O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə26/179
tarix23.08.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#140231
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   179
ITM UMK (2)

5. Fan bilishning maxsus shakli.
Fanlar tasnifiga oid qarashlar tarixi. Fanlar tasnifi to‘g‘risida so‘z yuritganda F.Bekon (1561-1626) o‘zining «Fanlar fazilati va ularni o‘stirish haqida»1 deb nomlangan mashhur asarida ilmiy bilimlarning keng manzarasini yaratgan, fanlarning ahil oilasiga poeziyani ham kiritgan. Bekon taklif qilgan fanlar tasnifi zamirida inson jonining asosiy qobiliyatlari: xotira, tasavvur va tafakkur yotadi. Shu sababli tasnif quyidagi ko‘rinish kasb etadi: Fanlar tasnifida xotiraga tarix; tasavvurga – poeziya; tafakkurga – falsafa mos keladi.
Tasniflash - oddiy kuzatishdan kelib chiqqan bilishning o‘ziga xos usuli. Biroq u hodisalarning yangi guruhlarini aniqlash yo‘lida bilimning mazmunan boyishiga amalda erishish imkonini beradi.
F.Bekon poeziyaga borliqni u qanday bo‘lsa, shunday emas, balki insonning ongi va emotsiyalariga qarab tasvirlash vositasi sifatida yondashadi. O‘z navbatida, tarix fan hisoblanadi, chunki u amalda yuz bergan ayrim dalillar va voqealarni tavsiflashga da’vogardir. Bekon unga «tabiiy» degan sifatni tirkaydi. Fuqaroviy tarix inson borlig‘i hodisalarini tavsiflashi lozim. Falsafa umumiy bilish bo‘lib, u ham bir necha predmetlarga bo‘linadi.
Gyote davri (XVIII asr oxiri) tabiatshunosligida tabiatning barcha ob’ektlari bir-biri bilan oddiy moddalar, elementlar va minerallardan o‘simliklar va hayvonlar orqali insonga keluvchi ulkan zanjir vositasida bog‘langan deb hisoblangan. Gyote dunyoni shakllarning uzluksiz «metamorfozalari» sifatida tasvirlagan. Tabiat tuzilishining sifat jihatidan har xil bosqichlari haqidagi tasavvurlarni ob’ektiv idealistlar Shelling va Gegel rivojlantirdi. Shelling o‘z oldiga oliy maqsad sari tabiat rivojlanishining barcha bosqichlarini izchil yoritish, ya’ni tabiatni vazifasi ongni yaratishdan iborat bo‘lgan maqsadga muvofiq yaxlitlik sifatida o‘rganish vazifasini qo‘ydi. Gegel qayd etgan tabiat bosqichlari «dunyo ruhi» ijobiy faoliyatining rivojlanishi va tajassumi sifatida talqin qilinuvchi evolyusiyaning turli bosqichlari bilan bog‘landi. Gegelda u mutlaq g‘oya nomini oldi. Gegel mexanik hodisalar kimyoviy hodisalarga (ximizm) va so‘ngra tabiiy hayot (organizm) va amaliyotga o‘tishi to‘g‘risida so‘z yuritdi.
Anri de Sen-Simon (1760-1825) ta’limoti fanlar tasnifining shakllanish yo‘lida tashlangan muhim qadam bo‘ldi. O‘z davri fanining rivojlanish natijalarini tahlil qilar ekan, Sen-Simon aql o‘z fikrlarini kuzatiluvchi va muhokama qilinuvchi dalillarda asoslashga harakat qilishini qayd etadi. U (aql) empirizmning pozitiv poydevorida astronomiya va fizikani o‘zgartirdi. Ayrim fanlar umumiy fan – falsafaning elementlaridir. Ayrim fanlar pozitiv xususiyat kasb etgach, falsafa yarim pozitiv bo‘lib qoldi, barcha ayrim fanlar mutlaqo pozitiv xususiyat kasb etgach, falsafa pozitiv fanga aylanadi. Bu fiziologiya va psixologiya kuzatiluvchi va muhokama qilinuvchi dalillarga asoslana boshlagach yuz beradi, chunki yo astronomik, yo kimyoviy, yo fiziologik, yo psixologik bo‘lmagan hodisalar va jarayonlar mavjud emas. Sen-Simon o‘z naturfalsafasi doirasida tabiat va jamiyatning barcha hodisalarini boshqaruvchi universal qonunlarni izlab topish, tabiiy ilmiy fanlarning usullarini ijtimoiy hodisalar sohasiga ko‘chirishga harakat qildi. U tabiiy dunyoni yumshoq materiyaga tenglashtirdi va insonni uyushqoq yumshoq jism sifatida tasavvur qildi. Tabiat va jamiyat rivojlanishini qattiq va yumshoq materiyaning doimiy kurashi sifatida talqin qilib, umumiyning butun bilan rang-barang aloqalarini qayd etdi1.
Ogyust Kont insoniyat intellektual evolyusiyasining uch bosqichi qonunini fanlar tasnifini yaratish uchun asos qilib olishni taklif qiladi. Uning fikricha, tasnif ikki asosiy shart – dogmatik va tarixiy shartlarni qanoatlantirishi lozim. Birinchi shart fanlarni ularning izchil bog‘lanishiga qarab shunday joylashtirishdan iboratki, har biri o‘zidan oldingi fanga tayansin va keyingi fanga zamin hozirlasin. Ikkinchi shart fanlarni ularning amalda rivojlanish jarayoniga mos ravishda, eng qadimgi fanlardan yangiroq fanlarga qarab joylashtirishni talab qiladi.
Turli fanlar o‘rganiluvchi hodisalarning tabiatiga qarab yoki ularning pasayib boruvchi umumiylik va mustaqillik darajasiga ko‘ra yoki murakkablik darajasining o‘sib borishiga ko‘ra taqsimlanadi. Fanlarning bunday joylashuvidan murakkabroq, shuningdek yuksakroq va to‘laroq xulosalar kelib chiqadi. Fanlar ierarxiyasida abstraktlikning kamayish va murakkablikning ortish darajasi muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday nazariy tizimning pirovard maqsadi insoniyatdir. Fanlar ierarxiyasi quyidagi ko‘rinishga ega: matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya va sotsiologiya. Ularning birinchisi har qanday ijobiy falsafaning birdan-bir asosiy maqsadi hisoblanuvchi oxirgisining tayanch nuqtasidir.
Ierarxiyaviy formuladan foydalanishni engillashtirish uchun atamalarni juft-juft qilib guruhlash qulaydir. Bunda uch juftlik hosil bo‘ladi: dastlabki juftlik – matematika va astronomiya; pirovard juftlik – biologiya va sotsiologiya; oraliq juftlik – fizika va kimyo. Bundan tashqari, har bir juftlik guruhlanuvchi fanlarning tabiiy o‘xshashligini ko‘rsatadi, ularning sun’iy ajratilishi esa, o‘z navbatida, ayrim qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Bu biologiyani sotsiologiyadan ajratishda ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ladi.
O.Kont taklif qilgan tasnif zamirida oddiydan murakkabga, abstraktdan muayyanga, qadimgidan yangiga sari harakat tamoyillari yotadi. Garchi murakkabroq fanlar soddaroq fanlarga asoslansa-da, bu oliyning quyiga reduksiyasini anglatmaydi. Kont tasnifida mantiq va psixologiya kabi fanlar mavjud emas, chunki mantiq, uning fikricha, matematikaning qismi hisoblanadi, psixologiya esa, qisman biologiyaning, qisman – sotsiologiyaning bo‘lagidir.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin