2017-yilda Erkin iqtisodiy zonalarning tashqi savdo koʻrsatkichlari
( mlrd AQSH dollari.)40
MIZ
|
Qiymat (mln AQSH doll.)
|
Oʻsish darajasi (%)
|
Savdo aylanmasi
|
Eksport
|
Import
|
Savdo aylanmasi
|
Eksport
|
Import
|
Shenzhen
|
537,36
|
305,72
|
231,64
|
15,1
|
12,7
|
18,5
|
Xiamen
|
84,09
|
52,35
|
31,74
|
12,9
|
15,3
|
18,5
|
Zhuhai
|
54,17
|
26,60
|
27,56
|
18,6
|
23,0
|
14,6
|
Shantou
|
9,23
|
6,60
|
2,63
|
4,9
|
7,1
|
-0,3
|
Hainan
|
14,98
|
3,71
|
11,27
|
4,6
|
18,2
|
0,8
|
Jami
|
699,83
|
394,98
|
304,85
|
14,7
|
13,6
|
16,2
|
2017-yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar Xitoy umumiy eksportining 47,3 % va importining 44,8 %ini tashkil etgan. Ular yuqori texnologiyalar eksportida ham muhim rol oʻynaydi. 2005-2013-yillarda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan yuqori texnologiyalar eksporti 79 %dan 82 %ga koʻtarildi. Xitoyda faoliyat yuritayotgan Erkin iqtisodiy zonalar iqtisodiy rivojlaninshning muhim omillaridan biri boʻlib xizmat qilmoqda.41
2.4-jadval
Dunyo erkin iqtisodiy zonalar yillik YaIM42
Dunyo erkin iqtisodiy zonalar yillik YaIM
|
Davlatlar
|
Zonalar(soni)
|
Export(mlrd AQSH dollarida )
|
Ish bilan band aholi
|
AQSH
|
266
|
20
|
400.000
|
Xitoy
|
190
|
12
|
30.000.000
|
Indoneziya
|
115
|
4.2
|
200.000
|
Flippen
|
100
|
27.0
|
907.000
|
Tailand
|
30
|
4.7
|
120.000
|
Hindiston
|
13
|
1.3
|
87.000
|
Tayvan
|
5
|
6.1
|
90.000
|
Janubiy Koreya
|
3
|
5.0
|
80.000
|
Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlarning tub negizida aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash,ularning ish bilan bandligini ta`minlash,turmush tarzini yaxshilash, sogʻlom iqtisodiyot muhitini shakllantirib sifatli, raqobatbardosh mahsulot va xizmatlarni yaratishdan iboratdir. Buning ijrosini ta`minlash maqsadida yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich tomonlaridan investitsiya muhitini yaxshilash uchun qarorlar qabul qilinmoqda. 2017-yilda Oʻzbekistonda umumiy qiymati 2,534 mlrd dollar boʻlgan 168 ta loyihani yakuniga yetkazish rejalashtirilgan. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning “2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi investitsion dasturi toʻgʻrisida"gi qarorida koʻzda tutilgan hujjatga muvofiq, 2017-yilda umumiy qiymati 1,688 mlrd dollar boʻlgan 83 ta yangi ishlab chiqarish korxonasi qurilishini yakunlash hamda qiymati qariyb 845 mln dollarlik 85 ta loyihani modernizatsiya qilish belgilangan. 2017-yilda tasdiqlangan loyihalarni yakunlash uchun 1,26 mlrd dollarlik mablagʻni oʻzlashtirish rejalashtirilgan. Jumladan, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” 1 mlrd dollardan ziyodroqni tashkil etuvchi 8 ta loyihani amalga oshiradi. Temir yoʻl kompaniyasi Buxoro-Miskin temir yoʻli qurilishining birinchi bosqichini yakunlash, Qarshi-Termiz uchastkasini elektrlashtirish, shuningdek Ispaniyadan ikki dona Talgo tezyurar poyezdini xarid qilishni rejalashtirdi. “Oʻzbekneftgaz” qiymati 281,5 mln dollarlik 11 ta loyihani amalga oshirishi lozim. Geologik razvedka ishlari uchun yuqori texnologiyali uskunalarni sotib olish kutilmoqda. “Oʻzbekenergo” yil oxiriga qadar Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida qiymati 207,4 mln dollarlik elektr energiyasining avtomatlashgan hisobini yuritish tizimini joriy etishi rejaga kiritilgan. “Oʻzkimyosanoat” “Angren” erkin iqtisodiy zonasida avtomobil shinalarini ishlab chiqarish boʻyicha zavodning umumiy qiymati 214 mln dollar boʻlgan birinchi navbatini ishga tushiradi.Avvalroq xabar qilinganidek, Oʻzbekiston 2030-yil soʻngiga qadar iqtisodiyotning strategik sohalarida 40 mlrd dollardan ziyodroq qiymatdagi 657 ta loyihani amalga oshiradi. Hukumat ma`lumotlariga koʻra, mazkur loyihalarning amalga oshishi natijasida sanoat sektorining yalpi milliy mahsulot tuzilmasidagi ulushi 2030 yilga borib 2016 yildagi 32,9 foizdan 40 foizga ortadi. Prezidentning 2017 yil 18 dekabrdagi «Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida"gi qarori yuqoridagi kabi tahlillar natijasida qabul qilindi. Qarorga muvofiq, mamlakatimizda tarmoq va hududiy loyihalarni amalga oshirish boʻyicha mutlaqo yangi tizim yoʻlga qoʻyilmoqda va bu uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash kerak. Ushbu konsepsiya tarmoq, hududiy va maqsadli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha strategik vazifalarni oʻz ichiga olgan hujjat boʻladi.
Ikkinchi bosqichda rivojlanish konsepsiyasi asosida maqsadi va moliyalashtirish manbalari aniq boʻlgan 3 yillik, ya`ni 2019−2021 yillarga moʻljallangan loyihalar portfeli shakllantiriladi. Ushbu loyihalar Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari bilan kelishilib, Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida ekspertizadan oʻtkaziladi. Har bir loyihani amalga oshirish boʻyicha batafsil kalendar rejasi ishlab chiqiladi.
Uchinchi bosqichda tasdiqlangan 3yillik loyihalar portfeli asosida rivojlanish davlat dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash talab etiladi. Investitsiyalar yuqori texnologiyalarni talab etadigan zamonaviy ishlab chiqarish tarmoqlarini tashkil etish, axborot-kommunikatsiya tizimi, biotexnologiya va boshqa ilgʻor ilm-fan yutuqlariga asoslangan loyihalarni moliyaviy qoʻllab quvvatlashga yoʻnaltirilmoqda. Davlatimiz rahbari investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilmasligi oqibatida zamonaviy obyektlarni ishga tushirish muddatlari kechikishi, bu esa talab yuqori boʻlgan mahsulotlarning bozorga yetib borishiga, qancha-qancha odamlar, avvalo, yoshlarning ish bilan ta`minlanishiga salbiy ta`sir koʻrsatishini ta`kidlab, bunday holatlarga yoʻl qoʻygan mutasaddi rahbarlarga nisbatan qat`iy choralar koʻrilishi haqida ogohlantirdilar. 43
II bob boʻyicha xulosa
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak erkin iqtisodiy zonalar va ularni rivojlantirish maqsadida investitsiyalarni jalb qilish, ularning huquqiy asoslarini ta`minlash, infratuzilmani shakllantirish va shu maqsadlarni amalga oshirishda xorij tajribalarini birlashtirgan holda quyidagi xulosalar shakllanadi:
EIZ deganda, mamlakatning strategik maqsadlarini amalga oshirishda, xoʻjalik yurituvchi sub`yektlar qonun doirasidagi faoliyat bilan shugʻullanishi hamda ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilish qulay boʻlishi uchun maxsus boshqaruv tizimi (rejimi) oʻrnatilgan hudud, ya`ni mamlakatning boshqa hududlarida amal qilmaydigan imtiyoz va ragʻbatlantirishlar tizimi amal qiladigan hudud tushuniladi. Yaratilgan shart-sharoitlar EIZga tashqi dunyo bilan yuqori darajada iqtisodiy aloqada boʻlish imkonini beradi, bojxona, soliq va investitsion rejimlar ichki hamda tashqi investitsiyalar qulay hisoblanadi. Yangi ish oʻrinlari yaratiladi, malakali mutaxassislar shakllantirilib, mahalliy ishchi kuchi zamonaviy texnikadan foydalanishi natijasida yangi mehnat uslublarini oʻzlashtiradi, EIZlarga investitsiya jalb qilayotgan kompaniyalar yer va infratuzilma obyektlari uchun toʻlovlarni oʻz zimmasiga oladi va xizmat uchun haq toʻlaydi; mahalliy aholining turmush darajasi oshadi, daromadlari oʻsadi, ichki bozorning yuqori sifatli mahsulotlarga boʻlgan ehtiyoji toʻlaroq qondiriladi.
Erkin iqtisodiy zonalarda faoliyat koʻrsatayotgan kompaniyalar boshqalarga nisbatan yaxshiroq sharoitlarga ega boʻladi. Bunday zonalarda ishlab chiqarish sarf xarajatlari, xomashyo va materiallar olib kirish bilan bogʻliq soliq va bojlar yoʻqligi, ishchi kuchining nisbatan arzonligi ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini pasaytirib, uning raqobatbardoshligini oshiradi. Hududlarda tadbirkorlik faoliyatining yanada jonlanishi, eksport salohiyatining oshishi kabilar hisobiga iqtisodiyotning ma`lum tarmoq va sohalari rivojlanishiga koʻmaklashadi.
Erkin iqtisodiy zona muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun quyidagi shart-sharoitlar mavjudligi muhim jihat hisoblanadi, ya`ni: mamlakatdagi siyosiy barqarorlik va qulay investitsion muhitning shakllanganligi; xorijiy va mahalliy investorlarni ragʻbatlantiradigan puxta ishlab chiqilgan huquqiy bazaning mavjudligi.
Dostları ilə paylaş: |