O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


  Xalq  bilan  muloqot  olib  borishning  kommunikativ  tomoni  —



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

1.  Xalq  bilan  muloqot  olib  borishning  kommunikativ  tomoni  —  bu  ma’lumotlar 
almashinuv jarayoni bo‘lib, birgalikdagi faoliyat da-vomida odamlar turli fikrlar, o‘y-xayollar, his-
tuyg‘u  va  kechinmalar  bilan  o‘rtokdashadilar.  Bunda  o‘y-fikrlar,  his-tuyg‘u  va  kechinmalarni 
axborot sifatida, kommunikatsiyani esa axborot almashinuvi sifatida talqin etish mumkin. Ammo 
shuni  e’tiborga  olish  kerakki,  insonlara-ro  kommunikatsiya  shunchaki  axborot  almashinuvidan 
iborat  emas.  Chunki  muloqot  jarayonida  axborot  nafakat  uzatiladi,  balki  shakllantiriladi, 
anikdashtiriladi,  rivojlantiriladi.  Demak,  inson  muloqotini  shuncha-ki  axborot  almashinuvidan 
iborat  jarayon  deb  xisoblash  mumkin  emas.  Zero,  birinchidan,  muloqot  jarayonida  axborot  bir 
tomondan ikkinchi tomonga shunchaki harakatlanmaydi, balki faol almashiniladi (kommunikativ 
jarayon ishtirokchilari bir-biriga axborot yuborayotganda bir-birining motivlari, maqsadlari, yo‘l-
yo‘riqparini taxdil qiladilar); ikkinchidan, muloqot jarayonida axborot almasha turib kishilar belgi-
lar  tizimi  orqali  bir-biriga  ta’sir  etishi  mumkin  (insonlararo  axborot  almashinuvida,  albatta, 
suhbatdosh  xulq-atvoriga  muayyan  ta’sir  o‘tkaziladi);  uchinchidan,  muloqot  jarayonida 


kommunikator (axborotni yuborayotgan odam) va retsipiyent (axborotni kabul kilayotgan odam) 
bir  xil  kodlashtirish  hamda  dekodlashtirish  tizimiga  ega  bo‘lishi  kerak  (yagona  tizimni  qabul 
qilishgina  kommunikativ  jarayon  ishtirokchilari-ga  bir-birini  tushunish  imkonini  beradi); 
to‘rtinchidan,  muloqot  jarayo-nida  fakat  insonlararo  kommunikatsiyaga  xos  to‘siqpar  vujudga 
kelishi mumkin (to‘siqlar nafaqat belgilar tizimidagi farkdar, balki ijtimoiy-siyosiy, diniy, kasbiy 
farkdar yoki umumiy dunyoqarash, olamni his etishdagi farqlar tufayli vujudga kelishi mumkin). 
Kommunikatordan  chiqayotgan  axborot  ikki  xil  bo‘lishi  mumkin:  1.  Undovchi  axborot 
buyruq,  maslahat,  iltimos  va  hokazolarda  namoyon  bo‘ladi.  Undan  ko‘zlangan  maqsad 
retsipiyentni biror harakatga rag‘batlantirishdan iborat. Rag‘batlantirish uch xil bo‘lishi mumkin: 
a)  faollashtirish  (biror  harakatni  qilishga  undash);  b)  interdiksiyalash  (biror  harakatni  qilishdan 
to‘xtatish); v) destabillashtirish (bi-ror harakatdagi muvozanatni buzish). 
Konstatatsiyalovchi axborot ma’lumot tarzida ifodalanadi. Bu turdagi axborot turli ta’limiy 
tizimlardan o‘rin olgan bo‘lib, xulq-atvorni o‘zgartirish uchun bevosita ta’sir ko‘rsatmaydi (lekin 
bilvosita ta’sir ko‘rsatish maqsadi ham bo‘ladi). 
Kommunikativ  jarayonning  kuyidagi  besh  unsur:  a)  kim  (axborot  kim  tomonidan 
uzatilmokda);  b)  nima  (qanday  axborot  uzatilmoqda);  v)  qanday  (axborot  kanday  yo‘l  bilan 
uzatilmokda);  g)  kimga  (axborot  kimga  yo‘naltirilmoqda);  d)  qanchalik  samarali  (axborot 
qanchalik samarador uzatildi) tashkil topgan bo‘ladi. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin