O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Milliy g‘oyaga Daxldorlik hissi barqaror taraqqiyotning muhim omili sifatida



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

 
Milliy g‘oyaga Daxldorlik hissi barqaror taraqqiyotning muhim omili sifatida. 
Ma’naviyat  va  Daxldorlik  hissiinson  va  jamiyat  hayotida,  uning  yangilanish  hamda 
demokratik fuqarolik jamiyati maqsad va vazifalarini amalga oshirishda muhim omil hisoblanadi. 
Mustaqillik O‘zbekiston jamiyati yangilanishida yangi davrni boshlab berdi. Jamiyat rivojlanishini 
bir tomonlama tushunishya’ni moddiy omilni mutloqlashtirishga barham berildi. Jamiyat hayotida 
―ma’naviy  va  moddiy  hayot  uyg‘unligi  (I.Karimov)  nuqtai  nazardan  yondoshish  o‘ziga  xos 
qonuniyatdir. Bu moddiy ehtiyojlariniinsonning ruhiy olamiga qaramaqarshi qo‘yishlarga barham 
berdi.   
Jamiyat  rivojida  ma’naviy  va  moddiy  omillarning  o‘zaro  bog‘liqligiga  asoslanadi.  Bu 
fuqarolik jamiyatining ijtimoiy, iqtisodiy asoslarini, bozor iqtisodi qonunlarini to‘g‘ri tushunishga 
imkoniyat beradi. Chunki hamma narsa davlat mulki bo‘lgan eski tuzumda xususiy mulkka ega 
bo‘lish,  tadbirkorlik  va  kichik  biznes  bilan  shug‘ullanish  bizga  begona  bo‘lgan  tushunchalar 
sifatida  baholangan  edi.  Bugungi  kunda  esa  xususiy  mulk  tushunchasiga  nisbatan  munosabat 
qanday o‘zgarib, hayotimizdan qanchalar chuqur joy olib bormoqda.   
Ma’naviyat insonni ulg‘ayish va kuch quvvat manbaidir. Bu insonning ruhiy poklanish va 
qalban ulg‘ayishi bilan bog‘liq. Hayotda har xil odamlar uchraydi. Ularning ma’nan halol, pok 
yashaydigan odamlarga hamda aksincha ma’nan zaif, halol va pok yashamaydigan odamlar ham 
mavjud. Ammo ma’naviyatni barqarorligi ham ana shunday halol-pok niyatli insonlarning borligi 
tufaylidir.  Fuqarolik  jamiyatini  qurish  va  rivojlantirish  ezgu  maqsad.  Ufuqarolarning  davlat  va 
jamiyat hayotida faol ishtiroki bilan uzviy bog‘liq. Fuqarolik jamiyati ana shunday odamlarning 
yuksak ma’naviyati, Daxldorlik hissiga, oliy maqsadlariga tayanadi.   
Bunday odamlar o‘zlarining ezgu g‘oya va amallari bilan fuqarolik jamiyati institutlarida 
faol ishtirok etadi. Bu institutlar: 1) NNT, 2) jamoat birlashmalari; 3) turli xil jamg‘armalar; 4) 
mahalla;  5)  oila;  6)  OAV;  7)  turli  xil  ijtimoiy  harakatlar  va  b.  Fuqarolik  jamiyati  institutlari 
manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashadi, unga xizmat qiladi. Bu bilan bog‘liq turli 
xil qonunlarning ijrosini ta’minlaydi.   
Bunga yuksak ma’naviyat, ta’lim-tarbiya va chuqur Daxldorlik hissi orqali erishish mumkin. 
Ilm-fan,  adabiyot,  san’at,  xalqimizning  boy  ma’naviy  merosi,  qadriyatlarini  o‘rganish  va 
hurmatqilishorqali  fuqarolik  jamiyati  milliy-ma’naviy  va  umuminsoniy  negizlarining  o‘zaro 
mushtarak  xolda  rivojlanishini  ta’minlash  mumkin.  Bu  ma’naviyat  va  Daxldorlik  hissini 
shakllantirishda oilaning o‘rni beqiyosdir. Oila esa fuqarolik jamiyatining muhim bo‘g‘inidir.   
Shu bilan birga, Daxldorlik hissini oshirishga ta’sir ko‘rsatadigan omillar:  
1)  Yuksak ma’naviyat;  
2)  Ma’naviy salohiyat;  
3)  Ilm-fanga muhabbat;  
4)  Kasb-hunarni sevish;  
5)  Hozirgi zamon axborot texnologiyalar yutuqlarini bilish;  
6)  Milliy o‘zlikni anglash;  
7)  Milliy-ma’naiy merosni hurmat qilish, unga ishonch va e’tiqod;  
8)  Umuminsoniy demokratik qadriyatlarni e’tirof etish, unga munosabat;  
9)  Qonunni hurmat qilish va unga amal qilish tuyg‘usi;  
10) Milliy g‘oyaga bo‘lgan ishonch va e’tiqodni mustahkam bo‘lishi Daxldorlik hislatini 
oshiruvchi omillardir.  
Mustaqillik yillarida ―Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari konsepsiyasi amalga 
oshirildi. Kuchli fuqarolik jamiyati: 1) inson manfaatlarining ustuvorligiga; 2) insonlarning yuksak 
ma’naviyatiga;  3)  qonun  ustuvorligiga;  4)  davlatning  bosh  islohotchilik  roliga;  5)  siyosiy 
plyuralizmga;  6)  mafkuraviy  plyuralizmga;  7)  fikrlar  xilma-xilligiga;  8)  demokratik  saylov 


prinsiplariga  va  boshqalarga  asoslanadi.  Bu  fuqarolardan  yuksak  mas’uliyat,  Daxldorlik  hissi, 
demokratik ong va tafakkur talab etadi.   
Ma’naviyat doimiy va uzluksiz ravishda ish olib borishni taqozo etadi. Bunda inson qalbiga 
yo‘l topa olish uning muhim  talabi  va mezonidir. Bunda ta’lim-tarbiya, matbuot,  televedeniye, 
internet  va  boshqa  ommaviy  axborot  vositalari,  teatr,  kino,  adabiyot,  musiqa,  rassomlik  va 
haykaltaroshlik  san’atining  inson  ongi  va  qalbiga  ta’siri  mavjud.  Ular  fuqarolarda  yuksak 
ma’naviy  tuyg‘ularni  hamda  Daxldorlik  hissini  shakllantiradi  va  rivojlantirishga  xizmat  qiladi. 
Ularni fuqarolik jamiyatini qurish maqsadlariga chorlaydi, birlashtiradi va safarbar etadi. Birinchi 
Prezidentimiz I.A.Karimovning ―Agar biz  
O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug‘ kelajagini 
ulug‘lamoqchi,  uni  avlodlar  xotirasidaboqiy  saqlamoqchi  bo‘lsak,  avvalambor  buyuk 
yozuvchilarni,  buyuk  shoirlarni,  buyuk  ijodkorlarni  tarbiyalashimiz  kerak  kabi  fikrlari 
fikrimizning yana bir bor tasdiqlaydi.  
Shuning  uchun  ham  yuksak  ma’naviyatli  odam  jasoratli  bo‘ladi.  Eng  buyuk  jasorat  – 
ma’naviy  jasoratdir  (I.Karimov).  Yuksak  ma’naviyatli  insonni  yengib  bo‘lmaydi,  u  yengilmas 
kuchga  ega.  Insonning  buyuk  jasorati  ona  yurtimiz  baxtu  iqboli,buyuk  kelajagi  yo‘lida  xizmat 
qilishi eng oliy saodat deb biladi.  
Jamiyatda qonuniylik, qonun ustuvorligini to‘liq ta’minlashning eng muhim shartlaridan biri 
– bu odamlarni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash, ularni shu ruhda kamol toptirish, fuqarolarning 
qonunni puxta bilishi, yuksak huquqiy ong va madaniyatga ega bo‘lishidan iborat.  
Demokratik rivojlangan, taraqqiy topgan davlatlar qatoriga ko‘tarilish muhim maqsadlardan 
biridir. YA’ni, demokratiya yo‘liga kirish avvalo aholining ongu saviyasini o‘zgartirishni, totalitar, 
zo‘ravonlik tizimidan meros bo‘lib qolgan qoldiqlar va qoliplardan voz kechishni so‘zda emas, 
kundalik hayotda ta’minlashni talab qiladi. Bu esa albatta bir kunlik oson ish emas – bunga vaqt 
kerak, yangi hayotni o‘z yurtida qurmoqchi bo‘lgan har qaysi inson shunga astoydil intilishi zarur.  
Avvalo bu maqsad uning ongu tafakkurida mustahkam o‘rin topishi zarur.   

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin