Antisemitizm- Antisemitizm- Antisemitism
Antisemitizm – irqiy shovinizmning eng keskin shakllaridan biri, evrey millatini taqib etish va
unga dushmanlarcha munosabatda bo‘lgan mafkura va siyosat. Fashistlar germaniyasida antisemitizm
davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Antisemitizm xalqaro hamjamiyat tomonidan qoralangan.
Aparteid- Aparteid- Apartheid
Aparteid – (afrikaans tilidan olingan bo‘lib – alohida yashash ma’nosini anglatadi). Mamlakat
aholisining butun guruhlarini irqiga qarab, keskin tengsizlik holati soluvchi siyosiy, fuqarolik va ijtimoiy-
iqtisodiy huquqlardan maxrum etuvchi irqiy __ etishning eng jirkanch shakllaridan biri.
Aristokratiya- Aristokratiya- Aristocracy
Aristokratiya – 1. Davlat hokimiyati imtiyozli aslzodalar qo‘lida bo‘lgan boshqaruv shakli.
Boshqaruv shakli sifatida aristokratiya monarxiya va demokratiyaga qarshi turadi.
2. U yoki bu imtiyozli sinfning imtiyozli qismi (Rimdagi patritsiylar, dvoryanlar...) yoki
ijtimoiy guruhlar (M: Moliya aristokratiyasi)alohida huquq va imtiyozlarga ega bo‘lgan qism.
Avesto-Avesto- Avesta
Avesto – (Parfiyonga “apastak” - matn) – Markaziy Osiyo xalqlari va bularning yaqin atrofidagi
xalqlarning ilk yirik falsafiy va qomusiy asari, zardushtiylik dini va dunyo qarashining muqaddas
kitoblari to‘plami. “Avesto” miloddan avvalgi II ming yillik oxiri I ming yillik boshiga oid bo‘lib, og‘zaki
tarzda avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Keyingi asrlarda “Avesto” tarkibiga turli diniy urf-odatlar bayoni,
ahloqiy, huquqiy qonun-qoidalar qo‘shilib borgan. “Avesto”ni Zaradushtra diniy asar sifatida bir tizimga
solgan.
“Avesto” o‘zbek, umuman O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining qadimgi davrdagi
ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlar, olat to‘g‘risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy
madaniyatlarini o‘rganishda muhim manbadir.