III BOB. INVESTITSION FAOLLIKNI HUDUDLARDA AMALGA OSHIRISH VA ULARNING SAMARALI BOSHQARISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
3.1.Investitsion faolligini hududlarda amalga oshirish va boshqarishning xorijiy mamlakatlar tajribasi
Jahon tajribasining koʻrsatishicha ishlab chiqaruvchi kuchlarni hududiy joylashtirish va mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha koʻp mamlakatlarda turli yondashuvlar mavjud, biroq ular bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Bu davlatlarda mintaqaviy iqtisodiy siyosatni amalga oshirish maqsadlari quyidagi vazifalarni hal qilishga qaratilgan:
-rivojlanish jihatidan orqada qolayotgan mintaqalarda iqtisodiy oʻsishni ta`minlash;
-markaziy hokimiyat organlarining katta qismini mahalliy boshqaruv tizimi zimmasiga yuklanishi;
-yirik shaharlarda sanoat ishlab chiqarishning toʻplanishini cheklash;
yangi oʻzlashtirilgan hududlarda ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va ishlab chiqarishni rivojlantirishni ragʻbatlantirish.
Mintaqaviy investitsiya siyosatini amalga oshirishning eng ommaviy uslublaridan biri boʻlib hududlarni rivojlantirish jamgʻarmalarini tashkil etish hisoblanadi. Masalan, 1975 yilda Yevropa Ittifoqi qoshida hududiy muvofiqlashtirish jamgʻarmasi tashkil etilgan. Boshqa qator mamlakatlarda ham ayrim hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida maxsus jamgʻarmalar (Italiyada davlat subsidiyasi hisobiga faoliyat olib boradigan va janubiy hududlar infratuzilmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan “Janubiy xazinasi”; Bolgariyada ba`zi hududlar rivojlanishini jadallashtirish davlat dasturini amalga oshirish boʻyicha jamgʻarma, Vengriyada ham maqsadli jamgʻarmani birlashtiruvchi hududlarni rivojlantirish markaziy jamgʻarmasi va boshqalar) tuzilgan. Jahonning koʻplab mamlakatlarida mintaqaviy investitsiya siyosati har bir hududning ichki imkoniyatlari va shart-sharoitlaridan kelib chiqgan holda turlicha qoʻllanilishi mumkin.
Xitoy Xalq Respublikasining iqtisodiy rivojlanish modeli va xorijiy investitsiyalarni jalb etish tajribasi Oʻzbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Bu Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi xususiyatlar undagi demokratik vaziyatning oʻziga xosligi, qishloq xoʻjaligining iqtisodiyotidagi yuqori ahamiyati, qayta ishlash sanoatining taraqqiy etgan mamlakat ekanligi oʻziga xos shart-sharoitlar bilan tavsiflanadi. Bu mamlakatning xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda erishgan yutuqlari esa koʻp jihatdan uning mintaqada qulay nvestitsiya muhitning yaratilganligiga bogʻliqdir. Xitoyda ishchi kuchi qiymatining arzonligi, yerdan foydalanish, ishlab chiqarishga kiritilgan kapital uchun keng koʻlamli imtiyozlar,ijtimoiy-maishiy infratuzilmaning rivojlanganligi va boshqa holatlar bu mamlakatning soʻngi yillar ichida xorijiy investorlar uchun kapital kiritish obyektiga aylanishiga olib keldi. 1978-yilda Den Syaopin tomonidan olib borilgan “Ochiq eshiklar” siyosati va shu maqsaddagi islohotlar natijasida Xitoy jahon iqtisodiyotiga integratsiyalasha boshladi hamda Xitoy YaIM yiliga oʻrtacha 10 % oʻsishga erishdi. 1979-2014 - yillarda Xitoyning aholi jon boshiga YaIM qariyb 16 marta, ya`ni 195 AQSh doll.dan 3583 AQSh dollariga oʻsdi. 2010-yilga kelib YaIM hajmi boʻyicha Yaponiyani ortda qoldirib, dunyodagi eng katta ikkinchi iqtisodiyotga aylandi. 1983-1991 yillarni oʻz ichiga oladi. Bu davrda xorijiy investitsiyalarni jalb etish siyosati takomillashtirildi. Mamlakatda qabul qilingan qonunlar va me`yoriy hujjatlarga asosan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga katta imtiyozlar berildi.44 Ular uchun daromad soligʻining stavkasi 33 foizgacha kamaytirildi. Vaholanki bu davrda mahalliy korxonalar uchun daromad soligʻi 55 foizni tashkil qilar edi. Agar xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar oʻz faoliyatini maxsus iqtisodiy zonalarda amalga oshirayotgan boʻlsalar, ular uchun bu satvka yana ham kamroq miqdorda, ya`ni 15 foiz darajasida belgilangan edi. 1992 yilda hozirgi kunga qadar davom etmoqda. Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ular uchun yopiq boʻlgan moliya, sugʻurta va boshqa sohalarga ham jalb etilishi aynan 1992 yildan keyin boshlandi. Bundan samarali islohotlar natijasida Xitoy XXI asr boshida xorijiy invetitsiyalar uchun eng jozibali mamlakatlardan biriga aylandi 45 Rivojlangan mamlakatlar orasida Yaponiyaning bu sohadagi tajribasi alohida afzalliklarga ega. Aniq maqsadga yoʻnaltirilgan uzoq muddatli mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida Yaponiya tarixan qisqa davr ichida dunyodagi eng taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga qoʻshildi. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining har bir bosqichida mintaqaviy investitsiya dasturlarini ishlab chiqish, jamiyat va davlat oldida turgan maqsadlar va vazifalardan ularning miqyosi va amalga oshirish imkoniyatlarida kelib chiqib belgilanadi. Yaponiyada investitsiyalar va ishlab chiqarish quvvatlarini kam rivojlangan mintaqalarga jalb etishning tez moslashuvchan va qulay usullari qoʻllaniladi.
Xitoy investitsiya siyosatining vositalaridan biri bu investitsiyalarga soliqlardir. Bu vosita orqali hukumat kapital qurilishining me`yordan ortiq oʻsib borishiga qarshi kurashdi. Biroq, agar korxonalar texnologik modernizatsiyalash uchun ichki bozordan jihozlarni sotib oladigan boʻlsa, ular yalpi foydaning 40 foiziga toʻlanadigan soliqdan ozod boʻlish imtiyozidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini investitsiyalashda quyida yoʻnalishlar ustuvor deb belgilandi:
-sanoatning xom ashyo ishlab chiqarmaydigan tarmoqlari;
-nobank moliya xizmatlari;
-oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish;
-infratuzilma avtomagistrallarni, bandargohlarni, elektroenergetika obyektlarini, ommaviy tezyurar transport tizimlarini qurish;
-fuqarolar aviatsiyasi, meditsina va farmosevtika; mehmonxona biznesi va turizm;
-elektron jihozlar va dasturiy ta`minot;
-xususiy neftni qayta ishlash korxonalari;
-mineral xom ashyoni qidirish va qazib olish;
-maslahat xizmatlari va boshqalar.
Hindiston investitsiyalarini ragʻbatlantirish va himoya qilish boʻyicha 20 dan ortiq mamlakatlar bilan xalqaro va ikki tomonlama bitimlarni tuzgan. Bu bitimlar investitsiyalarning erkin harakat qilishi va qaytarilishi imkonini beradi .
Tailandda qulayroq investitsiya muhitini yaratish uchun iqtisodiyotni erkinlashtirish (bank sektori va tashqi savdo rejimiga e`tibor qaratish), makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, investitsiya ustuvorliklari, xususiylashtirish sohasida shaffoflikni ta`minlash, imtiyozlar va preferensiyalar berish boʻyicha islohotlar amalga oshirilmoqda.
Samarali investitsiya siyosatini tashkil qilishda (ayniqsa uning shakllanishi bosqichlarida) davlatning roli yuqori sanaladi. Bunda davlatning funksiyalari faqat qulay investitsiya muhitini shakllantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, infratuzilma tarmoqlarini rivojlantirish, zarur me`yoriy-huquqiy bazani yaratish va unga rioya qilish monitoringini amalga oshirish bilan cheklanmaydi.46 Bu yoʻnalishda inson va ijtimoiy kapitalni rivojlantirish, davlat institutlari institutsional salohiyatini mustahkamlash, iqtisodiyotni yangi innovatsion sektorlarini rivojlantirishga investitsiyalarni koʻpaytirish singari masalalarni hal qilish muhim boʻlib hisoblanadi. Shu bilan birga, erkinlashtirish jarayonlarining chuqurlashib borishi bilan investitsiyalash jarayonlarini davlat tomondan toʻgʻridan-toʻgʻri tartibga solish miqyoslari qisqarib boradi, bilvosita vositalar orqali investitsiya oqimlarini ragʻbatlantirish funksiyalari esa muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi.
Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning kirib kelishini ragʻbatlantiruvchi qulay va mustahkam investitsiya muhiti. Bu holat jamgʻarmalar darajasini YaIMga nisbatan 20 foizdan kam boʻlmasligini, va shuningdek investitsiyalar oʻsish sur`atlarini YaIM oʻsish sur`atlaridan yuqori boʻlishini ta`minlaydi. Oxirgisi ustun darajada xususiy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladi. Bunga xususiy sektorga katta hajmdagi kreditlarning ajratilishi (Tailand, Hindiston) ijtimoiy iqtisodiy muammolarini hal qilishda erkin bozor kuchlari bilan davlatning faol rolining uygʻunlashuvi (inflyatsiyaning past darajasini ta`minlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish, kambagʻallikka qarshi kurashish va boshqalarini oʻz ichiga oladi.
Xitoy YaIM hajmini 2016-yilda tahlil qiladigan boʻlsak, provinsiyalar boʻyicha Guangdong, Jiangsu va Shandong mos ravishda 10,6 %, 10,2 % va 9,3 % ulush bilan yuqori oʻrinlarni egallagan. Jadvaldagi ma`lumotlarga koʻra, YaIMda eng koʻp ulush erkin iqtisodiy zonalar joylashgan Xitoyning sharqiy va janubiy qirgʻoqboʻyi hududlariga toʻgʻri keladi47 Xitoyga kiritilgan toʻgʻridantoʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi yildan – yilga oʻsish tendensiyasiga ega. Ayniqsa, 2014–2016-yillarda eng yaxshi natija 124mlrd. AQShdoll.ni tashkil etgan boʻlib, Xitoy tarixidagi eng yirik mablagʻ hisoblanadi. Xitoy savdo aloqalarida MIZlar katta rol oʻynaydi.
2016-yilda ular tomonidan amalga oshirilgan savdo hajmi oʻtgan yilgigaya`ni 2015-yilga koʻra 14,7 % oʻsgan. Bunda eksport – 394,98 mlrd. AQSh doll. (+13,6 %)ni, import esa – 304,85 mlrd. AQSh doll. (+16,2 %)ni tashkil etgan. Xitoyda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar sanoatning asosiy ulushini egallaydi. U 1990-2011-yillar davomida 2,3 % dan 25,9 %ga koʻtarilgan hamda ushbu sohaning YaIMdagi ulushi ham sezilarli darajada oʻsgan.482017-yilda Oʻzbekison Respublikasida jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida, iqtisodiyotning nodavlat sektorining ulushi 88,7 %ni yoki 15203,2 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Davlat sektori ulushiga esa 11,3 % yoki 1943,3 mlrd. soʻm toʻgʻri keldi. Nodavlat sektori boʻyicha xorijiy investitsiya va kreditlarning hududlar boʻyicha tarkibida yuqori koʻrsatkichlar quyidagi hududlarda qayd etildi: Toshkent viloyatida 97,4 % (jami xorijiy investitsiya va kreditlardagi ulushi), Navoiy viloyatida 96,9 % va Buxoro viloyatida 94,8 %. Nodavlat sektori ulushining eng past darajasi Xorazm viloyatida kuzatilib, hududdagi jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 9,7 %ini tashkil etdi49(3.1-jadval).
3.1-jadval