Koʻrsatkichlar (mlrd soʻm)
|
Yillar
|
2013
|
2014
|
2015
|
2016
|
2017
|
1
|
Yalpi hududiy mahsulotlar
|
5603.5
|
6587.3
|
7575.8
|
8981.4
|
10541.8
|
2
|
Sanoat mahsulotlari
|
5394.3
|
6656.9
|
8238.9
|
9286.9
|
10682.4
|
3
|
Iste`mol tovarlari
|
412
|
755.0
|
1112.2
|
1768.6
|
2143.2
|
4
|
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari
|
1332.4
|
1780.4
|
1804.1
|
2081.9
|
2330.2
|
5
|
Asosiy kapitalga investitsiyalar
|
1559.7
|
1622.7
|
1653.0
|
1690.7
|
2839.1
|
6
|
Ish bilan band boʻlganlar soni (ming kishi)
|
418.5
|
419.6
|
420.6
|
421.2
|
421.8
|
7
|
Erkin iqtisodiy zona ichida ochilgan korxonalar soni
|
12
|
14
|
17
|
21
|
24
|
2.1-jadval ma`lumotlari koʻrsatishicha, viloyatda yaratilgan YaHM 2017-yilda 10541,8 mlrd.soʻmni tashkil etib, 2016-yilga nisbatan 5,9 foizga koʻpaydi.Asosiy kapitalga investitsiyalar koʻrsatkichi esa 2017-yilda 2839,1 mlrd.soʻm bu 2015-yilga nisbatan 46,7 foizga oshgan. Ish bilan bandlik koʻrsatkichi ham oʻsish tendensiyasiga ega.
Lekin oʻtgan 8 yil mobaynida bu yerda atigi 24 ta loyiha amalga oshirilganligi, ularda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ulushi juda past va atigi 900 ta odam ishga joylashtirilganligini koʻrish mumkin. Oʻtgan yili esa mahsulot ishlab chiqarish hajmi 24 foizga pasaygan. Jumladan, “Oʻzbektelecom” va Singapurning “Servetechno Pte. Ltd” kompaniyalari bilan hamkorlikda tuzilgan “Telecom Innovation” qoʻshma korxonasi tashkil etilgan. Ushbu loyihaning qiymati 1,6 mln. AQSH dollarini tshkil etadi. U yerda raqamli televideniya uchun yillik quvvati 50 ming dona boʻlgan tyunerlar ishlab chiqariladi.Ayni vaqtda ushbu korxona 30 dan ziyod yosh kollej bitiruvchilar bilan faoliyat yuritmoqda26.
“Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi tomonidan polietilen va polipropilen quvurlarni ishlab chiqaruvchi 2 ta zavod mavjud boʻlib, u “Polietilen quvurlari” ishlab chiqariladi. Loyihaning umumiy qiymati 7,2mln dollar ni tashkil etadi. Korxona ishlab chiqarish hajmi ya`ni uning yillik eksport hajmi 6 mln AQSH dollaridan koʻproqni tashkil etadi. Bu korxonada hozirgi kunda 80 ga yaqin ishchi faoliyat yuritadi. Ikkinchi zavod “Polipropilen quvurlari” zavodi boʻlib, ushbu loyihaning qiymati 5,2 mln. AQSH dollariga teng, tayyor mahsulotning 50 foizi eksport qilish uchun moʻljallangan. Zavod 50 dan ortiq yosh mutaxassislarni ish bilan ta`minlagan27.
“UzEraeCabele” qoʻshma korxona “Oʻzavtosanoat” AK va Erae cs Ltd” (Korea Respublikasi) bilan birgalikda tuzilgan. Loyihaning umumiy qiymati 13 mln. AQSH dollarini tashkil qiladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotning asosiy iste`molchisi “GM Uzbekistan” uchun avtomobil sim oʻramlarini ishlab chiqaruvchi “Oʻzkodji” qoʻshma korxonasidir. Bundan tashqari, ishlab chiqarilgan mahsulotining 20 foizi “General Motors” ning xorijiy korxonalariga eksport qilinishiga moʻljallangan28
“AgroFresh” korxonasi “Navoiy” erkin industrial zonasida birinchilardan boʻlib ochilgan qoʻshma korxonalar sirasiga kiradi. Ushbu yangi korxona “Markazsanoateksport” GAVK va Birlashgan Arab Amirliklarining “Kefayat General Trading Co” kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi. Qoʻshma korxona 3000 tonna meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash imkonini beradigan, harorat gaz orqali boshqariladigan, Italiyaning muzlatish uskunalari bilan jihozlangan. Loyihaning umumiy qiymati 5,03 million dollarni tashkil etadi. Bu yerda yigirmadan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi. Korxona mahsulotining qariyb 50 foizi eksportga chiqariladi.
“HPC SYSTEMS” MCHJ - “Navoiy erkin iqtisodiy zonasida 400 kV gacha boʻlgan tikilgan polietillen izolyatsiyali kuchlanish kabellarini ishlab chiqarishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi investitsion loyihaga asosan 2012-yilda «HPC Systems» MChJ qoʻshma korxonasi tashkil etildi. Qoʻshma korxonaning Ustav fondi 18,8 mln.doll., tashkil etib, OKMK(Olmaliq kon metallurgiya kombinati)ning ulushi (50%), “Oʻzkabel” AJ qoʻshma korxonasi (25%) va “Gulf Cable Trading Company” (XHR) (25%)dan iborat boʻldi. «HPC Systems» MChJ Oʻzbekiston Respublikasi, Navoiy shahri, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan. Korxonaning qulay joyda joylashganligi, rivojlangan transport infrastrukturasi, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasidagi soliq va bojxona rejimlari kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish uchun qulay imkoniyat, shart-sharoitlarni ta`minlaydi.29
«HPC Systems» MChJ - Osiyo mintaqasi va MDHdagi eng zamonaviy kabel zavodi hisoblanadi. Korxona eng zamonaviy yevropaning jumladan: «Maillefer Extrusion Oy» (Finlandiya), «Pourtier» (Fransiya), «Sikora» (Germaniya), «Elof» (Shvetsiya), «Kabmak» (Turkiya) va boshqa davlatlarning texnologik va sinov uskunalari bilan jihozlangan. Sinov uskunalarining oʻzi 1,5 mln. dollarni tashkil etadi, umuman olganda uskuna, jihozlar uchun investitsiyalar 10,5 mln dolllardan oshdi, qurilish esa 32 mlrd. soʻmni tashkil qildi.
“Hayat Power Cable Systems” Qoʻshma korxonasi MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan kabellar va simlar jahonning eng ilgʻor analoglariga muvofiq boʻlgan holda, avallari respublikamizda ishlab chiqarilmagan, masalan 110 kV kuchlanishlar uchun mis kabellari (kabellar Niderlandiya qirolligi davlatida sertifikatlashtirish sinovlaridan oʻtkazilishga tayyorlanmoqda), uch tomirli ijrodagi misli yuqori kuchlanishli zirhlangan kabellar (kabellar Turkmanistonga eksport qilingan), yonmaydigan ijrodagi 630 kV.mm gacha boʻlgan yuqori voltli kuchlanish mis kabellari (Toshkent IES modernizatsiyalash obyektlariga eksport shartnomalari asosida yetkazib berildi).Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport hajmi 2016-yilda 12,2 mlrd.soʻm (ekv.da 4,76 mln.doll) ni tashkil qildi. 2017-yilning 6 oyi davomida 37,8 mlrd. 45 soʻmlik (ekvda 12,9 mln doll) mahsulot ishlab chiqarildi, bunda eksport hajmi 9,6 mln. dollar, eksport ulushi 74,6% ni tashkil etdi.
Ta`kidlash joizki, yuqorida sanab oʻtilgan barcha ishlab chiqarish korxonalari zamonaviy, yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan boʻlib, jahon bozorida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi.
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi 2008-yilning dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan zamonaviy yuqori texnologiyali korxonalarni ishga tushirish, sanoat salohiyati, ishlab chiqarish, transport va 46 ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda xorijiy, eng avvalo toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida tashkil etilgan.“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi korxonalarning asosiy faoliyati etib quyidagi yoʻnalishlar belgilangan: avtomobilsozlik, aniq mashinasozlik, elektronika va elektr texnikasi, farmatsevtika va tibbiyot buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, plastmassalarni qayta ishlashga zamonaviy, yuqori samarali uskunalar, innovatsiya texnologiyalarini joriy qilgan holda, keng turdagi yuqori texnologiyali, eksportga yoʻnaltirilgan, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish.
Ma`lumki, yurtimizda avtomobilsozlik sanoati jadal taraqqiy etmoqda. Natijada iqtisodiy samaradorligi yuqori boʻlgan tabiiy gaz yonilgʻisiga ham talab ortmoqda. Bu esa oʻz navbatida, avtomobillar uchun gaz ballonlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari tashkil etilishiga asos boʻldi. Yaqinda hududda avtomobillar uchun yuqori bosimli gaz balonlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi korxona ishga tushdi. Eng soʻnggi rusumdagi uskunalar bilan jihozlangan mazkur korxonada 55 litrdan 154 litrgacha boʻlgan yuqori bosimli metan gaz balonlari ishlab chiqariladi.
Hozirgi kunda bu yerda 100 nafar kishi ish bilan ta`minlandi. Korxona yiliga 120 ming dona gaz balon ishlab chiqarish quvvatiga ega. Shu paytgacha respublikamizga yuqori bosimli metan gaz balonlari, asosan, xorijdan keltirilardi. Endilikda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulot ichki ehtiyojlarimizni qondirish bilan birga ularni qoʻshni davlatlar, jumladan, Mustaqil davlatlar hamdo`stligi mamlakatlariga ham eksport qilish imkoniyatini berdi. Kelajakda ushbu zavodda nafaqat metan, balki, propan, butan va kislorod gaz balonlari ishlab chiqarish rejalashtirilyapti30.
2017-yilda Jizzax viloyatida yalpi hududiy mahsulotning oʻsish sur`ati 9,6 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 17,8 foizga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari 6,3, qurilish ishlari 11,8, chakana tovar aylanmasi 15,2 foizga oʻsdi.
2016-yilda sanoat sohasini rivojlantirishga doir 304, qishloq xoʻjaligida 696 ta loyiha amalga oshirildi. Tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash va ularning huquqiy manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar samarasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 2017-yilda 80,3 foizni tashkil etdi. Hududiy tasarrufdagi korxonalar tomonidan 38 million dollarlik mahsulotlar va xizmatlar eksporti amalga oshirildi. “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi viloyat sanoatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2016-yilda bu yerda faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar tomonidan 163 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi. Jizzax erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi farmonga muvofiq, soliq va bojxona toʻlovlari uchun belgilangan imtiyozlar hamda xomashyo va butlovchi qismlar boj toʻlovlaridan ozod etilishi “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida ham sanoat ishlab chiqarishini yanada rivojlantirishda muhim omil boʻlmoqda.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 2013-yil 18-martdagi “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasini barpo etish toʻgʻrisida”gi farmoni asosida tashkil etilgan maxsus hududda oʻtgan qisqa muddatda 19ta zamonaviy korxona ishga tushirildi. Iqtisodiy zonaning Jizzax shahridagi hududida 363,7 gektar maydonda 14, Sirdaryo viloyatidagi filialining 150 gektar maydonida 5 loyihani amalga oshirish uchun 91,3 million dollar miqdorida investitsiya sarflandi. Zamonaviy texnologiya asosida barpo etilgan korxonalarda mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratildi. Doimiy ish oʻrniga ega boʻlganlarning 60 foizi kasb-hunar kollejlarini bitirgan yosh mutaxassislardir. 2017-yilda erkin iqtisodiy zonada mahsulot ishlab chiqarish hajmi 255,2 milliard soʻmni, eksport hajmi 11,9 million dollarni tashkil etdi31
Hozirgi kunda hududda avtomobillar va yuk mashinalari uchun tormoz kolodkalari, televizor, konditsioner, muzlatkich, kir yuvish mashinasi, mikro toʻlqinli pech, svetodiodli lampalar, polipropilen iplar, video va IP telefonlar, telekommunikatsiya uskunalari, internet tezligini oshiruvchi butlovchi qismlar kabi turli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda32Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari tomonidan korxonalar qurilishi uchun yer uchastkalarining oʻz vaqtida ajratilishi hamda muhandislik kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun barcha zarur ruxsatnomalar “yagona darcha” tamoyili boʻyicha berilishi tadbirkorlarga katta qulaylik tugʻdirmoqda. Erkin iqtisodiy zona uchun yaratilgan bunday qulaylik va imkoniyatlar, ayniqsa, xitoylik sarmoyadorlarda katta qiziqish uygʻotmoqda. 2017-yil dekabr oyida oʻtkazilgan biznes-forum doirasida xitoylik va jizzaxlik ishbilarmonlar 10ta loyiha boʻyicha oʻzaro kelishuvlarga erishib, memorandumlar imzoladi.
Ayni paytda erkin iqtisodiy zona ma`muriy kengashi xorijiy va mahalliy investorlar bilan dastlabki qiymati 213,3 million dollar boʻlgan 25 loyihani amalga oshirish ustida ish olib bormoqda. Jumladan, 2017 yilning 2-choragida yiliga 24 million kvadrat metr oyna ishlab chiqarish quvvatiga ega “Mingyuan Si Lu Industry” xorijiy korxonasining birinchi navbati ishga tushirilishi rejalashtirilgan edi va bu ishga tushirildi. Xitoylik sarmoyadorlarning 109,7 million dollarlik investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ushbu yangi korxona toʻliq ishga tushirilishi bilan 391 yangi ish oʻrni yaratildi33 Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida telekommunikatsiya sohasida uchta korxona faoliyat boshlamoqda. “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan xitoylik hamkorlar bilan uchta loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Xitoyning “ZTE Corporation” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshgan loyiha zamonaviy uskuna va texnologiyalar bilan jihozlangan qoʻshma korxona boʻlib, 20 ming dona videotelefon hamda shuncha “IP” telefonlar ishlab chiqarish quvvatiga ega. “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar “Oʻzbektelekom”ning yana bir hamkori “Huawei Tech. Investment Co. Ltd” kompaniyasini ham manfaatli sheriklikka undadi. Natijada 2 million AQSH dollari miqdoridagi sarmoya evaziga mas`uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Broadband Solutions” qoʻshma korxonasi tashkil etildi.
Majmuadagi uchinchi ishlab chiqarish tarmogʻi esa “Jiangsu Zhongtian Technology Co. Ltd” kompaniyasi bilan birgalikda 500 ming AQSH dollarlik sarmoya evaziga tashkil etilgan “ZTT Telekom” qoʻshma korxonasidir. Bu yerda optik tolali aloqa tarmoqlarida qoʻllaniladigan uskuna hamda ular uchun aksessuarlarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. 2013 yilda Jizzax erkin iqtisodiy zonasi hududida tashkil etilgan OKMKning ulushi (50%), “Peng Sheng” (Oʻzbekiston QK MCHJ (17%) va “Wenzhou 50 Jinsheng Trade Co, LTD” (XHR) (33%)dan iborat oʻlgan “AWP”MCHJ qoʻshma korxonasi tashkil etilgan
Qoʻshma korxonaning ustav fondi 7,5 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. Qoʻshma korxonaning quvvati turli xildagi 1200,0 ming donadan iborat santexnika mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etadi. Qoʻshma korxonaning asosiy faoliyati sanitar-texnika mahulotlari uchun yuqori texnologiyalar asosida smesitellarni, yopish armaturalari (zulfin)ini ishlab chiqarish, ularga jamlamalarni ishlab chiqargan holda ichki bozor talablarini toʻloqonli qondirish va mahsulotlar eksportini ta`minlashdan iboratdir. «AWP»MChJ Qoʻshma korxonasi santexnika mahsulotlari uchun smetitellar va yopish armaturalari, keng asosortimentdagi smesitellar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi mamlakatimizdagi yagona korxona hisoblanadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotning 2016-yildagi eksport hajmi 12,0 mlrd.soʻm (ekv.da 4,6 mln.doll)ni tashkil qildi. 2017-yilning 6 oyi davomida 20,0 mlrd. soʻm (ekv.da 6,8 mln.doll)tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi, bunda eksport hajmi 4,4 mln. doll. eksport ulushi 66,5% ni tashkil etdi.
“Angren” erkin iqtisodiy zonasining faoliyat yuritish muddati 30 yilni tashkil etadi va bu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin. “Angren” EIZ faoliyat yuritadigan muddat mobaynida uning hududida maxsus soliq tartibi va bojxona imtiyozlari amal qiladi. Respublikada ishlab chiqarilmaydigan, loyihalarni amalga oshirish doirasida “Angren” EIZ hududiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan uskunalar, butlovchi buyumlar va materiallar boj toʻlovlari (bojxona yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etildi. Angren erkin iqtisodiy zonasi asosan “Angren” logistika markazi sifatida tashkil etilgan. Ayni damda bu logistika markazining 49% xorijiy investirlar qoʻlida. Asosan u avtomobil va temir yoʻl yuk tashuvchilari xizmatini koʻrsatishga ixtisoslashgan. “Angren” logistika markazi 2010-yilda Toshkent viloyatidagi temir yoʻl stansiyasi negizida tashkl etilgan.
«KNOW-HOW IN PRODUCTION PROCESS» MChJ qoʻshma korxonasi 2006-yilda tashkil etilgan. Korxonaning asosiy ish faoliyati TS 21407711-01:2015 muvofiq mis kuporasi va tarkibi aniqlab boʻlmaydigan maydaparchali mis kuporasi chuqur qayta ishlash hisoblanadi. Korxona xalqaro standartlar sifatiga mos keladigan mahsulot ishlab chiqaradi va uni dunyo bozorida samarali keng targʻib etmoqda. Qoʻshma korxonaning ustav fondi 1,9 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. Qoʻshma korxonaning ta`sischilariga-xorijiy ishtirokchi tomonidan: «CONTESSA VENTURES LIMITED» kompaniyasi (Buyuk Britaniya)–60%. Oʻzbekiston tomonidan: «Olmaliq KMK»AJ - 40%. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport hajmi 2015-yilda 23,5 mlrd.soʻm (ekv. da 9,1 mln.doll.)ni eksport ulushi 98,8% ni tashkil etdi. Hozirgi kunda “Angren” erkin iqtisodiy zonasida jami 11 korxona faoliyat koʻrsatyapti. Ularda shakar va mis quvurlaridan tashqari, koʻchalar hamda binolar uchun tejamkor yoritkichlar, koʻmir briketlar, zamonaviy qurilish materiallari kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Korxonalarda ish bilan band boʻlganlar soni esa, 1500 kishiga yetib qoldi (2.1-jadval).
2.1-jadval
“Angren” erkin iqtisodiy zonada 2017-2018-yillarda amalga oshirilgan investitsiya loyihasi haqida ma`lumot34
Dostları ilə paylaş: |