O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə53/179
tarix23.08.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#140231
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   179
ITM UMK (2)

Xulosalar. Ilmiy-tadqiqot faoliyatining namoyon bo‘lish shakllari yuzasidan quyidagicha ilmiy-nazariy xulosalarga kelish mumkin:
ilmiy tadqiqotning maqsadi tiriklik qonunlarini, voqelik jarayonlari va hodisalarining o‘zgarishi, rivojlanishi, vujudga kelishi va yo‘qolishini kuzatish, kashf etish, tushuntirish va bashorat qilishdangina iborat emas. Uning dastlabki asosi va mavjudlik sharti o‘zlikni anglashdir. Insonning har bir yangi kashfiyoti uning o‘z-o‘zini bilishga bo‘lgan urinishining, intilishining natijasi bo‘lib kelgan. Hattoki insonning o‘z-o‘zini anglash yo‘lida kashf qilgan vodorod bombasi ham uning o‘ziga barobar bo‘lgan kashfiyot bo‘la olmadi. O‘zlikni anglash kashfiyoti inson kashf qilishi mumkin bo‘lgan kashfiyotlarning ichida eng buyugi, eng oliysidir. Zero, fan uchun fan, kashfiyot uchun kashfiyot qilinmaydi. Bularning bari jamiyat uchun, odamning ilmiy salohiyatini yanada oshirish uchun xizmat qiladi.
Ilmiy-tadqiqot inson nazariy va amaliy faoliyati negizida yuzaga keladi, u tabiat, jamiyat va inson ongining murakkab hodisalarni to‘g‘ri, ob’ektiv talqin etishga, fanning evristik asoslarini ochishga imkon beradi.
4-MAVZU. ILMIY TADQIQOT TIPLARI.
Reja:



  1. Ilmiy tadqiqotning tiplari

  2. Ilmiy bilishning o‘sish qonuniyatlari

  3. Vorisiylik va novatorlik.



Tayanch iboralar

Muammo tushunchasi, Gilbert muammolari, metod uyg‘unligi, spektroskopik metod, rentgenoskopiya metodlari, radioaktiv tahlil metodi, oqilona fikrlashning barcha metodlari, ilmiy muammo, muammoni to‘g‘ri qo‘yish, empirik muammo, konseptual muammolar, metodologik muammolar, muammo va masala, muammoli vaziyat. Empirik tadqiqot, amaliy tadqiqot, kumulyativizm, antikumulyativizm, bilimning o‘sishi, prolefirasiya, vorisiylik va novatorlik.




Ilmiy tadqiqotlarning tiplari. F.Bekon fanda o‘z-o‘zicha foyda keltirmaydigan, lekin «sabablar va aksiomalar»ni bilishga ko‘maklashadigan tajribalar hamda foydali kashfiyotlar va ixtirolarga eltadigan tajribalar borligini ta’kidlagan edi6. YAngi davrdan boshlab, fan o‘zining birinchi toifadagi tajribalari ikkinchi toifadagi tajribalarga yo‘l ochishiga qarab tobora ko‘proq mo‘ljal oladi. Hozirgi zamon fanining amaliyotga qarab mo‘ljal olishi mazkur fanga xos bo‘lgan xususiyat va shu bilan bir vaqtda jamiyat fanga qo‘yuvchi muhim talablardan biridir. O‘z navbatida, amaliyot ham fanga tobora ko‘proq tayanmoqda. Fanning amaliyot sari harakatining turli bosqichlariga ilmiy tadqiqotlarning bir-biri bilan bog‘langan, lekin shunga qaramay turli tiplari muvofiq keladi:
1) fundamental tadqiqotlar;
2) amaliy tadqiqotlar;
3) tadqiqotchilik loyiha-konstruktorlik ishlanmalar;
4) innovasion tadqiqotlar;
5) YOshlarning amaliy va fundamental tadqiqotlari.
Fundamental tadqiqotlar. Fundamental tadqiqotlar voqelik hodisalari va qonunlari haqida yangi bilim olishga qaratiladi. Ular biron-bir amaliy maqsadlarga erishishni bevosita ko‘zlamaydi. Bu erda tadqiqotchini haqiqat o‘z-o‘zicha qiziqtirmaydi, u mazkur haqiqatning tagiga etish qanday foyda keltirishi mumkinligini bilmasdan uni izlaydi. Fundamental tadqiqotlar ikki xil: epirik va aniq maqsadga qaratilgan bo‘ladi.
Epirik tadqiqot (izlanish) odatda individual xususiyat kasb etadi yoki ish maqsadini mustaqil belgilash va unga zarur bo‘lgan mablag‘larni o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etish imkoniyatiga ega bo‘lgan olim tomonidan boshqariladi. Epirik izlanish rejimida ish olib borayotgan olim o‘z faoliyati metodlari va yo‘nalishlarini tanlashda epirik bo‘ladi. Uning aqlida kutilmagan g‘oyalarning paydo bo‘lishi, agar ular olimga qiziqarli bo‘lib tuyulsa yoki tabiat qonunlarini yanada teranroq tushunishni va’da qilsa yoinki tadqiqotning yangi sohalarini ochish imkoniyatini bersa, ilmiy izlanish yo‘nalishini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Aniq maqsadga qaratilgan fundamental tadqiqotda ilmiy izlanish yo‘nalishi aniq belgilangan bo‘ladi va tadqiqotchilardan qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘lidan og‘maslik talab etiladi. Odatda, bunday tadqiqot muayyan tashkilot tarkibida, jamoa bo‘lib amalga oshiriladi. Unda jamoa ishiga ma’muriy rahbarlik qilish tizimi ulkan rol o‘ynaydi. Ixtisoslashtirilgan ilmiy guruhlar, laboratoriyalar, bo‘limlar tashkil etiladi, ularning faoliyati muvofiqlashtiriladi. Agar tadqiqot yo‘li lozim darajada aniq bo‘lsa, uni rejalashtirish, har bir bosqichda olinishi kerak bo‘lgan natijalarni hamda buning uchun zarur texnika va moddiy vositalarni nazarda tutish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Amaliy tadqiqotlar. Amaliy tadqiqotlarning xususiyati shu bilan belgilanadiki, ular amaliy vazifalarni echish uchun kerakli bo‘lgan bilimni olishga qarab to‘g‘ridan-to‘g‘ri mo‘ljal oladi. Bunda gap ayrim turdagi amaliy vazifalarni echish haqida boradi. Ilmiy xodim boshqa imkoniyatlarni o‘rganish uchun, hatto ular qiziqarli natijalarni va’da qilayotgan bo‘lsa ham, mazkur tadqiqot chizig‘idan chetga chiqishi mumkin emas. Ish rejalari va grafiklarini hamda ularni bajarish to‘g‘risida hisobotlarni vaqti-vaqti bilan taqdim etish odatda amaliy tadqiqotlarni moliyalashtirish sharti hisoblanadi.
Tadqiqotchilik loyiha-konstruktorlik ishlanmalari. Amaliy tadqiqotlardan farqli o‘laroq loyiha konstruktorlik ishlanmalari konkret texnik vazifani bajarish maqsadini ko‘zlaydi. Bu, masalan, biron-bir apparat yoki inshoot loyihasini yaratish, ishlab chiqarishning texnologik sxemalarini tayyorlash bo‘lishi mumkin. Tadqiqotchilik ishlanmalari odatda biron-bir prinsipial yangi ilmiy bilimlarni olish yo‘lidagi izlanishlar bilan bog‘liq bo‘lmaydi, lekin konkret loyiha-konstruktorlik vazifalarini echish uchun fundamental va amaliy fan natijalaridan foydalanishga qaratilgan tadqiqotlar o‘tkazishni talab etadi. Bu erda gap kashfiyotchilik haqida emas, balki ixtirochilik haqida boradi.
Fundamental va amaliy tadqiqotlarda olim amalda mavjud bo‘lgan, lekin noma’lum narsa yoki hodisani tavsiflash va tushuntirishga harakat qilsa, loyiha-konstruktorlik ishlanmalari ustida ishlovchi ilgari mavjud bo‘lmagan narsani o‘ylab topish va yaratish haqida g‘am chekadi. Birinchi holda narsani tabiat yoki inson qanday qilib yaratganligini bilish va tushunish kerak bo‘lsa, ikkinchi holda narsani qanday yaratish mumkinligini bilish va tushunish talab etiladi. Bu holat tadqiqotchilik loyiha-konstruktorlik ishlanmalarining fan tizimidagi alohida o‘rnini belgilaydi. Ular, bir tomondan, ilmiy faoliyatning alohida turi sifatida qaralishi mumkin, boshqa tomondan esa – texnik va texnologik vazifalarni «tayyor» ilmiy bilimlar asosida echishdan iborat bo‘lgan muhandislik faoliyati sifatida amal qiladi.
Masalan, aerodinamika sohasidagi fundamental tadqiqotlar gaz muhitida gazlar va jismlar harakatining qonuniyatlarini aniqlashga qaratilgan. Olimlar aerodinamik jarayonlarning mohiyatini tushunishga harakat qilib modellar va nazariy sxemalarni tuzadilar, umumiy teoremalarni ta’riflaydilar. Aerodinamika sohasida amaliy tadqiqotlar muayyan amaliy vazifalarni echish nazariyasini yaratish maqsadida olib boriladi. Mazkur tadqiqotlarda qanot nazariyasi, vint nazariyasi, samolyot dinamikasi, aerodinamik vibrasiyalar nazariyasi va hokazolar rivojlantiriladi. Nihoyat, tadqiqotchilik ishlanmalari konkret uchish apparatlarining loyihalarini yaratishda qo‘yiladigan texnik vazifalarni echishga qaratilgan tadqiqotlarni o‘tkazish bilan bog‘liqdir. Bunda aerodinamikaning o‘zidangina emas, balki fanning boshqa sohalaridan ham ma’lumotlarni keng jalb qilishga to‘g‘ri keladi (masalan, kimyodan – berilgan xossalarga ega bo‘lgan alohida sun’iy materiallarni ishlatish zaruriyati tug‘ilganida).
Innovasion tadqiqotlar muayyan sohada mavjud bilimlarga tayanib ishlab chiqarish uchun foydali yangi ishlanmani ixtiro qilishni nazarda tutadi
YOshlar ilmiy tadqiqot loyihalari bu nisbatan yangi yo‘nalish bo‘lib, unda yosh olimlarning fundamental va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy izlanish natijalari o‘z ifodasini topadi.
O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tgan dastlabki yillardayoq olimlarning ijodiy izlanishlari uchun sharoit yaratildi. Barcha tipdagi ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha tanlovlar e’lon qilinib, ularning nazorati “Fan va texnologiyalarni muvofiqlashtiruvchi Davlat qo‘mitasida”tashkil qilingan.
Fundamental, amaliy tadqiqotlar va tadqiqotchilik ishlanmalari o‘rtasida aniq chegara mavjud emas, ular ko‘pincha bir-biri bilan bog‘lanadi. Tadqiqotchilik ishlanmalari turli xil loyiha-konstruktorlik ishlari sohasiga fanni bevosita kiritadi. Bu soha fan sohasi bilan qisman kesishadi va qisman uning chegarasidan chetga chiqib, tajriba namunalarini yaratish va sinovdan o‘tkazish, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va undan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish va o‘zlashtirish bilan bog‘liq amaliy ishlarni ham o‘z ichiga oladi. O‘z navbatida, mazkur ishlar yakunlovchi bosqichlarda ishlab chiqarish sohasi bilan tutashadi. Bunda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish zaruriyati loyiha-konstruktorlik ishlari jarayonida ham, ishlab chiqarish jarayonida ham (ayniqsa ishlab chiqarilayotgan mahsulotni va uni tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish munosabati bilan) yuzaga kelishi mumkin.
Fan va amaliyot o‘rtasidagi chegara omonat va harakatchandir. Hozirgi davr sharoitlarida amaliyot o‘zining deyarli har bir qadamida fanga tayanadi. Ayni shu sababli, bir tomondan, amaliy faoliyatning ilmiy asoslarini ishlab chiquvchi tadqiqotchilar, boshqa tomondan esa – tegishli ilmiy bilimlarga ega bo‘lgan va ulardan o‘z mehnatida foydalana oladigan yuqori malakali amaliy xodimlar talab etiladi.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin