O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)
Xalq bilan muloqot. Xalq qabulxonalari va virtiual markazlar. Ijtimoiy munosabatlar, aslida, odamning siyosiy munosabatlaridan tortib, uning shaxslararo
munosabatlari xususiyatlarini o‘z ichiga olgan murakkab jarayondir. Bu jarayonni turli
nazariyoqim vakillari o‘zlaricha o‘rganishlari ma’lum. Masalan, interksionizm vakillari uni
shaxslararo o‘zaro ta’sirning turlichanamoyon bo‘lishi shaklida tushunsalar, ijtimoiy almashinuv
nazariyasi
tarafdorlari
odamlarning
bir-birlariga
nisbatan
talablari,
kutishlari
va
manfaatdorliklarining o‘zaro almashinuvija-rayoni sifatida tasavvur qiladilar. Shunga o‘xshash
hozirda turli-tuman yondashuvlar mavjud, lekin ularning barchasini birlashtiradigan yagona g‘oya
- bu odamlar o‘rtasida sodir bo‘ladigan o‘zaro ta’sir va aloka jarayonlarining mexanizmlarini
aniqlash va ushbu jarayonni boshqarish usullarining taktika va strategiyasini ishlab chiqishdir.
Muloqot - bu, kishilarning o‘zaro bevosita yoki bilvosita uchrashi-shi, ko‘rishishi, qabul qilishi orqali o‘rnatiladigan munosabatlari natijasida axborotlar almashadigan, olingan ma’lumotlar bo‘yicha tegishli xulosalar chiqarishga asos bo‘ladigan ko‘p qirrali jarayondir. Aholi bilan bo‘ladigan muloqotni quyidagi turlarga: 1) bevosita; 2) bilvosita; 3) rolli; 4)
mazmunli; 5) rasmiy; 6) norasmiy ajratish mumkin. Bunda:
Bevosita muloqot «yuzma-yuz» suhbat bo‘lib, uning har bir ishtirokchisi idrok qiladi, aloqa
qiladi va hamma mavjud vositalarni keng qo‘llaydi.
Bilvosita muloqot ham aloqa vositasi bo‘lib, unda shaxslar, aloqa vositalari va mexanizmlar
ishtirok etadi (masalan: telegraf, telefon orqali gaplashish).
Rolli muloqot bu odamlar tomonidan ijtimoiy rollar orqali amalga oshiriladi. Masalan,
tergovchi va jabrlanuvchi o‘rtasidagi muloqot rollidir.
Mazmunli muloqot bu individning boshqa shaxsga o‘z holati, kay-fiyati, xohishini mimika,
harakat, imo-ishora orqali bildirishidir.
Rasmiy muloqot yuridik kuchga ega bo‘lib, davlat va jamiyat manfaatini ko‘zlagan hamda
qayd etiladigan muloqot turidir. Masalan, tergov jarayonidagi so‘roq qilish.
Norasmiy muloqot bu shaxslararo o‘zaro muloqot jarayonida o‘zi-ni qiziqtirgan u yoki bu
ma’lumotga ega bo‘lish hisoblanadi.
Muloqot quyida vazifalarni: 1) aloqa o‘rnatish - suhbatdoshni aloqaga kirishish uchun
tayyorlash; 2) informatsiya - suhbatdosh bilan muayyan ma’lumotlar, fikrlar varejalarni almashish;
3) faoliyatgaun-dash~ suhbatdoshni biror harakatni bajarishga stimullashtirish; 4) koordinatsiyey
-
suhbatdosh
bilan
hamkorlikdagi
faoliyatni
tashkil
etish
va
uni
amalga
oshirishdaharakatlarnimuvofiklashtirish; 5) tushunishni ta’minlash - suhbatdoshning fikrlari va
hissiyotlarini tushunish; 6) motivlashtirish - suhbatdoshda muayyan xissiyotlarni uyg‘otish hamda
ularni o‘zgartirish; 7) munosabat o‘rnatish - munosabatlar ti-zimidagi shaxsiy o‘rnini, mavqeni
aniqlash; 8) ta’sir ko‘rsatish -suhbatdoshning xulq-atvori, shaxsiy xususiyatlari, maqsadlari va
yo‘l-yo‘riq, ko‘rsatma, dasturlarini o‘zgartirish va sh.k. bajaradi.
Muloqot tushunchasiga berilgan ta’riflar, ularning turlari va bajaradigan vazifalari shuni
ko‘rsatadiki, bundagi eng asosiy masala har bir insonning dilidagi yashashdan maqsadi nima
ekanligini, buning uchun qanday ishlarni bajarish istagi borligini, kelgusidagi orzu-havaslarini
bilish, shunga qarab ularning og‘irini yengil qilish uchun shart-sha-roitlar yaratib berishdan
iboratdir.
Mamlakatimiz fuqarolariga tegishli bo‘lgan barcha hukuk va majburiyatlar Asosiy
qonunimizda batafsil ko‘rsatilgan. Zero, shunday ekan Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev: “Bugun