O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

Davlat,  nodavlat  tashkilotlarning  o‘rni.  «Kuchli  davlatdan  -  kuchli  fuqarolik  jamiyatiga 
o‘tish» g‘oyasini bugun amalga oshirish ma’lim ma’noda mafkuraviy ishlarimizning qat’iy tizimi 
doirasiga  bog‘liq.  Shuningdek,  o‘qitish  texnologiyasi,  darslik,  ijtimoiy  fan  salohiyatiga,  ularni 
amalga oshirish omillariga bog‘liq. 
Siyosiy  partiyalar  -  o‘z  faoliyati  bilan  fikrlar  rang-barangligi  va  qarashlar  xilmaxilligiga 
asoslangan demokratik jamiyat barpo etish g‘oyasining amalga oshishiga xizmat qiladi.  
O‘zbekistonda har bir partiya o‘z dasturiy qarash va maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uchun 
barcha  huquqiy  asos  va  qonuniy  kafolatlarga  ega.  Har  bir  partiyaning  o‘z  dasturiy  g‘oyalarini 
hayotga  tatbiq  etish  jarayonida  milliy  istiqlol  mafkurasining  asosiy  tamoyillariga  amal  qilishi 
siyosiy  hayotning  bosh  mezonidir.  Chunki  xalq  manfaatlari,  istiqlol  g‘oyalari,  qaysi  siyosiy  va 
mafkuraviy kuchga mansubligidan qat’iy nazar, barcha yurtdoshlarimiz uchun muqaddasdir. 
 Mamlakatimiz ijtimoiy  hayotida  faoliyat  ko‘rsatayotgan nodavlat tashkilotlar mafkuraviy 
jarayonlarda ham faol ishtirok etishi lozim. 
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi bu boradagi amaliy ishlarni muvofiqlashtirib 
borishi,  Inson  huquqlari  milliy  markazi,  Ma’rifatparvarlar  jamiyati,  Oila  ilmiy  markazi, 
Faylasuflar  milliy  jamiyati,  O‘zbekiston  Faylasuflari  jamiyati,  Ijtimoiy  fikr  markazi  kabi 
tashkilotlar  o‘z  faoliyatini  milliy  istiqlol  mafkurasi  bilan  uyg‘un  holda  tashkil  etishi  maqsadga 
muvofiqdir.  
Shuningdek, milliy g‘oya va milliy istiqlol mafkurasini joriy etishga moddiy, texnikaviy va 
ma’rifiy jihatdan ko‘mak beradigan «Sog‘lom  avlod», «Kamolot», «Umid», «Ulug‘bek», «Oltin 
meros»,  «Amir  Temur»,  «Imom  Buxoriy»,  «Ustoz»,  «Mahalla»,  «Iste’dod»  jamg‘armalari  va 
boshqa jamoat tashkilotlari imkoniyatlaridan foydalanishga jiddiy e’tibor qaratish zarur.  
Demak, milliy istiqlol g‘oyasini yoshlar ongiga singdirish sohalari va yo‘nalishlari xilmaxil 
bo‘lib, ulardan samarali va to‘g‘ri, o‘rinli foydalanishni talab etadi. Mafkura har qanday jamiyat 
hayotida zarur va muhimdir. Mafkura bo‘lmasa xalq, millat, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi 
muqarrar. Mafkura jamiyat, xalq va millatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy taraqqiyotiga maqsad 
va yo‘nalish beradi. Milliy g‘oya, milliy mafkurani yoshlar ongiga singdirishda:  
1)  Nodavlat,  mustaqil  tashkilotlar  faoliyatini  takomillashtirish,  ularning  imkoniyatlaridan 
to‘la foydalanish zarur.  
2)  Mustaqillikni  mustahkamlab,  ma’naviy,  ma’rifiy-mafkuraviy  ishlarni  yanada 
jadallashtirish,  yangi  bosqichga ko‘tarish,  bu sohadagi  barcha ishlarni muvofiqlashtirib,  yagona 
maqsad yo‘lida safarbar etishni taqozo etadi. Ayniqsa fuqarolarni kamol toptirishga yo‘naltirilgan 
va tuzilgan ma’naviyat va ma’rifat Respublika Kengashi targ‘ibot-tashviqot ishlarini  uzluksiz olib 
borishni davr taqozo etmoqda.  
3) Maktablar, litseylar, kollej va oliy o‘quv yurtlarida bevosita ma’naviyat masalalari bilan 
shug‘ullanadigan  mutassaddi  mutaxassislar  lavozimlarini  joriy  etib,  ular  hayotini  yanada 
faollashtirish lozim.  
4) Oila, mahalla, umumiy  o‘rta, umumiy maxsus,  kasb-hunar ta’limi, maktabdan tashqari 
muassasalar, oliy ta’lim tizimida bolalar, o‘smirlar, talaba yoshlar ongini yuksaltirish, ularni ijodiy 
ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qiladigan turli xil tashkilot va to‘garaklar tuzish, ongni 
fikrlashga o‘rgatish, ularning tafakkurida bo‘shliq paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.  
                                                 
67
 Milliy istiqlоl g’оyasining asоsiy maqsad va vazifalari. -T.:«Ijоd dunyosi» nashriyot uyi, 2002. –B. 9.  



Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin