O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə28/179
tarix23.08.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#140231
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   179
ITM UMK (2)

Hozirgi vaqtda ijtimoiy, texnikaviy va tabiiy fanlardan tashqari fundamental va amaliy, nazariy va eksperimental fanlar ham farqlanadi. Bugungi kunda ilmiy yo‘nalishlar o‘zining keng rang-barangligi bilan namoyon bo‘lmoqda va ixtisoslashuvni hisobga olib, shuningdek turli fanlararo sohalarda rivojlanmoqda. Ilmiy bilim haqiqatni ongli ravishda izlash shakli sifatida juda rang-barang bo‘lib, bu erda dalilual va gipotetik, eksperimental va nazariy, tasnifiy va konseptual, matematik va tabiiy ilmiy bilimlarni farqlash mumkin. Katta fan, fanning qat’iy o‘zagi, old marradagi fan to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Biroq barcha ilmiy bilimlar ma’lum standartlarga muvofiq va aniq zaminga ega bo‘lishi lozim.
Fanda foydalaniladigan bilish me’yorlari va vositalari sifatida odatda quyidagilar qayd etiladi:
mazkur davrga xos bo‘lgan va o‘rganilayotgan sohaning xususiyatiga tatbiqan muayyanlashtiriladigan-
bilish me’yorlari va ideallari;
dunyoning ilmiy manzarasi;
falsafiy asoslari.
Ayni vaqtda, rivojlanishning kumulyativ modeli matematik bilimlar uchun o‘rinli va samaralidir, zotan ular ziddiyatsiz o‘sish va kengayishga intiladi. Tabiiy ilmiy bilimlarning butun majmui ilmiy inqiloblar ta’sirini boshdan kechiradi va rivojlanishning kumulyativ modeli – bilimlarni jamg‘arish va jamg‘arilgan bilimlarni saqlashga javob bera olmaydi. Ilmiy inqiloblar natijasida dunyoning manzarasi tubdan o‘zgaradi. Mavjud qonunlar va tushuntirish modellari rad etiladi. Bu ob’ektivlik muammosiga zarba beradi, kuzatishni nazariy jihatdan boyitish masalasining ahamiyatini oshiradi.
Texnika fanlari. G‘arb fan falsafasida texnika fanlari tahlili alohida yo‘nalish sifatida ajralib chiqqaniga hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Charlz Snou o‘z vaqtida shunday deb qayd etgan edi: «Sof fan sohasida ishlaydigan odamlarda muhandislar va texniklar haqida butunlay noto‘g‘ri fikr shakllangan. Nimaiki fandan amalda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lsa, barchasi mutlaqo qiziqarsizdek bo‘lib tuyuladi. Ular muhandislikning ko‘pgina vazifalari aniqlik va izchillik jihatidan o‘zlari ustida ish olib borayotgan vazifalardan kam emasligi, bu vazifalarning echimi eng talabchan olimni ham qanoatlantirishi mumkinligini tasavvur qilishga qodir emaslar»3.
Texnika fanlari doim ham munosib baholanmagan. XIX asrgacha tadqiqot, loyiha va uni amalga tatbiq etish o‘rtasida 150 yilga yaqin vaqt o‘tgan. Garchi oliy texnika o‘quv yurtlari (masalan, Parijdagi Politexnika maktabi) XVII asrdayoq yuzaga kelgan bo‘lsa-da, Ya.Bekman taklif qilgan texnika jarayonlarining rivojlanishiga yo‘l ko‘rsatuvchi umumiy texnologiya dasturi olimlar e’tiboridan chetda qolib keldi.
Faqat XIX asr oxirida, professional muhandislik faoliyati ilmiy hamjamiyat shakl-shamoyiliga ko‘ra tashkil etilganidan keyingina texnika fanlarining o‘ziga xos jihatlarini anglab etish uchun imkoniyat yaratildi. Biroq olimlar klassik tabiiy fan va texnika fanlari o‘rtasida yuzaga keluvchi qarama-qarshilikni qayd etar edilar. Bular klassik fan vakili sanalgan olim ko‘proq moyil bo‘lgan sxemalar va tuzilmalarning mavhumligi va analitikligi hamda texnolog ish olib borgan real ob’ektlarning tor ixtisoslashganligi. Texnika fanlarini o‘rganish bilan bog‘liq yo‘nalish asosan an’anaviy muammolar, chunonchi: texnikaning mohiyatini o‘rganish, texnika fanlarining o‘ziga xos jihatlarini tadqiq etish, texnika va tabiatshunoslikning o‘zaro nisbati, fan-texnika taraqqiyotini baholashdan iborat edi. Texnika falsafasining otasi Fridrix Rapp bu yo‘nalishdagi tadqiqotlarning natijalarini ancha tanqidiy baholadi1. Uning fikricha, o‘n tadqiqotdan faqat bittasini professionallik darajasi yuqori bo‘lgan tadqiqotlar qatoriga kiritish mumkin edi.
Texnika fanlari ikki tarmoqqa: texnikada yuz berayotgan jarayonlarni tavsiflashga qaratilgan deskriptiv tarmoq va u o‘z faoliyatida rioya qilishi lozim bo‘lgan qoidalarni ta’riflovchi normativ tarmoqqa bo‘linadi. Biroq texnika fanlari asoslarini metodologik tahlil qilishning teranlik darajasi uncha yuqori emas. Olimlar fikriga ko‘ra, bu jabhaga uni anglash shakllarining «oqsashi» xos. Ayni vaqtda, texnika fanlari va muhandislik faoliyati tabiiylik va sun’iylik dunyolarining o‘zaro aloqasi muammosining ahamiyati va ko‘lamini hisobga oluvchi aniq mo‘ljallarga muhtoj.
Texnika fanlarida yangi va o‘ziga xos narsani yaratish sifatidagi ixtironi va mavjud narsani o‘zgartirish sifatidagi takomillashtirishni farqlash odat tusini olgan. Insonning bunyodkorlik qobiliyatlari tayyor tabiiy mahsulotlarni o‘zlashtirishdan moslashtirishning ko‘proq samaradorligiga erishish maqsadida ularni takomillashtirish sari rivojlanib borgan. Sun’iy yashash muhiti, aniqrog‘i, uning ba’zi bir elementlarining yaratilishi tabiat tayyor holda ega bo‘lmagan narsalar ixtiro qilinganini anglatar edi. Tayyor mehnat qurollari va faoliyat vositalaridan foydalanishni tiriklik dunyosidagi universal faollik bilan taqqoslash mumkin bo‘lsa, ixtiro alohida maqomga da’vogarlik qiladi. U erkinlik darajalarining rang-barangligiga tayanadi va «har qanday turdagi mezon bo‘yicha» amalga oshirilishi mumkin. Ba’zan ixtiroda tabiatga taqlid, imitatsion modellashtirishga urinish kuzatiladi. Masalan, silindrsimon qobiq - texnika va kundalik hayotda turli maqsadlarda foydalaniladigan keng tarqalgan shakl – o‘simliklar dunyosidagi ko‘p sonli ob’ektlarning universal tuzilishi. Shox – uning eng mukammal modeli. Konstruksiyalarni qobiq bilan o‘rash echimi aynan jonli tabiatdan olingan. Pnevmatik qurilmalar ham juda katta rol o‘ynaydi. Ular insonga ilk bor erning tortishish kuchini engish, havoda uchishga imkoniyat yaratishga yordam berdi. Ularning g‘oyasi ham tabiatdan olingan, chunki pnevmatik konstruksiyalarning eng barkamol andozalaridan biri biologik hujayradir. Ayrim mevalar va urug‘lar tabiatda o‘ziga xos «parashyutchalar», «elkan» yoki qanotli o‘simta yordamida tarqalishga moslashgan. Tabiiy moslashishning mazkur usullari bilan insoniyat sivilizatsiyasining elkan, parashyut, qanot modellaridan foydalanuvchi mahsullari o‘rtasida o‘xshashlikni ko‘rish qiyin emas. Texnolog o‘z g‘oyalari to‘g‘riligining tasdig‘ini tabiatdan izlaydi.
Bunday ixtirolarni yaratishda olim tabiiy laboratoriya sirlaridan, uning echimlari va topilmalaridan foydalanadi. Biroq ixtiro – bu o‘xshashi yo‘q, yangi narsani yaratish hamdir. Tadqiqotchilar bunday ixtiro jarayonini besh bosqichga ajratadilar. Birinchi bosqich konseptual modelni yaratish, maqsadlar va chegaralarni belgilash bilan bog‘liq. Ikkinchi bosqichda vositalar va tamoyillar tanlanadi. Uchinchi bosqichda berilgan fizik harakat tamoyilida u yoki bu oqilona echimni tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu erda eng maqsadga muvofiq uyg‘unlik topilgunga qadar elementlar va texnologik ko‘rsatkichlarning variantlari bilan ishlanadi. To‘rtinchi bosqich berilgan texnik echim ko‘rsatkichlarining optimal qiymatlarini aniqlashni o‘z ichiga oladi. Beshinchi bosqich yaratiluvchi tuzilmalarni loyihada belgilar yordamida aks ettirish va so‘ngra ularni moddiylashtirishni nazarda tutadi1.
Biroq texnika fanlari shu darajada har xil va rang-barangki, ularni yagona oilaga birlashtirish uchun asoslarni izlash jiddiy muammoga aylanadi. Har xil tizimli-texnikaviy bilimlarni birlashtirish mexanizmi sifatida N.Abramova kristallning o‘sish modelini taklif qiladi. Bu erda oziqlanish muhitining negizi va tuzilishi o‘rtasida muvofiqlikni saqlash bosh shart hisoblanadi. Negiz sifatida mehnat faoliyati tushuniladi, oziqlanish muhiti sifatida esa mehnat gigienasi, axborot nazariyasi kabi fanlarning tamoyillari va tushunchalari amal qiladi.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin