O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 79,22 Kb.
səhifə5/6
tarix23.05.2023
ölçüsü79,22 Kb.
#120314
1   2   3   4   5   6
mikrokredit bosh ofisi amaliyot

Ko‘rsatkichlar nomi

8/1/2021

8/1/2022

Yuqori likvidli aktivlar (mlrd. so‘m)

56 551

105 753

Yuqori likvidli aktivlarning jami aktivlarga nisbati, foizda

14,6%

21,3%

Likvidlilikni qoplash me’yori (min. talab 100%)

155,7%

256,1%

Sof barqaror moliyalashtirish me’yori (min. talab 100%)

115,1%

117,7%

Lahzali likvidlilik me’yori (min. talab 25%)

89,2%

107,7%

1-rasm4. Bank tizimi likvidlilik dinamikasi



Bank tizimi faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma'lumot




























mlrd. so‘m

Ko‘rsatkichlar nomi

8/1/2021

8/1/2022

Nominal o‘sishi, foizda

Haqiqiy o‘sishi, (devalvatsiyani hisobga olmagan holda) foizda

jami

shundan, xorijiy valyutada

ulushi, foizda

jami

shundan, xorijiy valyutada

ulushi, foizda







Bank aktivlari, jami

400,455

197,370

49.3%

510,646

255,973

50.1%

27.5%

25.9%

Kredit qo‘yilmalari, jami

302,693

151,021

49.9%

346,390

165,982

47.9%

14.4%

13.0%

Jalb qilingan jami depozitlar

128,725

52,362

40.7%

195,505

86,312

44.1%

51.9%

50.1%

Jami kapital

63,597

340

0.5%

75,245

349

0.5%

18.3%

18.3%



2-rasm5. Bank tizimi faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma'lumot.


Bosh maqsadi
Mijozlarga keng ko'lamli yechimlar taklif qilish, xususiy sektorni qo'llab-quvvatlash hamda ishchan jamoaviy muhitni shakllantirish orqali mamlakatda eng samarador tijorat banklar 5 taligiga kirish.

Bank missiyasi
Mijozlari: Asosiy e'tiborimizni mijozlar manfaatlariga qaratgan holda ular bilan ishonchli va uzoq muddatli munosabatlar o'rnatamiz hamda ularga yuqori sifatli xizmatlar taklif etamiz.
Xodimlari:
Xodimlarning o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi va rivojlanishini qo'llab-quvvatlagan holda mas'uliyat hamda tashabbusni rag'batlantiradigan ish muhitini yaratish.
Aktsiyadorlari;
Aktsiyadorlarimiz manfaatlarini ko'zlagan holda shaffof va samarali (operatsion mustaqil) ish yuritib, ular uchun yuqori daromadlilikni ta'minlaydigan korporativ boshqaruv tizimini yaratish.
Jamiyat:
Jamiyatning mas'uliyatli a'zosi sifatida, sog'lom turmush tarzini rag'batlantirish, bank xizmatlari ommabopligini oshirish, ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash hamda loyihalarda atrof-muhitni himoya qilish standartlariga amal qilish.


3. Makroiqtisodiy barqarorlik va rivojlanishni ta’minlashda pul-kredit
siyosatining o‘rni
Mamlakatda ichki narxlar barqarorligi ta’minlanishi makroiqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning kafolati bo‘lib, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va rivojlantirish dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda zaruriy sharoit hisoblanadi.
Bunda inflyatsiyaning past va barqaror ko‘rsatkichlari muvozanatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, ishlab chiqarish raqobatbardoshligi va aholini yashash darajasini oshirishning muhim omili sanaladi. Shu nuqtai nazardan, narxlar o‘sish sur’atlarining pasayishi va barqarorlashishi davlat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lishi kerak.
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning markaziy banklari tajribalari hamda xalqaro moliya institutlari izlanishlari natijalari pul-kredit siyosatini amalga oshirishda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadining shak-shubhasiz ustuvorligini ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, pul-kredit siyosatini amalga oshirish tartibi va ketma-ketligi turli mamlakatlarda iqtisodiyotning xususiyatlari hamda tarkibiy tuzilishiga qarab farqlanadi.
Amaldagi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Bunda “milliy valyuta barqarorligi” tushunchasini ikki xil, ya’ni almashuv kursining xorijiy valyutalarga nisbatan barqarorligi yoki uning ichki xarid qobiliyati barqarorligi deb talqin qilish mumkin.
Almashuv kursining erkin shakllanishi sharoitida milliy valyutaning barqarorligi uning ichki harid qobiliyatini saqlash orqali erishiladi.
Bunda, erkin suzib yuruvchi almashuv kursi iqtisodiyotni ichki barqarorlashtiruvchi funksiyasini bajaradi. Boshqacha qilib aytganda, to‘lov balansi bilan bog‘liq tashqi shok va qiyinchiliklar kuzatilganda almashuv kursining mos ravishda o‘zgarishi ekportyorlar va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Ayni paytda Markaziy bank pul-kredit siyosatining asosiy maqsadini ikki xil tushunilishini oldini olish va uning faoliyati asosiy yo‘nalishini aniq belgilab olish maqsadida qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan.
Pul-kredit siyosati rejimlaridan foydalanishning xalqaro tajribasi
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar markaziy banklari tomonidan keng qo‘llanilayotgan usullar inflyatsion targetlash, monetar targetlash, valyuta kursini targetlash va nominal yakorsiz rejimlarni o‘z ichiga oladi.
Inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish vazifasi aksariyat markaziy banklar uchun bosh maqsad hisoblansa-da, yuqorida qayd etilgan uslublar asosan tezkor va oraliq mo‘ljallarga qarab farqlanadi.

Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin