Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 2,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/128
tarix30.07.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#138018
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   128
O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

Axborot agentligi 
– maxsus axborot tashkiloti boʻlib, ommaviy axborot 
vositalarini fond birjasi savdolari va faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotlar berib boradi. 
Uning asosiy vazifasi – fond birja faoliyatida yuz berayotgan muhim voqealar, 
misol uchun, aksiyalarning yangi emissiyasi, IPO jarayoni, aksiyalar kotirovkasi, 
qarz qimmatli qogʻozlar emissiyasi, savdosi, qoplanishi, daromadliligi va 
boshqalar haqida axborotlar yigʻish, ularni tahlil qilish, ommaviy axborot 
vositalariga uzatish kabilarni amalga oshiradi. 
 
12.3. Fond birja savdolari mexanizmi. Birja auksioni turlari 
Fond birja savdosi mexanizmi birja ustavida alohida belgilanadi. Fond birja 
ustavida savdo qoidalari keng yoritiladi va savdoni amalga oshirish tartib qoidalari 
koʻrsatiladi. Odatda, savdo mexanizmi qoidalari birja tomonidan mustaqil yoki 
chetdan mutaxassislar yoki ixtisoslashgan tashkilotlarni jalb qilgan holda ishlab 
chiqilishi mumkin. 
Fond birja savdo qoidalarini ishlab chiqishda birja xodimlaridan ishchi 
guruxi tuziladi hamda boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar mutaxassislarini 
shartnoma asosida jalb qiladi. Savdo mexanizmi qoidalarini ishlab chiqish 
jarayonidaqimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat 
organi vakillari ishtirok etishi talab qilinadi. Savdo mexanizmi qoidalarini ishlab 
chiqishda birjaning yuridik xizmati, birja savdolarini oʻtkazishga hamda birja 
savdo tizimi dasturiy-texnik majmuasi qatnashadi. 
Fond birjasi savdo mexanizmini ishlab chiqish quyidagilarni oʻz ichiga 
oladi: 
-
savdo mexanizm qoidalari matnini ishlab chiqish; 
-
savdo mexanizmi qoidalarini birja aʼzolari yigʻilishida kelishishi;
-
savdo mexanizmi qoidalarining birja Kuzatuv kengashi tomonidan 
tasdiqlanishi;
-
birja savdolari elektron tizimining dasturiy taʼminotini ishlab chiqish; 
-
birjaning ichki meʼyoriy hujjatlariga tegishli oʻzgartishlar kiritish.
Birja savdosi mexanizmi qoidalarida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
-
birjada amalga oshiriladigan birja bitimlarining turlari; 
-
birja bitimlari qatnashchilarining tarkibi va ularga nisbatan qoʻyiladigan 
talablar yigʻindisi; 
-
birja savdolarini amalga oshirish va ularning natijalarini 
roʻyxatga olish tartibi; 
-
birja bitimlari va ularning rasmiylashtirish tartibi; 
-
qimmatli qogʻozlarni kotirovka qilish tartibi; 
-
qimmatli qogʻozlarni birja savdolariga qoʻyishni amalga oshirish 
tartibi(listing); 
-
birja bitimlari ishtirokchilari oʻrtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish 
tartibi; 
-
birja savdosida muomalada boʻlgan standart kontraktlarning taʼrifi; 


160 
-
savdo maydonchalari va seksiyalarining roʻyxati va nomlari, agar ular 
birja tomonidan tashkil etilgan boʻlsa; 
-
birja savdolarini oʻtkazish tartibi; 
-
birja aʼzolariga axborot xizmati koʻrsatish tartibi; 
-
birjada narx-navoning yuzaga kelish jarayoni ustidan nazorat qilish 
tartibi; 
-
birjadagi nizolarni hal etish tartibi; 
-
birja savdolari qoidalarini buzganligi uchun birja aʼzolari va 
xodimlarining javobgarligi toʻgʻrisidagi qoidalar.
Ishlab chiqilgan fond birjasi savdo mexanizmi qoidalari birja aʼzolarining 
umumiyyigʻilishida kelishilib, birjaning Kuzatuv Kengashi tomonidan 
tasdiqlangandan coʻngqabulqilinishi lozim. Birja aʼzolarining umumiy yigʻilishida 
qoidalar kelishiladi va fond birja kuzatuv kengashiga tasdiqlash uchun kiritiladi. 
Agar fond birja savdo mexanizmi qoidalarining matni birja aʼzolari bilan keliishish 
yoki Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanish jarayonida qabul qilinmasa, 
qoidalarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganidan soʻng kelishish va 
tasdiqlash uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Fond birja savdolarida ishtirok etishga ruxsat quyidagi talablar bajarilganda 
beriladi: 
-
qimmatli qogʻozlar prospekti roʻyxatga olinishi; 
-
emissiya natijalari hisobotini davlat roʻyxatidan oʻtish; 
-
qimmatli qogʻozlar emitenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi 
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” qonunining toʻliq bajarilishi. 
Savdoni tashkillashtiruvchi savdoni birja nizomi talabi va hujjatlariga binoan 
tashkil etishi lozim. Savdoni oʻtkazish vaqti savdo tashkilotchisi tomonidan erkin 
belgilanishi mumkin, lekin savdoni oʻtkazish qoidalari boʻyicha savdoni oʻtkazish 
vaqti asosiy savdo sessiyasi mobaynida belgilanishi kerak. Savdolar qoʻshimcha 
savdo sessiyalarda ham oʻtkazilishi mumkin, kun tartibidagi savdolarga kiritilgan 
qimmatli qogʻozlar savdosi asosiy savdo sessiyasiga kiritilishi talab etiladi. 
Savdolar amalga oshishi va bajarilishi tartibi tegishli talablar bajarilganidan 
keyin savdoni tashkil etuvchi tomonidan belgilanadi. Savdolarda bitimlar kelib 
tushgan arizalar asosida kelishiladi. Kliring tashkiloti tomonidan amalga oshgan 
bitimlar natijalarini aniqlashtirish savdoni tashkil etuvchi majburiyatlari boʻyicha 
amalga oshadi. 
Savdoda qatnashuvchi nomi yozilmagan arizalar boʻyicha bitimlar tuzish 
market meyker tomonidan qilinadi. 
Fond birja savdolari turli shakllarda tashkil etilishi mumkin. 
Oʻtkazish shakli boʻyicha savdolar:
a) doimiy va sessiya shaklida;
b) kontakt (anʼanaviy) va kontaktsiz (elektron). 
Amalga oshish shakli boʻyicha:
a) ishonchnoma asosida birja savdosi (brokerlar);
b) mustaqil birja savdolari (dilerlar). 


161 
Tashkil etish shakli boʻyicha savdo auksionlari oddiy va murakkab 
auksionlarga boʻlinadi. 

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin