O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti


Ilmiy oqilonalikning noklassik va postnoklassik qiyofasi



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə79/179
tarix23.08.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#140231
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   179
ITM UMK (2)

Ilmiy oqilonalikning noklassik va postnoklassik qiyofasi. Noklassik ilmiy oqilonalik ob’ektning tabiati bilan uni tadqiq qilish vositalari va usullarining o‘zaro nisbatini e’tiborga oladi. Barcha ta’sirlarni, bilishga ko‘maklashuvchi omillar va vositalarni istisno etish emas, balki ularning roli va ta’sirini aniqlash haqiqatning tagiga etishning muhim shartiga aylanadi.
Oqilona ongning barcha shakllariga borliqqa mumkin qadar ko‘proq e’tibor berish xos. Agar dunyoning klassik manzarasi nuqtai nazaridan oqilonalikning predmetliligi deganda avvalambor ob’ektning predmetliligi tushunilsa, noklassik oqilonalikning predmetliligi deganda insonning o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan borliqqa nisbatan plastik, jo‘shqin munosabati tushuniladi. Birinchi holda biz borliqning predmetliligiga, ikkinchi holda esa – shakllanishning predmetliligiga duch kelamiz. Vazifa – ularni birlashtirish.
Oqilonalikning postnoklassik qiyofasida, oqilonalik nafaqat mantiqiy-metodologik standartlarni, balki insonning oqilona, izchil harakatlari va xulq-atvorini tahlildan o‘tkazishni ham o‘z ichiga oladi. Fanda yuzaga kelgan plyuralizm g‘oyasi oqilonalikni alohida paradigmalarning texnologiyalariga singdirib yuboradi. P.Gaydenko ta’biri bilan aytganda, bir tafakkur o‘rnida oqilonalikning ko‘plab turlari vujudga keladi. Bir qancha mualliflarning fikriga ko‘ra, oqilonalik rivojlanishining postnoklassik bosqichi bilim nafaqat bilish vositalari, balki faoliyatning qadriyat va maqsadlari bilan ham o‘zaro nisbatlashganligi bilan tavsiflanadi.
Oqilonalikning yangi postnoklassik tipi yangi tushunchalar: chiziqsizlik, qaytmaslik, nomuvoziylik, tartibsizlik va boshqa tushunchalardan faol foydalanadi. Bu metodologik mo‘ljallarni asrning yangi imperativlari deb nomlash ham mumkin.
Yangi oqilonalikning cheksizligi monologizmdan voz kechilishi va polifundamentalizm, inversiyalilik, tizimlarning ochiqligi, ularni tavsiflashning tarmoqli grafigini tasdiqlovchi ko‘p sonli raqobatdosh yondashuvlarning tan olinishi reduksionizm, elementarizm, chiziqlilik tamoyillarining inkor etilishi bilan bir vaqtda yuz beradi. Bularning barchasi hozirgi ilmiy oqilonalikni cheksiz va sertarmoq qilib qo‘yadi. «Oqilonalik» tushunchasining yangi, kengaytirilgan hajmiga intuitsiya, noaniqlik, evristika hamda klassik rasionalizm uchun an’anaviy bo‘lmagan boshqa pragmatik xususiyatlar, masalan, foyda, qulaylik, samaradorlik kiritilgan. YAngi oqilonalikda ob’ekt sohasi unga «sun’iy intellekt», «virtual voqelik», «kiborg-munosabatlar» singari tizimlar kiritilishi hisobiga kengayadi. Ob’ekt sohasining tubdan kengayishi uning tubdan «insoniylashuvi» bilan muvoziy tarzda kechadi. Inson dunyoning manzarasiga uning faol ishtirokchisi sifatidagina emas, balki tizim hosil qiluvchi tamoyil sifatida ham kiradi. Bu insonning tafakkuri ob’ektning predmetli mazmuni bilan qo‘shilib ketishini bildiradi. SHuning uchun ham postnoklassik oqilonalik – sub’ektivlik va ob’ektivlikning birligi demak. U ijtimoiy-madaniy mazmun ham kasb etadi. Sub’ekt va ob’ekt tushunchalari elementlari faqat bir-biri va butun tizim bilan bog‘liqlikda ma’noga ega bo‘ladigan tizimni hosil qiladi. Mazkur tizimda qadimiyat davridayoq ilgari surilgan inson va dunyoning ma’naviy birligi g‘oyasini ko‘rish mumkin.
Hozirgi zamon olimi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlaridan qat’iy nazar olingan natijalarni qayd etish va tahlil qilishga, shu jumladan bu natijalar dastlabki maqsadga qaraganda boyroq bo‘lishi mumkinligiga ham tayyor turishi lozim.
Borliqning hozirgi qiyofasi fan paradigmasida yuz bergan o‘zgarishlarni tasdiqlaydi, olamni ko‘rishning yangicha usulini belgilaydi va dunyoning hozirgi postnoklassik manzarasining muhim elementi hisoblanadi.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin