Umuman olganda, “Angren” EIZ ma`muriy kengashi tomonidan 23 ta loyiha ma`qullangan boʻlib, ularning qiymati qariyb 458 million AQSh dollarini tashkil qiladi.35 Amalga oshirilayotgan loyihalarning tarmoqlar va sohalar boʻyicha tahlili koʻrsatishicha, ularning qiymati boʻyicha yetakchi oʻrinni “Oʻzfarmsanoat” - 109,3 mln. AQSh dollari (30%), “Oʻzeltexsanoat” - 88,2 mln. AQSh dollari (24%), “Oʻzbekneftgaz” - 85,4 mln. AQSh dollari (23%) egallamoqda. 2018-yil 1-yanvar holatiga ko`ra Oʻzbekistondagi EIHlarda umumiy qiymati 300 million dollardan ortiq 38 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilgan.
Bugungi kunda “Navoiy” EIZda “Olive Telecom” qoʻshma korxonasi, “Uzkorlighting”, “Hansang-Pharm”, “UzEraeAlternator”, “Oʻz Minda”, “Telecom Innovations”, “NB Cosmetics”, “Navoiy Hunan Pulp”, “Agrofresh”, “KO-UNG Cylinder”, “Hansang Pharm”, “Olive Telecom”, “Ariston Thermo-UTG” mas`uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qoʻshma korxonalar, “Angren” MIZda “Jun long industrial” xorijiy korxonasi, “Angren quvur zavodi” unitar korxonasi, “Egl-nur”, “National ceramics”, Bricket Ugol Standart” qoʻshma korxonalari, “UzShindong Silicon”, “Angren elektrodlari” mas`uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qoʻshma korxonalar hamda “Jizzax” MIZda “Hangzhou Zhongwu Electronic Meters”, “Golden Auto Parts”, “Sell Screw Products”, “Buy Fitting Product” mas`uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qoʻshma korxonalar samarali faoliyat koʻrsatmoqda.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizdagi EIZlarda maxsus soliq va bojxona imtiyozlarining amal qilishi, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasining mavjudligi, sifatli va barqaror energiya va suv resurslari ta`minoti, investorlarga xizmat koʻrsatish uchun qulay sharoitlar, EIZlarning geografik qulay joylashuvi, mineral-xomashyo resurslarining mavjudligi hamda malakali mehnat resurslari EIZlar faoliyati samaradorligini ta`minlash imkonini beradi. Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish koʻlamini yanada kengaytirish uchun respublikaning boshqa hududlarida ham maxsus iqtisodiy zonalar tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
2.1 rasm. 2018-yil yanvar-iyun oylarida hudular kesimidagi investitsiya36 2.1-rasmda asosiy kapitalga investitsiyalarning oʻzlashtirilgan hajmi boʻyicha hudular kesimida Toshkent shahri hamon yetakchilik qilmoqda. Ushbu hududda jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 24,3 %i oʻzlashtirildi. Shuningdek Buxoro viloyatida oʻtgan yilning mos davriga nisbatan tushish kuzatilgan boʻlsada, investitsiyalar hajmi boʻyicha Respublikadagi ulushi Toshkent shahridan keyingi oʻrinda 11,0 % ni tashkil etmoqda. Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida ushbu koʻrsatkich mos ravishda 10,2 va 10,7 %ni tashkil etdi. Xorazm hamda Jizzax viloyatlarida investitsiyalarning Respublikadagi ulushi 2,8 va 3,0 %ni tashkil etgan boʻlsa, Sirdaryoda bu koʻrsatkich boʻyicha eng kami boʻldi – 1,8 %.
2.2.Erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalar jalb qilish va rivojlantirish bosqichlari Bu kabi ma`lumotlarni tahlil qilganimizda, mamlakatda EIZni tashkil qilish, uning pirovard maqsadi emas. Hududlarni tashkil qilishdan maqsad, sanoat va iqtisodiyotning oʻsish darajasini tezlashtirish va ularni modernizasiyalash, ichki bozorni toʻldirish va eksportning oʻsishi hisobiga valyuta tushumlarini koʻpaytirishdir.
Erkin iqtisodiy zonalarni tuzishdagi dastur–maqsadli boʻlishi, moliyaviy va tashkiliy muammolardan tashqari hammasi uchun umumiy boʻlgan ijtimoiy – iqtisodiy muammolarni qayd etishi lozim. Bularga quyidagilar kiradi:
-korxonalar xoʻjalik aloqalarini qayta tashkil etish;
mamlakat tovar ishlab chiqaruvchilari manfaatlarini xalqaro bozorda davlat tomonidan himoyalash;
-erkin tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlida mahalliy toʻrachilik va byurokratik toʻsiqlarni mavjudligi.
Mamlakatda yetarlicha rivojlangan infratuzilma mavjud emas, xalqaro dengiz portlariga chiqish yoʻllari yoʻq, chet el investorlarini jalb qiluvchi va butun dunyo boʻylab tarqalgan va faoliyat koʻrsatayotgan hamda tashkil etilayotgan hududlar bilan raqobatda yutib chiqishni ta`minlaydigan “joziba” yetarli darajada emas. Lekin bu–Oʻzbekistonda tashkil qilinadigan Erkin iqtisodiy zonalarning kelajagi yoʻq, degani emas. Buning uchun Erkin iqtisodiy zonalar rivojlanish modelini aniqroq belgilab olish kerak.
Erkin iqtisodiy zonalarn tashkil etish amaliyotining koʻrsatishicha, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun infratuzilma zarur boʻlib, uni rivojlantirish yirik kapital qoʻyilmalarni talab etadi. Xitoyda masalan, 1 dollar chet el investitsiyasini jalb etish uchun 5,5 dollar milliy resurslarni transport tizimi, barqaror suv va energiya ta`minoti, shinam turar – joy uchun sarflash zarur boʻlgan.
Xorij tajribasini tahlil qilgan holda, shunday xulosaga kelish mumkin: milliy sanoat tarmoqlarining rivojlanishi koʻp jihatdan mamlakatning oʻz ichki bozorini himoya qilishga, mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga va investitsion faoliyatni amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratib berishga qaratilgan siyosatiga bogʻliq boʻladi.
Iqtisodiyot tarmoqlarini, shu jumladan, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot ishlab chiqaruvchilarning rivojlanishini ragʻbatlantirishga umumiy qabul qilingan va oʻz samaradorligini koʻrsatgan, oʻzini oqlagan iqtisodiy vositalardan foydalanmasdan erishib boʻlmaydi. Ushbu vositalarga quyidagilarni kiritish mumkin: soliq va kredit imtiyozlari, eksportga mahsulot ishlab chiqarishda tashqi moliyalash uchun davlat kafolatining boʻlishi, mahalliy mahsulotlarning tashqi bozorga chiqishida davlatning hamkorligi, investorlarga qulay sharoit va ma`lum bir imtiyozlar “majmuasi” taklif qilinishi, chiqara olish uchun zarur boʻlgan infratuzilmani yaratib berish. Agarda u qulay hududda joylashgan boʻlsa ya`ni masalan, Navoiy erkin iqtisodiy zonasi shahardan yaqinroqda joylashgan, bunda Navoiy viloyatidagi mavjud tumanlarni bir-biriga bogʻlovchi yoʻl tashkil etish kerak. Qaysi tumanda qandaydir xom – ashyo mavjud boʻlsa u oʻsha yoʻnalish boʻyicha korxonalar ochilsa va bu korxona iqtisodiy zona direksiyasiga boʻysunsa va erkin iqtisodiy zonalardagi imtiyozlar shu yerda ham qoʻllansa. Natijada investorga turli xil imkoniyatlar mavjud boʻladi va har bir tuman ham rivojlanishi, aholining bandligi oshishi, aholi yashash va ishlash uchun joy izlashiga hojat qolmaydi.
Bundan tashqari Oʻzbekistonda EIZni tashkil etish va rivojlantirish imkoniyatlari keng. Shuni qayd etib oʻtish kerakki, Oʻzbekistonda tabiiy boyliklarning, mehnat resurslarining va hududlarda sanoat ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanganligini hisobga olib, kelajakda EIZning koʻrinishlarini tashkil etish mumkin.
Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va ular boʻyicha aynan bitta tashkilot mansub boʻlsa, xorijiy yoki mahalliy investor oʻz mablagʻini kiritib ishlab chiqarish tashkil etish uchun u kelga kim bilan bogʻlanish kerak degan tushunchalarga tez javob topish kerak. Bundan tashqari tashkil etilgan tashkilotda yetarlicha mablagʻ boʻlsa, Erkin iqtisodiy zonalar daromadiga qarab ma`lum bir badallar toʻlasa shu badallar hisobidan yoki mavjud korxonalar tomonidan toʻlanadigan soliq va bojxona bojlarni davlat tashkil etilgan tashkilotga badal toʻlab borsa, qachonki qaysidir korxona moliyaviy ahvoli yomonlashsa, yoki bozorda narxlar tushib ketganda yordam bera olsa bu korxonalar uchun motivatsiya boʻladi va davlatga ishonchi ortadi. Natijada investor daromadi kafolatlanganligini koʻrish mumkin.
Respublikamizda Erkin iqtisodiy zonalar tashkil etishga oid “Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra, Oʻzbekiston hududida:37
erkin ilmiy – texnikaviy va boshqa zonalar tuzilishi mumkin.
Erkin savdo zonalari omborlarini, erkin bojxona zonalarini, shuningdek tovarlarga ishlov berish, ularni oʻrash-joylash, saqlash zonalarini oʻz ichiga oladi.Erkin savdo zonalari tutash punktlarida, aeroportlarda, temir yoʻl tuzellarida yoki Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududining boshqa joylarida tuzilishi mumkin. Hozirda koʻrishimiz mumkinki davlatimiz dengizga chiqish uchun Gʻarb bilan oʻzaro toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlanish maqsadida Oʻzbekiston Turkmaniston-Ozarbayjon-Turkiya orqali yoʻl ochilyapti. Bu kelajakda bunday zonalarni ochish uchun talab oshib boraveradi. Erkin ishlab chiqarish zonalari–tadbirkorlikni ragʻbatlantirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga chet el investitsiyalarini jalb etish maqsadida xoʻjalik – moliyaviy faoliyatning alohida tartiboti joriy etiladigan hududlardir. Erkin ishlab chiqarish zonalari eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish zonalarini, agropolislarni, tadbirkorlik zonalarini, industrial – iqtisodiy zonalarni va boshqa zonalarni oʻz ichiga oladi38.
Erkin ilmiy – texnikaviy zonalar alohida ajratilgan hududlardan iborat boʻlib, u yerda ilmiy – ishlab chiqarish va oʻquv markazlari jamlanadi hamda ular uchun ilmiy va ishlab chiqarish imkoniyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus huquqiy tartibot oʻrnatiladi (2.2-jadval).
2.2-jadval