(Natriy para-toluolsulfat)
Laboratoriya ishidan maqsad: Ushbu laboratoriya ishida talabalar, sulfokislotalar tuzilishi nomlanishi, olinishi va kimyoviy xossalaridan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun laboratoriya sharoitida n-toluolsulfokislotaning natriyli tuzi sintezini tajriba orqali ko‘radilar va shu amaliy ish davomida o‘zlarining bilim hamda ko‘nikmalarini oshirishiradilar.
Kerakli reaktivlar: Тoluol 2,8 g, sulfat kislota (kons.) 1.9 ml, natriy xlorid 24 ml (to‘yingan eritma).
J ihozlar: Sig‘imi 200 ml bo‘lgan, qaytar sovitgich, plita, stakоn, Byuxner voronkasi.
Ishni bajarish tartibi: Sig‘imi 200 ml bo‘lgan va qaytar sovitgich bilan birlashtirilgan yumoloq tubli kolbaga toluol va sulfat kislota solib suyuqlikning bir tekisda qaynashini taminlash uchun bir necha sopol parchalari solinadi, so‘ngra uni plita ustida extiyotlik bilan qaynaguncha qizdiriladi. Kolbadagi suyuqlik doimo aralashtirilib turilishi kerak. Toluol qaynashi bilan qizdirishni pasaytirish kerak.
15-rasm
Har 2-3 minutda suyuqlik qavatlarini bir-biri bilan yaxshigina aralashtirish lozim 1 soat o‘tgandan keyin toluolning moysimon qavati eritma sirtida deyarli qolmaydi; shu vaqtda qaytar sovutgichdan kondensat tushishi ham to‘xtaydi. Reaksiya nihoyasiga yetgach, issiq holatdagi reaksion aralashma 10 ml suvi bor stakanga solinadi. Agar reaksion aralashma kristallana boshlasa, uni biroz qizdirishga to‘g‘ri keladi. Kislotani oz-ozdan 1,5 g natriy bikarbonat qo‘shilib eritmani neytrallanadi. So‘ngra eritmani aralashtirgan va qaynatgan holda uning ustiga 4,0 g natriy xlorid solinadi (kerak bo‘lsa, tuz batamom erib ketishi uchun suv ham qo‘shiladi).
Eritmani filtrlab, muzli suv bilan sovitib, natriy toluolsulfokislota kristallarini Byuxner voronkasida filtrlanadi, idish devorlarida qolgan kristallarni filtrat bilan yuvib tushiriladi. Cho‘kma filtrda siqib suyuqlikdan ajratiladi, uni natriy xloridning 2,0 ml to‘yingan eritmasi bilan yuviladi. Natriy para-toluolsulfat kislotaning natriy xlorid qo‘shimchasi bilan birgalikdagi unumi 1,7 g ni tashkil etadi.
n-toluolsulfokislota toluolni sulfat kislota bilan qizdirib sulfolash orqali hosil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |