Bojxona-T amojennыy-Sustoms
Bojxona – davlat chegarasidan o‘tadigan va o‘tkaziladigan mol-mulklar hamda transport
vositalarini nazorat qiluvchi, shuningdek, yuk egalaridan belgilangan tartibda (poshlina) va boshqa
yig‘imlarni undiruvchi davlat muassasasi. Bojxona davlatning iqtisodiy manfaatlarini muhofaza qiluvchi
organlaridan biridir.
Bozor iqtisodiyoti-R ыnochnaya ekonomika-Market economy
Bozor iqtisodiyoti – jamiyat taraqqiyotini tezlashtiruvchi iqtisodiy aloqalar majmui. Bozor
iqtisodiyoti mohiyati shundan iboratki, u barcha jamiyat a’zolarini ishlab chiqarish va iste’mol orqali
doimiy ishtirokchilariga aylantiradi. SHu boisdan bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarishning kun sayin
takomillashuviga, mahsulot sifatining yaxshilashib borishiga, miqdorning esa ko‘payishiga sababchi
bo‘ladi.
Byurokratizm- Byurokratizm- Redtape
Byurokratizm – qog‘ozbozlik, sansolarlik, ishning mohiyatiga chuqur yondashmaslik,
byurokratizm hokimiyatning (muassasa xizmatchilarning) xalq ommasidan ajralib qolgan vaziyatda
vujudga keladi. Byurokratizm – bu ijtimoiy boshqaruv shakllarini, dalillarni buzib ko‘rsatish, bir shaxs
yoki ijtimoiy guruh manfaatlari yo‘lida davlatchilikni buzib ko‘rsatilishi. Eng keng rivojlangan va
ifodalangan shakllari davlat boshqaruvi sohasida amal qiladi.
Volyuntarizm-Volyuntarizm- Volyuntarizm
Volyuntarizm – (lotincha “volentare” - iroda)
1. Falsafada volyuntarizm idealistik oqimlardan biri bo‘lib irodani borliqning eng yuqori
tamoyili deb qaraydi.
2. Psixologiyada volyuntarizm irodani inson ruhiy hayotining asosiy omili deb qaraydi.
3. Siyosatda volyuntarizm haqiqiy, inson ongidan mustaqil ravishda mavjud bo‘lgan
qonuniyatlarni inkor qilib, imkoniyat va sharoitlarni e’tiborga olmagan holda shaxsning o‘z subektiv
irodasi orqali faoliyat ko‘rsatishdir.