1-MAVZU: FAN VA UNING JAMIYATDAGI O‘RNI.
Reja:
Fanning institutsional ko‘rinishi bilan ijtimoiy ongning boshqa shakllarining bog‘liqligi.
Fan jamiyatdagi jarayonlarni ijtimoiy tartibga solish omili.
Fanning funksiyalari.
Axborot-uslubiy ta’minot
Ushbu mavzuni o‘tishda ta’limning interfaol usullaridan keng foydalanish, o‘quv jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish samarali natija beradi. Bu boradagi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning “Mashg‘ulotlarda kitob bilan ishlash usuli”, “Sinov amaliy mashg‘uloti usuli”, “Zakovat amaliy mashg‘uloti usuli”, “Kim ko‘p biladi usuli”, “Aqliy xujum”, «Muammoli vaziyat» kabi interaktiv metodlaridan, shuningdek, texnika falsafasi strukturasini o‘zida aks ettirgan slaydlardan unumli foydalanish ham ko‘zda tutilgan.
“Mashg‘ulotlarda kitob bilan ishlash usuli”dan foydalanish
Mashg‘ulotlarda kitob bilan ishlash usullaridan ta’limning barcha bosqichlarida foydalanish hamda o‘quv fanlarini o‘qitishda keng qo‘llaniladigan ta’lim usullaridan biri kitob bilan ishlash usulidir. Zero, kitobsiz ta’limning samaradorligini ta’minlab bilmasligini har bir pedagog yaxshi biladi.
Kitob bilan ishlash usuli magistrlardan manbalarni tushunib o‘qish, kitob o‘qishga qiziqish, dunyoqarashlarni, hayotiy tajribalarni kengaytirishga xizmat qiladi.
Mashg‘ulotlarga o‘quv predmetining xususiyatlardan kelib chiqib vaqtli matbuot, xrestomatiya, badiiy adabiyot, matn disketi kabi manbalardan foydalanish tizimi vujudga kelgan. Kitob bilan ishlashda:
Buyuk allomalar Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, A.Avloniy va boshqalar o‘z asarlarida inson ma’naviy kamolotida kitobni mutolaa qilishning ahamiyati haqida alohida ta’kidlaganlar. Xilma-xil axborotlar ko‘lami, hajmi mislsiz oshib borayotgan bugungi kunda ham magistrlarni kitob bilan ishlashga (uni o‘qish tushunish, taqqoslash, konspektlashtirishni va hokazolar) o‘rgatish lozim.
“Kitob bilan ishlash usuli”dan foydalanishning texnologik xaritasi
Dostları ilə paylaş: |