Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 2,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/128
tarix30.07.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#138018
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   128
O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

Birja infratuzilmasi 
– birja savdolarining professional ishtirokchilari boʻlib, 
birja faoliyatini amalga oshirishini taʼminlovchi tashkilotlardir. Ularga 
quyidagilarni kiritish lozim: 
-
qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi; 
-
qimmatli qogʻozlarni roʻyxatga oluvchi tashkilot; 
-
kliring (hisob palatalari); 
-
netting; 
-
axborot agentliklari. 
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi
— depo hisobvaraqlari boʻyicha 
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni saqlashning, bunday qimmatli qogʻozlarga 
boʻlgan huquqlarni hisobga olishning va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar 
harakatining yagona tizimini taʼminlovchi davlat depozitariysidir. 
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi davlat unitar korxonasi shaklida 
tashkil etiladi hamda faoliyatini xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar va 
boshqa tushumlar hisobidan amalga oshiradi. 
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi xizmatlari uchun tariflarning 
miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda 
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi 
tomonidan tasdiqlanadi. Shu borada qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariy 
vazifalari toʻgʻrisida ham aytib oʻtish lozim.


157 
Ularga quyidagilarni kiritish mumkin: 
-qimmatli qogʻozlarni hisobga qoʻyish; 
-hujjatli qimmatli qogʻozlarni saqlash; 
-qimmatli qogʻozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash; 
-qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlarini yuritish; 
-davlatning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarini, shuningdek qimmatli 
qogʻozlarni boshqarish boʻyicha davlat vakolat bergan shaxslarning qimmatli 
qogʻozlarga boʻlgan huquqlarini hisobga olish; 
-investitsiya vositachilarining depo hisobvaraqlarini yuritish; 
-qimmatli qogʻozlardagi hisob-kitoblarni belgilangan tartibda amalga 
oshirish; 
-Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan chiqarilgan
Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga kiritilgan qimmatli qogʻozlarni 
hisobga olish; 
-Oʻzbekiston 
Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan, 
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga kiritilgan qimmatli 
qogʻozlarni hisobga olish; 
-agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, investitsiya 
fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli qogʻozlarga boʻlgan 
huquqlarni hisobga olish; 
-Deponentlarning yagona bazasini yuritish; 
-Oʻzbekiston 
Respublikasining 
rezidentlari 
tomonidan 
chiqarilgan 
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarga xalqaro kodlarni berish; 
-depo hisobvaraqlari boʻyicha emissiyaviy qimmatli qogʻozlar harakati 
toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash va tizimlashtirish. 
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariy huquqlariga: qimmatli qogʻozlar 
markaziy depozitariysi qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlarini yuritishga doir 
vazifalarini bajarayotganda investitsiya vositachilaridan mazkur reyestrlarni 
shakllantirish uchun zarur maʼlumotlarni soʻrash va olish hamda boshqa 
huquqlarni ham kiritish mumkin. 
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi majburiyatlariga quyidagilar 
kiradi: 
-
manfaatdor shaxslarning qimmatli qogʻozlarni Qimmatli qogʻozlar 
markaziy depozitariysida saqlash va hisobga olish qoidalari bilan tanishib chiqish 
imkoniyatini taʼminlashi; 
-
saqlash uchun qabul qilib olingan hujjatli qimmatli qogʻozlarning but 
saqlanishini taʼminlashi; 
-
oʻzining har bir deponentiga tegishli qimmatli qogʻozlar sonining va 
nominal qiymatining hisobini yuritishi; 
-
qimmatli qogʻozlarga majburiyatlar yuklatilganligi, shuningdek ularning 
tugatilganligi faktlari hisobini yuritishi; 
-
oʻz deponentlarining depo hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni amalga 
oshirishga asos boʻlgan birlamchi hujjatlarni idoraviy arxivda saqlashi; 


158 
-
oʻz deponentlarining depo hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni 
deponentlarning yoki ular vakil qilgan shaxslarning yozma topshiriqlari asosida 
amalga oshirishi; 
-
oʻz deponentining qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqi va boshqa 
ashyoviy huquqlarini uning depo hisobvaragʻidan tegishli koʻchirma bergan holda 
tasdiqlashi; 
-
depo hisobvaraqlari boʻyicha qimmatli qogʻozlarning mavjudligi va 
harakati, holati toʻgʻrisidagi axborotning maxfiyligini taʼminlashi;
 
-
oʻz deponentining depo hisobvaragʻi boʻyicha operatsiyalarni qimmatli 
qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining, 
monopoliyaga qarshi davlat organining, shuningdek sudning, surishtiruv va tergov 
organlarining qarorlari asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatib 
turishi va boshqalar. 

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin