Ishni bajarish tartibi: Xajmi 100-150 ml bo‘lgan yumaloq tubli kolbaga 20 g anilin, 30 g muz-sirka kislotasi quyib, qaytarma sovitgich o‘rnating. Aralashmani 2.5-3 soatcha qizdiring. Qizdirishni aralashmadan olgan namuna, tashqarida sovitilganda qotib qoladigan darajaga borguncha qizdiring. Qaynoq aralashmani 500 ml issiq suvga quying. Eritmaga 2-2.5 g pista ko‘mir qo‘shib, bir necha (3 minut) qaynating, isiiq xolatda nutch filtiridan o‘tkazing. Eritma sovigach, undan atsetanilid kristallari ajraladi. Kristallarni nutch-filltri yordamida ajrating, yuving (toza sovuq suv bilan) va quriting. Toza atsetanilid rangsiz rombik yaproqcha shaklida kristallanadi Tsuyuq= 1140S, d420= 1,0261, Tqayn.= 1140S