O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi tashkilot amalga oshiradi. Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning
chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga
solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan emitentning arizasi asosida
amalga oshiriladi. Emitentning arizasiga quyidagilar ilova qilinadi:
-
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror;
-
qimmatli qogʻozlar emissiya risolasi;
-
blanka namunasi;
-
roʻyxati qonun hujjatlarida belgilanadigan boshqa hujjatlar.
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini roʻyxatdan oʻtkazish uchun
taqdim etilgan hujjatlar olingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida davlat
roʻyxatidan oʻtkazishi yoki emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini
davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida asoslantirilgan qaror qabul
qilishi shart.
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi davlat roʻyxatidan
oʻtkazilayotganida emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi
qarorning har bir nusxasida emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi davlat
roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi va emissiyaviy qimmatli
qogʻozlarning chiqarilishiga berilgan roʻyxatdan oʻtkazilganlik raqami koʻrsatiladi.
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
uchun taqdim etiladigan hujjatlarning toʻgʻriligi uchun javobgarlik emitent
zimmasida boʻladi.
Kliring — qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari tomonidan
roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar boʻyicha oʻzaro
majburiyatlarni aniqlash, aniqlashtirish va hisobga olishdir. Kliring qimmatli
qogʻozlar savdosining tashkilotchisi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda bitimlar
natijalari boʻyicha qimmatli qogʻozlardagi va pul mablagʻlaridagi hisob-kitoblar
qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchisining kliring topshirigʻi asosida amalga
oshiriladi.Kliringni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlari va qimmatli qogʻozlar
savdosini tashkil qilish qoidalari bilan belgilanadi.
159
Netting – mijozning barcha pul talablarini uning barcha pul majburiyatlariga
nisbatan hisobga olish orqali amalga oshiriladigan kliring usulidir.