Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura boʻlimi qoʻlyozma huquqida 330


Hududlarda investitsiya faoliyatini boshqarishni takomillashtirish masalalari



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə15/18
tarix28.08.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#140796
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Орипов М

3.2 Hududlarda investitsiya faoliyatini boshqarishni takomillashtirish masalalari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonini bajarish yoʻlida tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoyalashni kuchaytirishga, ularning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishlar sonini cheklashga, qoʻshimcha soliq imtiyozlari va afzalliklarini berishga, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish mexanizmlarini soddalashtirishga, tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirishga hamda davlat organlari faoliyatining aniqligini oshirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-noyabrdagi PF-4010–sonli “Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish toʻgʻrisidagi tartibni tasdiqlash toʻgʻrisida” gi Farmoyishi bilan iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy qobiliyatini tiklash boʻyicha bankrot korxonalar negizida yangi tashkil etilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshimcha qiymat soligʻidan, uch yil davomida foyda soligʻidan, yagona soliq toʻlovi, mulk soligʻi va yer soliqlari toʻlashdan, boshqaruv kompaniy alariga berilganida foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovidan ikki yil davomida ozod qilindi
Investitsiya faoliyatini boshqarishni takomillashtirishda hududlar investitsiya faoliyatini boshqarishni samarali tashkil etish muhim oʻrin egallaydi. Hududlar darajasida investitsiyalarni boshqarish qator funksiyalarni oʻz ichiga oladi.
Hududlarning investitsion faoliyati strategiyasini ishlab chiqish. Bu jarayonda yuqoridagi funksiyalarni amalga oshirish, hududdagi firmalarni umumiy rivojlanish strategiyasini va investitsion bozor konyunkturasini bashoratlash, uzoq muddatli davrda investitsion faoliyatning asosiy yoʻnalashlarini shakllantirish, yaqin istiqbolda investitsion faoliyatni eng muhim vazifalarini aniqlash va muammolarni yechishni koʻzda tutadi.
Tashqi investitsiya vositalari va investitsiya bozori konyunkturasini bashoratlashni tadqiq qilish. Bunda, hudud investitsion faoliyatini amalga oshirishda bir necha funksiyalar bajariladi. Joriy investitsiya bozori konyunkturasi, omillarini aniqlash va tadqiq etish; alohida sohalar nuqtai nazaridan investitsiya bozori konyunkturasi bashoratlanadi.
Hududlarning investitsion resurslarini shaklantirish strategiyasini ishlab chiqish. Bu jarayonda investitsiya resurlariga umumiy ehtiyojni bashoratlashni amalga oshirish, alohida bosqichda investitsion strategiyani ishlab chiqish va uni amalga oshirish, shaxsiy manbalar hisobidan investitsion resurslarni shaklantirish imkoniyatlarini aniqlash hamda bu borada boshlangʻich vositalardan foydalanish imkoniyatlarini oʻrganish nazarda tutiladi. Investitsion resurslarni tuzilishini optimallashtirish jarayonida qarz vositalari va ularning investitsiya bilan munosabatlarini muntazam ravishda ta`minlash, shuningdek, investitsiya manbalarini kengaytirish va kelajakda hududdagi korxonalarning toʻlovga qobillilik hamda imkoniyatlarini oshirishni nazarda tutadi.
Alohida loyihalarni investitsion jozibadorligini baholash va bularning ichidan eng samaralilarini ajratish. Bu funksiyalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya bozoridagi joriy takliflarni oʻrganish, hudud korxona va firmalarining investitsion strategiyalarini eng samaralilarini baholash va ekspertizadan oʻtkazish, har bir investitsion loyihani daromadlilik darajasini va boshqa iqtisodiy samaradorlik koʻrsatkichlarini hisoblashni koʻzda tutadi.Hududlardagi investitsion portfelni shakllantirish va daromadlilik, tavakkalchilik va likvidlilik mezonlari boʻyicha ularni baholash. Bu funksiyalar investitsion rusurslar hajmi va ularning daromadlilik koʻrsatkichlarini hisoblash, har bir investitsion loyiha va moliyaviy vositalar boʻyicha tavakkal darajasini hisoblashni nazarda tutadi. Birinchi bosqichda real va moliya investitsiyalar oʻrtasidagi mutanosibliklarni investitsiya portfeli asosida shakllantiriladi.Hududlarda alohida investitsion dasturlar va loyihalarni tezkor boshqaruvini amalga oshirish hamda joriy rejalashtirish. Bu funksiyalarni bajarish jarayonida hududlarda turli joriy rejalarni investitsion portfelini shakllantirishni tezkor boshqaruvini ta`minlash va ularni ishlab chiqish nazarda tutiladi. Bu jarayonda alohida investitson loyihalarni amalga oshirishda kalendar reja va uning byudjeti muhim rol oʻynaydi.Hududlarda kapitalni qayta investitsiyalash va samarasiz investitsion loyihalardan voz kechish. Bu davrda hudud investitsiya bozori konyunkturasi oʻzgarishi, hududdagi kompaniyalarning moliyaviy holati, ulardagi investitsiya portfelini shakllanish jarayonlari,alohida investitsion loyihalar kutilayotgan samaradorligi oqibatlari hisoblab chiqiladi. Bunday sharoitda ushbu investitsion loyihalardan voz kechish yoʻllari tanlanadi
Demak, hududlarning investitsion faoliyatini strategik boshqaruvining muhim funksiyasi bu – hudud investitsion strategiyasini ishlab chiqishdan iborat boʻlib, bunda investitsiya faoliyat yoʻlida uzoq muddatli maqsadlarni shakllantirish tushiniladi va bunda eng samarali investitsion faoliyatga erishish koʻzda tutiladi. Hududlarning investitsion strategiyasini shakllantirish murakkab jarayon boʻlib, u hudud investitsiya bozori konyunkturasini bashoratlashga asoslanadi va investitsiya faoliyati shartlarini amalga oshiradi. Bu jarayonni murakkabligi shundaki, bu davrda hudud investitsiya strategiyalarni shakllantirish, investitsion resurslarni izlab topish, muqobil investitsiya variantlarini baholash bilan birga amalga oshiriladi va u hudud firmalarining imidjini oshiradi va uni rivojlanishi belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday investitsion strategiya tezda oʻzgarmaydi, u ushbu hududdagi firmalarning iqtisodiy oʻsishining yangi imkoniyatlari va tashqi shartlarini inobatga olgan holda davriy tartibga solishlarni talab etadi.Hududda investitsion strategiyani shakllantirish shart-sharoitlari korxona va firmalarning iqtisodiy rivojlanishining strategik asosi boʻlib xizmat qiladi. Bundan koʻrinib turibdiki, hudud investitsiya strategiyasi firmalarning samarali rivojlanishini ta`minlaydigan bosh omil boʻlib hisoblanadi va u investitsiyalarni samarali boshqarishga asoslanadi.Hudud korxonalarining investitsion strategiyasinini shakllantirish jarayoni bir necha bosqichlarni oʻz ichiga oladi. Boshlangʻich bosqichda hudud investitsiya strategiyasi ishlab chiqiladi va uni shakllantirishni umumiy davri aniqlanadi. U investitsiya bozori va iqtisodiyot rivojlanishini oldindan koʻra olish, uning davriyligini baholash, korxona va firmalarning asosiy strategiyasini shakllanishi uchun yechimni qabul qilish, ularning tarmoqlarini oʻlchami kabi shartlar bilan bogʻliqdir.
Investiitson faoliyatni shakllantirish maqsadi kapitalning qoʻshimcha oʻsish sur`atlarini ta`minlashga, investitsiyalarni daromadlilik darajasini oʻsishiga, moliyaviy investitsiyalash va texnologik oʻzgarishlarga, kapital qoʻyilmalar tuzilishining qayta ishlab chiqilishiga hamda pirovard natijada hududda iqtisodiy oʻsishga, aholining turmush darajasining oshishiga erishiladi.
Hududdagi korxona va firmalarning investitsion faoliyati strategik yoʻnalishlarini ishlab chiqish firmadagi barcha maqsadlar tizimiga asoslanadi. Bu jarayonda quyidagilar ishlab chiqilishi koʻzda tutiladi:
-istiqbolli davrning alohida bosqichlarida turli investitsiyalash shakllari;
-investitsion faoliyatni tarmoq yoʻnalishlari;
-investitsion faoliyatni hudud yoʻnalishlari aniqlanadi.
Hududlarda investitsiya resurslarini shaklantirish strategiyasini ishlab chiqish korxona va firmalarning, nafaqat, investitsion faoliyatining unsuri, balki, eng muhim moliyaviy strategiyasining unsuri ham hisoblanadi. U belgilangan hajmdagi investitsiya faoliyatini uzluksiz ravishda ragʻbatlantirishni ta`minlaydi hamda shaxsiy moliyaviy vositalardan eng samaralisidan foydalanadi va uzoq muddatli davrda istiqbolda hududdagi korxona va firmalarning moliyaviy barqarorligini oshiradi. Hududlarda bu strategiyalarni ishlab chiqish quyidagi bosqichlar boʻyicha amalga oshiriladi.Hudud investitsiya strategiyalarini amalga oshirish jarayonida ularning aniq maqsadlarini va strategik vazifalarini belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqish jarayonida tashqi va ichki omillarni bir-biriga moslashtiriladi. Tashqi omillar hudud firmalarining strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirishni koʻzda tutadi, shuningdek, investitsiya bozori kon`yunkturasi oʻzgarishlarini bashoratlaydi. Ichki omillar investitsiyalashning alohida yoʻnalishlarini amalga oshirishni koʻzda tutadi, shuningdek, bu jarayonda investitsiya resurslarini shakllantiriladi. Fikrimizcha hududda investitsiya strategiyalarini amalga oshirish jarayonida koʻplab omillar hisobga olinishi lozim. Hudud investitsiya strategiyalarini ishlab chiqishni baholash quyidagi mezonlar asosida amalga oshirish maqsadga muvofiq:
-hudud firmalarining umumiy strategiyasi bilan alohida firmaning investitsiya strategiyasini muvofiqlashtirish.
Bu jarayonda strategiyani amalga oshirish bosqichlari, yoʻnalishlari hamda muvofiqlik maqsadlari tadqiq etiladi;
-hududda investitsiya strategiyasini ichki muvozanatlashganligi.
Bu jarayonda investitsion faoliyat yoʻnalishlari va alohida strategik maqsadlar oʻrtasidagi bogʻlanishlar aniqlanadi va natijalari baholanadi;
-investitsiya strategiyalarini tashqi vositalar bilan muvofiqlashganligi.
Bunda hududda ishlab chiqilgan investitsion strategiya bilan mamlakatning investitsion muhitdagi oʻzgarishlar muvofiqligi baholanadi hamda investitsiya bozori konyunkturasi bashoratlanadi;
-hudud investitsiya strategiyasi resurslarini salohiyatini hisobga olgan holda amalga oshirish darajasi.
Bu jarayonda avvalo, firmalarning xususiy manbalari hisobidan moliyaviy resurslarni shakllantirish imkoniyati va salohiyati koʻrib chiqiladi. Kelajakda hudud investitsiya strategiyalarini amalga oshirish imkoniyatlari moliyaviy, texnologik, energetik nuqtai-nazardan tahlil etiladi;
-investitsion strategiyalarni amalga oshirishda ularni tavakkal darajasi bilan movofiqlashganligi.
Bu jarayonda hududdagi asosiy investitsiyani tavakkal darajasi va ushbu hudud firmalarining moliyaviy imkoniyatlarini baholash koʻrib chiqiladi:
-hudud investitsiya strategiyalarini natijaviyligi.
Investitsion dasturlarni natijaviyligini baholash ularni iqtisodiy samaradoriligini amalga oshirish bilan baholanadi. Bu baholash jarayonida tashqi iqtisodiy natijalar sifatida firmalar imidjini oʻsishi,ishchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilanishi va boshqalar tahlil etiladi
Davlat nuqtai-nazardan investitsiyalarni boshqarish jarayoni bevosita muhim ahamiyatga ega. Bunda davlat, asosan, qonunchilik va ushbu jarayondagi barcha holatlarni nazorat qiladi. Investitsiya loyihalarini boshqarishda esa, asosan rejalashtirish va tashkil etish hamda loyihaning samaradorligini aniqlashdan iborat. Korxona yoki alohida xoʻjalik subyektlarida investitsiyalarni boshqarish bugungi kunda dolzarb hisoblanadi. Korxonalarda qisqa muddatda kapital qoʻyilmasini boshqarish va uni foydaliligini nazorat qilish korxonaning kelajakdagi istiqboliga bogʻliqdir. Oʻz navbatida investitsiya faoliyatini boshqarishning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat boʻladi:
-investitsiya faoliyatini rivojlanish strategiyasini qayta ishlash. Bu funksiyani amalga oshirish jarayonida rivojlanishning umumiy strategiyasi va tashqi iqtisodiy vositalarning bashorat hajmlarini butun tizimda va bundan tashqari investitsion faoliyatning butun koʻrsatkichlarini uzoq muddatli davrda ham shakllantiradi investitsiyalardan foydalanishning muhimligini koʻrsatib beradi, yaqin istiqboldagi yechimlarni asoslaydi va investitsiya siyosatini qayta ishlaydi;
-investitsiyalarni boshqarishning samarali axborot tizimini yaratish, boshqaruvning turli muqobil variantlarini asoslash. Bu bosqichda dastlabki tashqi va ichki ma`lumot manbalari shakllantiriladi, rivojlanishning asosiy parametrlari boʻyicha monitoring tashkil qilinadi va shu asosida investitsiyalardan foydalaniladi;
-investitsion jarayonlarni turli jihatlarining tahlilini amalga oshirish. Hududda investitsion faoliyatning tezkor tahlili oʻtkaziladi. Investitsiyalardan samarali foydalanish koʻrsatkichlarining asosiy dinamikasi tadqiq etiladi. Omillarning fundamental tahlili amalga oshiriladi. Investitsion jarayonlarga ta`sir etuvchi koʻrsatkichlar aniqlanadi
-investitsiyalardan samarali foydalanish va rejali rivojlantirishni amalga oshirish. Bu funksiyalarni amalga oshirish joriy rejalar tizimini qayta ishlaydi va investitsion resurslardan foydalanish boʻyicha tezkor byudjet tuziladi. Bu rejaga asosan investitsion jarayonlarni rivojlanish strategiyasi qayta ishlab chiqiladi;
-investitsiya faoliyati doirasida samarali boshqaruv va nazorat tizimini amalga oshirish. Bu esa investitsiyalarni doimiy ravishda monitoring qilish imkoniyatini beradi;
-investitsion bozorni rivojlanishini tahlil qilish va bashoratlash, investitsion bozor konyunkturasi va investitsion faoliyat boʻyicha umumdavlat ehtiyojlarini aniqlashga imkon beradi;
-mamlakatning rivojlanish yoʻlida investitsiya siyosati yoʻnalishlari strategiyasini ishlab chiqish;
-mamlakatning rivojlanish yoʻlida investitsiya siyosati yoʻnalishlari strategiyasini ishlab chiqish;
-investitsion faoliyatni nazorat qilish va tartibga solish, ragʻbatlantirish borasidagi qonunchilik faoliyatini koʻrib chiqish
-investitsion faoliyatni va barcha darajadagi tartibga solish choratadbirlarini amalga oshirish va monitoring qilish, shuningdek, alohida investitsion loyihalarni moliyalashtirish va qoʻllab-quvvatlash.
Ushbu investitsiyalarni boshqarish funksiyalari barcha holatlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Oʻz navbatida, hududlarda investitsiyalarni samarali boshqarishda quyidagi asosiy vazifalarga toʻxtalib oʻtish maqsadga muvofiq:
samarali investitsion faoliyatni inobatga olgan holda, hududning yuqori sur`atli iqtisodiy rivojlanishini ta`minlash;
-hududning kelgusidagi rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda strategik investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, hayotga tatbiq etish, muvofiqlashtirish va rejalashtirish;
-hudud miqyosida byudjet daromadlarini oshirish, iqtisodiy oʻsishga erishish va pirovardida aholi turmush darajasini oshirish;
-hududda investitsion faoliyat riski (tavakkalchiligi) borasida axborot berish. Biz yuqorida investitsiya faoliyatini boshqarishning asosiy funksiyalariga toʻxtalib oʻtib, ushbu funksiyalar turli nuqtai-nazardan tahlil qilib chiqdik.
Oʻz navbatida, hududlar miqyosida investitsiyalarni boshqarishning funksiyalari bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadiki, har bir hududda investitsiyalarni samarali boshqaruv jarayoni ushbu hududning iqtisodiy oʻsishiga ijobiy ta`sir etadi. Investitsion siyosatni jadal olib borilishi nafaqat iqtisodiy oʻsish va tizimni isloh qilishning muhim omillari, balki sherikchilik aloqalarini oʻrnatish, ishbilarmon doiralar bilan hamkorlik qilish, turli moliyaviy institutlar bilan aloqalar oʻrnatish va davlatlararo aloqalar samaradorligini oshirishga erishishdir. Biz bilamizki, investitsiya iqtisodiy oʻsish omili sifatida moliyaviy – iqtisodiy rivojlanish uchun muhim dastaklardan biri boʻlib hisoblanadi. Yuqorida aytib oʻtganimizdek, Oʻzbekistonda investitsiya kiritish jarayonlari tezlashishi uchun qulay imkoniyatlar yaratilmoqda. Oʻzbekiston iqtisodiyoti yanada kuchliroq, barqarorlashgan, jahon bozorida oʻz mustahkam oʻrniga ega boʻlmoqda, buning asosi esa doimiy dinamik oʻsishdir. Shuningdek respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyani jalb etishni faollashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur deb hisoblaymiz:
-investitsiya loyihalarini malakali ekspertlar nazoratidan oʻtkazish va mukammal tayyorlanishiga erishish;
-qoʻshma korxonalar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi boshqa turdagi tadbirkorlik faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazishdagi toʻsiqlarni butunlay olib tashlash
Mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni milliy korxonalarga jalb etishda quyidagi ustuvor yoʻnalishlarni belgilash maqsadga muvofiqdir: 1) qishloq xoʻjalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohalarini rivojlantirish; 2) mineral xom ashyo resurslarini, shu jumladan, neft va gazni qazib chiqarish, qayta ishlash boʻyicha ekologik ishlab chiqarishni tashkil etish; 3) transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish; 4) iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ilm talab va jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish; 5) turizm sohasini rivojlantirish, xalqaro va ichki turizmning zamonaviy infratuzilmasini yaratishga erishish.
III bob boʻyicha xulosa
Xulosa qilib aytganda, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tashkilotlarda investitsiyalarni jalb qilish samaradorligini takomillashtirish bilan bogʻliq masalalar majmuasini jiddiy anglash va tadqiq qilishni talab etadi. Boshqaruv faoliyatiga investitsiyalarni jalb qilish samaradorligining shakllanishining nazariy asoslari va konsepsiyasi, ularning bozor iqtisodiyoti ehtiyojlariga mos javob beradigan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini koʻrib chiqish, korxonalarda boshqarishning asosiy konseptsiyasiga asoslangan boshqaruv tizimlarining samarali amal qilishiga olib keladi. Xorijiy mamlakatlar olimlari tomonidan taklif etilgan investitsion loyihalarni boshqarish konseptsiyalarini tahlil etish natijasida ularni Oʻzbekiston bozor munosabatlarning shakllanish amaliyotida qoʻllash oʻziga xos iqtisodiyotni boshqarishni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqarishga yordam beradi. Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida innovatsion muhitni shakllantirish va innovatsion faollikni ragʻbatlantirishda muammolarni kompleks tarzda yechish maqsadida ilmiy tahlilda bozor iqtisodiyotini boshqarish konsepsiyasi maqsadga muvofiqdir hamda korxonalarni innovatsion rivojlantirish ehtiyojlarini investitsiya bilan ta`minlash jarayonini samarali boshqarish ular egalaridan barcha yuqorida tilga olingan, nafaqat ularning raqobatbardoshligini oshirish, balki oʻz zimmasiga katta ma`suliyat va tavakkalchilik yukini olib, yirik investitsiyaviy dasturlarni amalga oshirishda faol ishtrok etadigan investorlar manfaatlarini uygʻun birlashtirish imkonini beradigan ta`sir dastaklaridan moxirlik bilan foydalanishni taqozo etadi.
XULOSA
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangi korxonalar sonining tobora ortib borishi va yangilari barpo etilayotgani davlatimizning bu sohaga boʻlgan katta e`tibori va ularga yaratib berayotgan qulayliklari natijasidir. Shu boisdan ham mamlakatimizga xorijiy sarmoyalarni jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy ragʻbatlantirish va ular uchun zarur sharoitlarni yaratib berish oʻta muhim masalalardan biri hisoblanadi. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish sharoitida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish koʻlamini yanada kengaytirish maqsadida investitsiya muhiti barqarorligini va uning jozibadorligini ta`minlash zarur, viloyatga va shaharga xorijiy investitsiyalarning oqib kelishini ragʻbatlantirish asosida ularni yangi loyihalarga jalb etish va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga yoʻnaltirish sohasida qoʻshma korxonalar tashkil qilish, aholi bandligini ta`minlash, import o`rnini bosuvchi eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish, mahalliylashtirish dasturlaridan oqilona foydalanish, qo`shma korxonalarga soliq imtiyozlari berilishi natijasida ularning pul mablag`larini kafolatlash, EIZlarni tarkibiy tuzilmalarini yanada rivojlantirishda andoza bo`ladigan jahon mamlakatlari iqtisodiyotining tajribalarini qo`llash. Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarning asosiy zaminida aholini ish ta`minlash hamda turmush darajasini yaxshilashdir. Shuning uchun quyidagilarni o`z taklifim sifatida beraman yanada rivojlantirish maqsadida:
birinchidan, inflyatsiya darajasini investitsion loyihalar qiymat oʻsishiga ta`sirini kamaytirish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar hajmini yanada koʻpaytirish;
ikkinchidan, investitsiyalarni real ishlab chiqarish sohasiga, ya`ni xomashyoni qayta ishlovchi tarmoqlarga jalb etish;
uchinchidan, chet el investorlariga yanada qulay investitsiya muhitini yaratish maqsadida ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish, xususan, soliq yukini kamaytirish va soliq tizimini investorlar uchun ham soddalashtirish;
toʻrtinchidan, xorijiy iqtisodiy subyektlar bilan oʻzaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish va ular bilan erkin investitsion iqtisodiy zonalarni tashkil etish;
beshinchidan, infratuzilmasi mavjud va rivojlanishi qulay boʻlgan joylarga investorlarni jalb qilish orqali sanoatni tizimli rivojlantirish;
oltinchidan, uzoq muddatli, past foizli toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy kredit resurslarini jalb etish ishlarini kuchaytirish;
yettinchidan, xorijiy tajribalardan kelib chiqqan holda xorijiy investorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlovchi jamgʻarmalar tashkil etish.
Yuqoridagi takliflarni amaliyotda joriy etish milliy iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni yanada faollashtirishga ijobiy ta`sir koʻrsatadi. Ushbu holat pirovardida ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirish asosida, kelgusida mamlakatimizda investitsion siyosatni toʻliq amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin