O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)
Mustaqil ta’lim mavzusi O‘zbekistonda demokratik jarayonlar va milliy mafkura.
Glossariy DEMOKRATIYA (yun. demos – xalq va kratos – hokimiyat) – 1) fuqarolar erkinligi va tengligi
tamoyili asosida Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan xalq hokimiyatining shakli; 2)
amalda o‘rnatilgan va yuzaga chiqarilgan erkin, adolatli jamiyat va davlatni anglatuvchi siyosiy
tushuncha. DEMOKRATIK INSTITUTLAR – jamiyat hayotida demokratik tamoyillarni qaror toptirishga
xizmat qiladigan tashkilot va tuzilmalar majmui. Tarixiy jihatdan ularni shartli ravishda
demokratik mazmunga ega bo‘lgan an’anaviy ijtimoiy - siyosiy in-tlar (davlat, siyosiy partiyalar,
jamoat tashkilotlari, OAV) hamda faqat demokratik jamiyat sharoitida faoliyat yuritadigan maxsus
in-tlarga, mas., inson huquqlariga amal qilinishini ta’minlovchi turli nodavlat tuzilmalarga ajratish
mumkin.