilishida bag‘rikenglik tamoyillari o‘zbek xalqining urf-
odatlari bilan chambarchas bog‘liq ekani ta’kidlandi.
Ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha xalqaro islom tashkiloti (ISESKO) tomonidan Toshkentning
islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishi munosabati bilan 2007 yil 14-15 avgustda Toshkent va
Samarkand shaharlarida «O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi» mavzuida
bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada ham mamlakatimizning jamiyatda bag‘rikenglik madaniyatini
kamol toptirish yo‘lidagi yutuqlari yana bir bor e’tirof etildi. Shuningdek, 2014 yilning 15-16 may
kunlari Samarkand shahrida «O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarishshg tarixiy merosi,
uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati» mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Bugungi kunda xam mamlakatimiz boy tarixiy, ilmiy-ma’rifiy va madaniy merosni o‘rganish, milliy
qadriyatlarni asrab-avaylash va targ‘ib etish, islomning ma’rifiy g‘oyalarini yoyish hamda diniy
bag‘rikenglikni qaror toptirish va mustahkamlashda butun dunyoga o‘rnak bo‘lmokda.
Bag‘rikenglikning ziddi «mutaassiblik»dir. Umumiy ma’noda «mutaassiblik» - bu bir g‘oyaning
to‘g‘riligiga qattiq ishonish va undan o‘zgalarini keskin rad etishni anglatadi. Mazkur fenomenning
xavfli jihati shundaki, u borgan sari kuchayib ksenofobiya, ekstremizm va hatto terrorizmga aylanadi.
Terrorizm butun dunyoda tinchlikni ta’minlash yo‘lidagi asosiy g‘ov, to‘siqdir. XX asrning
ikkinchi yarmida xalqaro miqyosda o‘zini ochiq namoyon etayotgan xatarli voqeliklardan biri, turli
shiorlar bilan niqoblangan terrorizm mintaqalar va mamlakatlar hayotiga birdek tahdid solmoqda.
Keng ko‘lam va xilma-xil ko‘rinishlar kasb etayotgan ushbu illatga qarshi kurash butun dunyo uchun
dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun dunyo bo‘yicha 500 ga yaqin
terrorchilik tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bir yil mobaynida butun Yer yuzida sodir etilgan
teraktlar va ularning oqibatida halok bo‘lganlarning soni bir necha o‘n mingni tashkil etishi
terrorizmning tinchlik va xotirjamlikni izdan chiqarishga qaratilgan asosiy tahdidlardan biriga
aylanganini ko‘rsatadi.
Ayni paytda zamonaviy terrorizmning, bir tomondan, tobora shafqatsiz, g‘ayriinsoniy mohiyat,
ikkinchi tomondan, aqlga sig‘dirish qiyin bo‘lgan jo‘g‘rofiy ko‘lam kasb etib borayotganini alohida
ta’kidlash lozim. Hozirgi vaqtda har kuni dunyoning u yoki bu burchagida kimlarnidir qo‘rquvga
solish orqali muayyan maqsadlarga erishishni ko‘zlagan qo‘poruvchilik harakatlari amalga
oshirilmoqda. Afsuski, ularning soni muntazam oshib bormoqda.
Markaziy Osiyo mintaqasida diniy mutaassib oqimlar faoliyati XX asrning 80-yillari boshlarida
xorijiy ekstremistik markazlar sa’y-harakatlari bilan shakllana boshladi. Mintaqada xorijdan
kelayotgan moliyaviy yordam hisobidan jangari sifatida foydalaniladigan shaxslarni tanlash va
tayyorlash bilan shug‘ullanadigan guruhlar paydo bo‘ldi. Markaziy Osiyo respublikalari mustaqillikka
erishgan 90-yillarning boshlarida esa, bu guruhlar faollashib ketdi. Mintaqada «Hizbut-tahrir»,
«Turkiston islom harakati», «Akromiylar», «Nurchilar» kabi guruhlarning faoliyati kuzatildi.
Islom asoslarini buzib talqin qilish, ilmsiz, tashqi ta’sirga beriluvchan aholini o‘z talqinidagi diniy
goyalar bilan zaharlash, o‘zlariga qo‘shilmagan kishilarga, davlatlarga va tuzumlarga nisbatan zo‘ravonlik,
buzg‘unchilik, qotillik bilan munosabatda bo‘lishni halol deb hisoblash kabi xususiyatlar yuqorida zikr
etilgan tashkilotlarning barchasiga xosdir. Afsuski, so‘nggi yillarda mazkur guruhlar faoliyati natijasida
dunyo bo‘ylab har yili 30 mingdan ortiq tinch fuqaro halok bo‘lmoqda. Unlab million aholi o‘z uylarini
tashlab ketib, dunyoning turli mamlakatlarida sarson-u sargardon bo‘lishga majbur qolmoqda. BMT
ma’lumotlariga ko‘ra, bir milliondan ortiq yosh bolalar ochlikdan o‘lish xavfi ostidadir. Ularning aksariyati
terrorchilik avj olgan, buzg‘unchi guruhlar tomonidan egallab turilgan hududlarga to‘g‘ri keladi. Bugungi
kunda Iroq, Suriya, Nigeriya, Afg‘oniston, Yaman, Liviya hanuz dunyoning eng xatarli nuqtalari
hisoblanadi. Tahlilchilarning fikricha, hech qaysi davlat o‘zining terrorchilar xurujidan holi ekaniga 100
foiz kafolat bera olmaydi. Jumladan, 2015 yilda dunyoning 96 mamlakati, u yoki bu darajada
terrorchilikdan aziyat chekkan. Mana shunday sharoitda ekstremizm va terrorizm xavfini to‘g‘ri anglab
yetish, ularga qarshi amaliy choralar ko‘rish - davr talabidir. Shunday ekan, Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, «… yanada ogoh va sergak bo‘lish, eng asosiy boyligimiz bo‘lgan va biz
Dostları ilə paylaş: |