16
Pul bozori ishtirokchilari va ularning pul bozoridagi oʻrniga atroflicha
toʻxtalib oʻtamiz.
Xalqaro amaliyotga koʻra, Moliya vazirliklarining
asosiy vazifalaridan biri
Markaziy bank bilan hamkorlikda davlatning monetar siyosatini barqarorlashtirish
hamda byudjet defitsitini qoplash hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirish uchun
ular qisqa muddatli qimmatli qogʻozlar (xazina majburiyatlari)ni emissiya qiladi va
joylashtirilgan qimmatli qogʻozlar hisobiga jalb qilingan mablagʻlar tegishli
maqsadlarda ishlatiladi. Qimmatli qogʻozlarni soʻndirish vaqti kelganida esa davlat
byudjeti mablagʻlari hisobidan ular qoplanadi.
Tijorat banklari hukumat tomonidan emissiya qilingan qimmatli
qogʻozlarning eng asosiy sotib oluvchilaridan biri hisoblanadi. Buning asosiy
sabablaridan biri banklarga investitsion faoliyat uchun qoʻyilgan
cheklovlar
hisoblanadi. Aniqroq aytadigan boʻlsak, koʻplab mamlkatlarda banklarga risklilik
darajasi yuqori boʻlgan aksiyalar hamda korporativ obligatsiyalarni sotib olish
taʼqiqlangan. Risklilik darajasi pastligi hamda likvidlilik darajasi yuqori
boʻlganligi sababli davlat qimmatli qogʻozlarini sotib olish boʻyicha cheklovlar
mavjud emas.
Koʻplab korxonalar pul bozorida faol tarzda ishtirok etishadi, yaʼni ular oʻz
qimmatli qogʻozlarini
emissiya qilib, pul bozoriga joylashtirish orqali sotishi,
shuningdek qoʻshimcha pul mablagʻlarini foyda koʻrish maqsadida pul bozori
instrumentlariga investitsiya qilishlari ham mumkin. Ammo, pul bozori
instrumentlariga investitsiya kiritishdan asosiy koʻzlangan maqsad bu foyda
koʻrish emas, oʻz mablagʻlarini qiymatini hamda likvidliligini
ushlab turish
hisoblanadi.
Investitsiya kompaniyalari pul bozorining likvidlilik darajasini taʼminlovchi
vositachilar hisoblanishadi. Chunki, ular asosan individual investorlarning
mablagʻlaridan investitsion fondni shakllantiradi va kompaniya menejeri
tomonidan maʼqul koʻrilgan qimmatli qogʻozlarga investitsiya kiritiladi. Agarda
biror bir individual investor oʻz mablagʻlarini qaytarib olmoqchi boʻlsa,
investitsiya fondi ushbu investorga oʻz mablagʻlarini qaytarib beradi. Shu sababli
pul bozori instrumentlari uchun ikkilamchi bozor talab etilmaydi. Bundan tashqari
investitsiya kompaniyalari yuqori daromadli investitsion loyihaning uchrab qolish
ehtimolini
inobatga olgan holda, aksariyat mablagʻlarini pul bozori
instrumentlarini sotib olishga yoʻnaltiradi.
Xorijiy amaliyotga koʻra moliyaviy kompaniyalar tijorat qogʻozlarini sotish
orqali dastlab mablagʻni shakllantirib oladi, soʻngra esa ushbu mablagʻni
mijozlarga qisqa muddatli kreditlar sifatida taqdim etadi va pul bozorida oʻz
faolligi bilan ajralib turadi.
Asosan mol-mulkni hamda tabiiy ofatlarga qarshi sugʻurtalovchi sugʻurta
kompaniyalari pul bozorining faol ishtirokchilaridan hisoblanadi. Sababi bu turdagi
sugʻurta kompaniyalarida kutilmagan vaziyatda katta miqdordagi mablagʻga
zarurat tugʻilishi mumkin. Shu sababdan ular oʻzlarining likvidliligini
yoʻqotmaslik uchun oʻz mablagʻlarining asosiy qismini pul bozoriga yoʻnaltiradi.
Misol uchun, 2004 yilda AQSHning Florida shtatida yuz bergan kuchli toʻfon
17
tufayli sugʻurta kompaniyalari qariyb 1 milliard AQSH dollariga teng boʻlgan
miqdordagi mablagʻni ushbu toʻfondan tafolat koʻrganlarga sugʻurta badali sifatida
toʻlagan. Ushbu majburiyatni bajarish uchun sugʻurta kompaniyalari oʻzlaridagi
pul bozori instrumentlarining bir qismini sotgan.
Pensiya fondlari oʻz mablagʻlarining bir qismini aksiya va obligatsiya
bozorida foydaliroq investitsion imkoniyatlar
yuzaga kelgan vaqtda undan
foydalanish maqsadida yetarli mablagʻga ega boʻlish uchun pul bozoriga
investitsiya kiritadi. Sugʻurta kompaniyalari singari pensiya fondlari ham yuqori
likvidlilikga ega boʻlishi lozim. Sugʻurta kompaniyalaridan farqli oʻlaroq pensiya
fondlarining majburiyatlari miqdori va ularni bajarish vaqtlarini oldindan tahlil
qilish unchalik qiyin hisoblanmaydi.
Dostları ilə paylaş: