O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)
Mafkuraviy tarbiya tizimi, uning subyekti va obyekti. Har qanday davrda mustaqillikka
erishgan va uni mustahkamlash yo‘lidan borayotgan mamlakatda shakllanayotgan yangi g‘oyalar
tizimining mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga singdirish zarurati
saqlanib qoladi. Mustaqillik yillarida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yoshlarni
mafkuraviy tarbiyalash, ularda Vatanga sadoqat, milliy qadriyat va an’analarga muhabbat
tuyg‘ularini shakllantirishni nazarda tutadi. Shu asosda shakllangan zamonaviy fikrlash va
yangicha tafakkur aynan mus-taqillik g‘oyasi ruhida sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va
e’tiqod mahsuli bo‘lib hisoblanadi.
Xar qanday g‘oyani aholi, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirishda shu sohada olib boriladigan
targ‘ibot va tashviqot, ta’lim-tarbiya jarayoni muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, eng
rivojlangan mamlakatlarda ham aholining 15%-20%ga yaqin qismi ta’lim tizimi bilan qamrab
olingan. O‘z-o‘zidan bu tizim doirasida yoshlarga g‘oya va mafkura sohasidagi bilimlar ham
singdiriladi. To‘g‘ri, dunyo mamlakatlarida aholini ta’lim tizimi bilan qam-rab olish darajasi bir
xil emas. Ammo, bu mazkur tizimning g‘oya va mafkura tarbiyasida muhim o‘rin egallashi
to‘g‘risidagi xulosani yo‘qqa chiqarmaydi. Muayyan mamlakatda ta’lim tizimi aholining
kanchasini qamrab olgan bo‘lmasin, qolgan qismi orasida ham ma’rifiy faoliyat, targ‘ibot va
tashviqot olib borish zarurati saqlanib qolaveradi.