Axborot-resurs markazlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda aholining zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalangan holda muntazam ta’lim olishi va mustaqil ravishda talim
olishiga ko‘maklashish;
milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni keng ko‘lamda targ‘ib qilish,
xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‘lishini ta’minlash, ma’naviy boy va
uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyat yaratib berish;
yangi axborot texnologiyalari (ma’lumotlar elektron bazalari, internet
resurslari) asosida aholiga axborot xizmati ko‘rsatish;
madaniy, ta’lim, axborot hamda boshqa dastur va loyihalarni birgalikda
amalga oshirish uchun ta’lim muassasalari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari,
milliy madaniyat markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish va hokazolar.
Adabiyot va san’at. Bu sohada ijod ahlining g‘oyaviy-badiiy salohiyatini komil inson
tarbiyasiga yo‘naltirish ustuvor yo‘nalish bo‘lishi darkor.
Ijodkorlarni murakkab va shonli tariximizning yorqin sahifalarini, bugungi hayot voqeligini,
olijanob orzu-umidlarimizni aks ettiradigan adabiyot, kino, musiqa va tasviriy san’at asarlarini
yaratishga har tomonlama rag‘batlantirish. yoshlarga ibrat bo‘ladigan barkamol insonlar,
zamonaviy qahramonlar timsolini barpo etish.
Milliy g‘oyani tarannum etishga, istiqlol mafkurasiga zid g‘oyalarning zararli mohiyatini
ochib berishga ayniqsa e’tiborni kuchaytirish zarur. Hayot va ijoddagi mahdudlik hamda fikr
qashshoqligiga qarshi kurashish, bahs-munozara, tanqid va tahlillar orqali mafkura muhitining
sog‘lom bo‘lishiga erishish.
Din. Eng nozik va murakkab bo‘lgan bu sohada, avvalo, din ma’naviyat va madaniyatning
ustunlaridan biri ekanini, barcha zamonlarda milliy g‘oya va mafkura diniy qarashlar bilan uyg‘un
rivojlanishini nazarda tutish lozim. Din o‘z mohiyatiga ko‘ra, poklik, mehr-oqibat kabi ezgu
tuyg‘ular orqali milliy istiqlol mafkurasining g‘oyalarini yurtdoshlarimiz qalbi va ongiga
singdiradi. Muqaddas dinimiz sog‘lom va mo‘tadil munosabatni shakllantirish - bu boradagi eng
muhim mafkuraviy vazifadir
60
.
Asrlar mobaynida shakllangan, avloddan avlodga bebaho meros sifatida o‘tib kelayotgan
urf-odat, marosim va bayramlar ham milliy mafkuraning asosiy g‘oyalarini singdirishda muhim
omil bo‘ladi. Xususan, Mustaqillik, Navro‘z, O‘qituvchilar va murabbiylar, Xotira va qadrlash
kuni kabi yangi bayram va marosimlarimizdan jamiyat hayotiga zamonaviy mazmun baxsh etish
yo‘lida oqilona foydalanish zarur. Bugungi kunda urf-odat va an’analarimizning jamiyatni
birlashtiruvchi xususiyatlaridan yanada to‘liqroq flydalanish lozim.
Milliy an’analarni o‘rganish, targ‘ib etish bilan bir qatorda to‘y-marakalarni, odat va
udumlarni ixchamlashtirish, bu borada isrofgarchilik va dabdababozlikka yo‘l qo‘ymaslikka
alohida e’tibor qaratish darkor.
Dostları ilə paylaş: