PATERNALIZM (lot.
paternus — otaga taalluqli) — 1) dastlab Italiyada paydo bo‘lgan,
kattaning kichikka, qarindoshning qarindoshga, ustozning shogirdga, yaqinlarga nisbatan
g‘amxo‘rligi asosida faoliyat yuritishni ifodalagan atama; 2) ijtimoiy munosabatlarga
kirishayotgan tomonlar o‘rtasidagi mavjud ishlab chiqarish munosabat larini uyg‘unlashtirish va
barqarorlashtirishga ma’naviy omil ta’sirini ifodalaydigan tushuncha.
PLYURALIZM (lot.
pluralus – ko‘plik, ko‘p xillik, ko‘p sonlik) — monizmga butunlay zid
bo‘lgan fal-y ta’limot. P. atamasi birinchi bo‘lib nemis faylasufi X.Volf tomonidan 1712 yili ilmiy
muomalaga kiritilgan. P. ijtimoiy -siyosiy hayotda turli ijtimoiy guruhlar va ular manfaatlarini
himoya etuvchi siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalar, diniy va b. tashkilotlar erkinligini, o‘zaro
raqobatni ifodalaydi; hozirgi zamon reformizmining asosiy g‘oyalaridan biri.
Dostları ilə paylaş: