O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)
1.4. Xalq bilan muloqot - mamlakatning strategik istiqbolini belgilash vositasi. Har bir
katta va kichik mutasaddi rahbar uchun xalq bilan muloqot qilish shunchalik salom-alik, tani-shish,
eshitishdan iborat bo‘lmasdan, balki muloqot chog‘ida ko‘taril-gan masalani joyida hal etishdan
iborat bo‘lmog‘i darkor. Buning isbotini Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan olib
borilayotgan amaliy ishlar misolida ko‘rish mumkin.
Xalq bilan muloqot qilish orqali, xalqning dilidagi orzu-istaklarini amalga oshirish uchun
qisqa muddat ichida quyidagi ishlar bajarilmokda.
1.Uzbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha 2017—2021 yil-larga muljallangan
Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi va u aniq dasturlar asosida amalga oshirilmokda.
2.Xalqning zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan uy-joylarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish
uchun mamlakatimizning barcha hududlarida arzon uy-joy qurilishlari boshlab yuborildi.
3.Aholining eng katta boyligi, uning salomatligini saqlash bo‘-yicha sog‘liqni saqlash tizimi
tubdan isloh qilinmokda.
4.Mamlakatning iqtisodiy qudratini oshirish borasida katta in-vestitsion loyihalar asosida
bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlar bilan olib borilmokda.
5.Mamlakatda ishsizlikni tugatish uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hech
qanday byurokratik to‘sikdarsiz tashkil etish har tomonlama kafolatlandi va ularga yetarlicha
kreditlar berish yo‘lga qo‘yildi.
6.Aholining tomorqa xo‘jaligidan o‘zini-o‘zi boqishi uchun unum-li foydalanishi bo‘yicha
chora-tadbirlar ko‘rilmokda.
7.Ta’lim tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi.
8.Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha hukuqni muhofaza qiluvchi
organlar tizimi o‘zgartilmoqda. Ayniqsa, adolatli sudlovni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha katta ishlar
amalga oshirilmokda.
9.Fuqaroligi bo‘lmaganlarni O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish masalasi o‘z yechimini
topmokda.
10.Yoshlarni g‘oyaviy-mafkuraviy tarbiyalash ishiga yongicha yondashuv konsepsiyasi
yaratilib,uni amalga oshirish ishlari davlat siyosati darajasida olib borilmokda.
Mantiqan olib qaraganda xalq bilan muloqot qilish natijasida, ularning ishonchini oqlash
uchun qilinayotgan barcha ishlar mamlakatimizning kelgusidagi istiqbollarini belgilashning
strategik vositasi hisoblanadi.
Ushbu taktik va strategik ahamiyatga molik bo‘lgan narsalarni bajarishda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrda qabul qilgan “Jismoniy va yuridik shaxslarning
muroja-atlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doyr chora-tadbirlar to‘g‘risida”
Farmoniga muvofiq: