O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti


V. Fan o’qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə7/179
tarix23.08.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#140231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   179
ITM UMK (2)

V. Fan o’qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar):
“Ilmiu tadqiqot metodologiyasi” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:

  • fan dasturi bo’yicha chuqur amaliy va nazariy bilimlarga ega bo’lishi;

  • Fanning tushuncha kategoriyalari tizimi va metodologiyasini bilish, tadqiqot samaradorligini oshirish, tadqiqot jarayonini tavsiflash va ta’riflash, empirik va nazariy tadqiqot usullarini o‘rganishi, iqtisodiy, ijtimoiy soha ob’ektlarini tadqiq etish modellari, tadqiqot natijalarini ishlab chiqish usullari, ularni asoslash va bayon etish haqida tasavvurga ega bo‘lishi;

  • ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar holatini tadqiq etish, axborot to‘plash va tahlil qilish, ilmiy echimlar bo‘yicha xulosa va takliflarni shakllantirish, adabiyotlarni o‘qish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda fundamental, nazariy hamda metodologik masalalarni o‘rganish va tadqiqot qilish tajribasiga ega bo‘lishi, ilmiy tadqiqot olib borishning metodologik asoslari, ilmiy ijod qilishning zaruriy ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlari, qonuniyatlari va mexanizmlari, ilmiy tadqiqotning mantiqiy tuzilmasi, ilmiy yo‘nalish va mavzu tanlash, ilmiy axborot, fakt va ma’lumotlar bilan ishlash, konspekt qilish va materiallarni tanlash va qayta ishlashni bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ilmiy-tadqiqot jarayonlarini tashkil etish va olib borish; jarayonlarni tahlil qilish va xulosa chiqarish; muammolarni hal etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash, guruhlash, tahlil etish va ulardan foydalanish, shuningdek, mamlakatni demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini qurish bo’yicha o’ziining erkin fikrini bildira olish; mamlakatimizda erishilayotgan yutuqlar va ularning xalqaro miqyosda e’tirof etilishini tahlil qilish va egallangan bilimlarini hamda olingan natijalarni amaliyotga tatbiq qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

4.


Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin