Oʻzbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Amaliyot davomida bajariladigan ishlar



Yüklə 228,15 Kb.
səhifə2/8
tarix23.05.2023
ölçüsü228,15 Kb.
#120148
1   2   3   4   5   6   7   8
Ruzmetov Xudoyshukur. amaliyot daftari

Amaliyot davomida bajariladigan ishlar

Ish kunlari taqsimoti

Reja

Haqiqiqatda


Amaliyot obyektining moliyaviy rejalari bilan tanishish

5





Amaliyot obyektining asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish

5





Amaliyot obyektining moliyaviy hisobotlari bilan tanishish

5





Amaliyot obyektida amalga oshirilgan byudjet yoki korporativ xaridlarni tahlil qilish

5





Amaliyot obyektida moliyaviy nazorat natijalarini o‘rganish

5





Amaliyot natijalari bo‘yicha xulosalarni shakllantirish va amaliyot kundaligini rasmiylashtirish

5




Jami

30




* Eslatma: Talaba institutdan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan maslahatlashgan holda, haftaning shanba kunlari o‘rgangan bilim, ko‘nikma, malaka va amaliy ma’lumotlarga asoslanib, bitiruvoldi malakaviy amaliyot to‘g‘risida amaliyot daftarida xulosalar yozadi.
Institutdan tayinlangan rahbar ______________________ _______
(ismi-sharifi) (imzo)

Tengebank ATB” chilonzor BXM raxbari v.b ________


(imzo)
1-mavzu. Amaliyot obyektining moliyaviy rejalari bilan tanishish
Yillar o'tib borar ekan taraqqiyotning eng so'nggi yutuqlarini amaliyotga joriy etish barobarida bank xalqaro moliya institutlari bilan ham faol hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'ydi. Xususan, Jahon Banki, Osiyo Taraqqiyot Banki, Xitoy Eksimbanki, Islom xususiy sektorni rivojlantirish korporatsiyasi, Xalqaro Islom savdo va moliya korporatsiyasi, “KazakhExport” eksport sug'urta kompaniyasi, Xalqaro qishloq xo'jaligini rivojlantirish jamg'armasi, Turkiya Eksimbanki, Germaniya AKA banki, Chexiyaning CSOB banki va Rossiya Federatsiyasining Gazprombanki shular jumlasidandir.
Bugungi kunda ajoyib investitsiyalar va yangi loyihalar ustida ish olib borayatgan muassasa teenge bank aksiyadorlik tijorat bankini so'zimizga isbot sifatida keltirishimiz mumkin. Ibtidoga nazar tashlasak, tenge bank 2015 yil “Tenge bank” aksiyadorlik-tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi PF-3750-son Qarori va Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida”gi 78-sonli qarori bilan tashkil etilgan. Aytish kerakki, so'nggi yillarda Respublikamiz bank tizimida bir qator yirik islohotlar yuz berdi. Ayni shu oqimda, “tenge bank” bank ham o'zining moliyaviy ko'rsatkichlarini yildan – yilga yaxshilab, barqarorlikni ta'minlab kelmoqda. Xususan, bank tashkil etilgan davrdan ustav kapitali bosqichma-bosqich 42,0 mlrd. so'mdan 2020 yilda 631 mlrd. so'mgacha ko'tarildi va ayni shu ijobiy dinamika fonida umumiy kapital ham 1.3 trln. so'mga yetdi. Albatta, bu borada bankning kapitallashuv darajasi davlat tomonidan sezilarli ravishda qo'llab-quvvatlangani muhim ahamiyat kasb etdi. Endi bank faoliyatining yana bir eng muhim bo'g'inlaridan biri bo'lmish aktivlar haqida ham so'z yuritsak. Agarda 2016 yilda ushbu yo'nalish bo'yicha 800.3 mlrd. so'm qayd etilgan bo'lsa, joriy yilning oktyabr oyiga kelib bu raqam qariyb 7.8 trln. so'mgacha ko'tarildi.
Bankning umumiy faoliyatini aholiga yaqinlashtiradigan va sodda aytganda “xalqqa foydasi tegadigan” jabhasi, bu - uning kredit ajratish, foizlar stavkasining darajasi hamda maqbulligi bilan bog'liq siyosatidir. Ya'ni, kredit portfelini shakllantirish jarayonida asosiy e'tibor mamlakat iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, ayniqsa, manzilli hamda hududiy dasturlarga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish va turli sohalarida faoliyat yurituvchi korporativ mijozlarning ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan. So'zimizni raqamlar ham isbotlaydi. Agarda 2016 yilda kredit qo'yilmalari 506,1 mlrd. so'mni tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2020 yil 1 oktyabriga kelib 5,9 trln. so'mga yetdi va o'sish sezilarli darajada qayd etildi. Albatta, bu moliyaviy ko'maklar sanoat sohalarini rivojlantirish, qishloq xo'jaligi tarmog'ini taraqqiy ettirish, transport va kommunikatsiyalar yo'nalishini modernizatsiya qilish kabi qator tarmoqlar hissasiga to'g'ri keladi.
Shu bilan birga, 2020 yildan e'tiboran xalq banki jismoniy shaxslarga “Anderrayting” tizimi asosida kreditlar ajratishni ham yo'lga qo'ydi. Bu orqali kredit olish maqsadida ariza taqdim etgan fuqarolarning hujjatlari tez fursatlarda yig'ilib, ularning kredit tarixini tahlil qilish uchun ko'p vaqt sarflanmaydi va amaliyot soddalashtirilgan tartibda bajariladi. Statistik ma'lumotlarga qaraganda, joriy yil o'zida mazkur “Anderrayting” tizimi orqali 22,5 mingga yaqin jismoniy shaxslarga 233,4 mlrd. so'm miqdorida kreditlar ajratilgandir.
Shuningdek, bank “ SWIFT” va “ VISA International” xalqaro to'lovlar tizimlari, “Refinitif” informatsion-diling tizimi, “Mastercard Europe” xalqaro pul o'tkazmalari tizimi kabi qator mahalliy va xorijiy tashkilotlarning a'zosidir. Moliya muassasasining korrespondent banklar qatoriga esa “Bank of China”, “Korea Exchange bank”, “Sberbank”, OAO “Bank VTB”, OAO “Promsvyazbank”, “Aziya-Invest Bank” (Rossiya)lar kiradi.
Ahamiyatlisi, xalq bankining moliyaviy qo'llab - quvvatlashi natijasida yengil sanoat, telekommunikatsiyalar, qurilish va O'zbekiston iqtisodiyotining boshqa sohalarida yirik investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu o'z navbatida, minglab qo'shimcha ish o'rinlari yaratilayotgani, sanoat tarmoqlarida raqobat darajasi ko'tarilayotgani bilan barobardir. Bunga misol qilib, “Peng Sheng” O'zbekiston – Xitoy ko'shma korxonasini, “Xiva Gilamlari” mas'uliyati cheklangan jamiyatini, “Zarafshon Golden Group” kompaniyasini, yaratilgan yangi “Melek”, “Yaks” brendlarini, “Oxbridge international school” loyihasini, AQShda ishlab chiqarilgan asboblar bilan jihozlangan “Genotexnologiya” klinikasi kabi ko'plab samarali loyihalarni keltirishimiz mumkin.
Yana bir ahamiyatga molik jihatni keltirmasdan ilojimiz yo'q. “xalq banki” ATB o'tgan vaqt davomida o'zining sifatli va tezkor xizmati natijasida mamlakat iqtisodiyoti rivoji uchun muhim bo'lgan Davlat dasturlarida ham munosib ishtirok etib, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalarni o'z vaqtida bajarib kelmoqda. Xususan, aholining bandligini ta'minlash, o'z tomorqalaridan unumli foydalanishlari uchun sharoit yaratish maqsadida qabul qilingan “Limonchilik tarmog'ini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaror bilan bank ushbu yo'nalishda mas'ul etib belgilandi. Ularning ijrosini ta'minlash maqsadida esa kapitalbank 3 ta muhim yo'nalishda ishlarni boshlab yubordi. Xususan, 203,9 gektar zamonaviy limonchilik issiqxonalarini qurish uchun ajratilgan 46,3 mln. dollarlik 100 ta loyihani to'liq moliyalashtirib, ularni o'z vaqtida ishga tushirilishini ta'minlash bo'yicha aniq choralar belgilandi.

Tenge bank ATIB” raxbari v.b ________


(ismi-sharifi) (imzo)



Yüklə 228,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin