2016 – yilda Xitoy davlatining YaIMning provinsiyalar boʻyicha taqsimlanishi50
Provinsiyalar
|
Oʻrni
|
YaIM (CNY)
|
Nominal YaIM (ming AQSH doll.)
|
Toʻlov qobiliyati pareteti YaIM (ming AQSH dol
|
Real oʻsish darajasi (%)
|
Jami YaIMdagi ulushi (%)
|
Butun Xitoy
|
|
63,646,270
|
10,361,117
|
17,411,575
|
7.4
|
100
|
Guangdong
|
1
|
6,779,224
|
1,103,605
|
1,854,578
|
7.8
|
10.65
|
Jiangsu
|
2
|
6,508,832
|
1,059,587
|
1,780,607
|
8.7
|
10.23
|
Shandong
|
3
|
5,942,659
|
967,419
|
1,625,721
|
8.7
|
9.34
|
Zhejiang
|
4
|
4,015,350
|
653,668
|
1,098,471
|
7.6
|
6.31
|
Henan
|
5
|
3,493,938
|
568,786
|
955,829
|
8.9
|
5.49
|
Hebei
|
6
|
2,942,115
|
478,953
|
804,868
|
6.5
|
4.62
|
Liaoning
|
7
|
2,862,658
|
466,018
|
783,131
|
5.8
|
4.5
|
Sichuan
|
8
|
2,853,666
|
464,555
|
780,671
|
8.5
|
4.48
|
Hubei
|
9
|
2,736,704
|
445,514
|
748,674
|
9.7
|
4.3
|
Hunan
|
10
|
2,704,846
|
440,328
|
739,959
|
9.5
|
4.25
|
Bu yerda davlat ichida mavjud maxsus iqtisodiy zonalari 2017-yilda mamlakat YaIM da tutgan oʻrni va uning qancha miqdorda oʻsishini ham tasvirlagan. Koʻrib turubmizki Xitoy YaIM 10,361,117 ming AQSH dollarni tashkil etgan. Yillik YaIM oʻsishi 7.8 %ni tashkil etgan. Butun Xitoy iqtisodiy zonalari ishlab chiqargan va xizmatlari 63,646,270 (CNY) tashkil etgan.Bunda hududlar boʻyicha eng katta koʻrsatkichni Guangdong EIZ bergan va u 6,779,224 (CNY) ga teng.Mamlakat YaIM ga mos ravishda toʻlov pariteti ham mos oʻsib boryapti
Korxonalarning investitsion faolligini jadallashuviga ta`sir etuvchi omillaridan yana biri mamlakatdagi valyuta siyosatidir. Albatta bu borada hozirgi vaqtda ijobiy siljishlarni koʻrishimiz mumkin. Markaziy bankning rasmiy kurslari va bozor kurslari oʻrtasidagi keskin farq qisqartirilishi eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchilar valyuta tushumlarini rasmiy sotilishi natijasida sezilarli moliyaviy yoʻqotishlarning oldini olinib , ularning eksportga mahsulot ishlab chiqarish faoliyati ragʻbatlantirilmoqda.
AQSH-iqtisodiyoti juda rivojlangan va qonunchilik tizimi baquvvat mamlakat hisoblanadi. AQSHning investitsion iqlimi yetarli darajada yorqin va jozibalidir. Hozirgi kunda bu mamlakat chet el investitsiyalarini jalb qilish hajmi boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinlardan birini egallab kelmoqda. Ya`ni dunyo miqyosida 20%ni tashkil qiladi. Bunday ajoyib natijalarga erishishda AQSH hukumati iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim omil sifatida chet el investitsiyalarini mamlakatning alohida shtatlariga kerakli vakolatlarni ajratib bergan. Ya`ni unga koʻra mamlakatdagi hududiy boshqaruv organlariga investitsiyalar oqimini oshirishda ragʻbatlantirish uchun umumiy mamlakatning bosh boshqaruv organiga nisbatan kam boʻlmagan vakolatlar beriladi.
Amerika hukumatini shuni tushunib turibdiki, ya`ni chet el kapitalining AQSH iqtisodiyotiga kiritilishi faqatgina sanoat ,savdo va inflatsion jarayonga emas, balki butun mamlakatning milliy xavfsizligiga ham yetatlicha ta`sir koʻrsatadi. Natijada:
-shtatlar va mahalliy boshqaruv organlariga “oʻz”hududining iqtisodiy rivojlanishi uchun mustaqillik taqdim etilgan boʻlib, xususiy biznes hamda xizmat va tovarlarning eksporti qoʻllab quvvatlashi kerak:
-chet el tadbirkorlik kapitalini jalb qilish va mos ravishda chet ellik investorlarni nazorat qilish;
-xususiy xoʻjalikning oʻsishini ragʻbatlantirish
-fiskal siyosatda motivatsiyalovchi aksiyalarni olib borishi lozim.
Oxirgi natija shuni koʻrsatadiki, ya`ni ushbu omillar hozirda mamlakat shtatlaridagi oʻzaro raqobatni keltirib chiqarib mamlakatdagi investitsiyalar toʻgʻrisidagi qonunning rivojlanishiga oʻziga xos implus vazifasini bajarib beradi. Shu sababli AQSH iqtisodiyotida investitsiyalarni jalb qilish va ularni boshqarishda quyidagi qator muhim oʻziga xos xususiyatlarini ajratib oʻtishimiz mumkin;
-kapital eksporti va imortni ragʻbatlantirishning teng darajadaligi, buning natijasida mamlakat “netto-importer”maqomiga ega boʻlgan;
-chet el investitsiyalarining yuqori darajada nazorat qilishni suiste`mol qilish(korrupsiya, qonunchilik me`yorlari va moliya-kredit kelishuvlarining buzilishiga) yoʻl qoʻymasligi ;
-boshqa qatnashchilar uchun bozorning ochiqligi;
-investitsion qonunchilik va soliq tizimining rivojlanganligi;
-investitsion faoliyatni ikki darajali tartibga solish tizimining mavjudligi;
Shuni ta`kidlash kerakki, AQSHda investitsiyalarni boshqarishda iqtisodiy erkinlik tamoyiliga asoslanadi va iqtisodiy jarayonga jiddiy aralashmaydi, chunki bu yoʻl chegarani keltirib chiqaradi. Bunday maqsad esa AQSHdagi tashqi iqtisodiy faoliyat institutlarining asosiy ishi boʻlib, mamlakat va uning hududlaridagi maksimal eksport potensialini kengaytirish xalqaro iqtisodiy faoliyatda iloji boricha koʻproq qatnashchilarni jalb qilish uchun hukumat tomonidan ishlar olib borilmoqda.
AQSH iqtisodiyoti 2030-yilda eng yirik boʻlib saqlanib qoladi, lekin uning jahon yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2015-yildagi 23%dan 20%ga tushadi. Ushbu makroiqtisodiy ma`lumotlar yalpi ichki mahsulot hajmi boʻyicha 2030-yilgacha dunyo iqtisodiyotidagi 20 eng yirigini ,AQSH qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan hisoblab chiqilishi taklif etilgan.51
(3.1 rasm). Eng yirik iqtisodiyotga ega davlatlar 2030-yilda52
3.1-rasm prognoz koʻrsatkichlariga asosan AQSH liderlikni saqlab qoladi va mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 2030-yilga kelib , 24.8trln dollarni tashkil qiladi. Ikkinchi oʻrinda esa Xitoy egallaydi, uning yalpi ichki mahsuloti hajmi 22.2 trln dollarni tashkil qiladi. Keyingi oʻrinlarda Hindiston 6.6 trln doll, Yaponiya 6.5, Germaniya 5.2, Braziliya 4.9, Buyuk Britaniya 4.8 Fransiya 4.6 Kanada 3.8 , Rossiya 3.6 trln dollarni tashkil qiladi.
AQSH-XITOY savdo komissiyasi olib borgan tadqiqotlarning natijalariga koʻra Xitoyga investitsiya kiritgan 88% chet el investorlari va tashkilotlar foyda bilan ishlamoqda. Ularning 81%i butun dunyodagi aynan shu yoʻnalishda daromad olish boʻyicha koeffitsientdan yuqori, chet elda xususiy biznesni rivojlantirish boʻyicha 85% soʻrovchilar Xitoyni birinchi oʻringa qoʻymoqda.
Hozirgi iqtisodiyotda bu xom-ashyoning 60 turidan foydalanib kelinmoqda. Oʻzbekiston-Xitoy munosabatlarining yangi bosqichi boʻlib mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlarni yaratish va rivojlantirish hisoblanadi
Hozirgi zamonda mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga katta hissa qo`shadigan soha bu mamlakatda Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilishdir.Tashkil qilingan hududning infratuzilmasini yaxshilab, investorlarga qulay imkoniyatlar yaratish orqali shu hududning iqtisodiyotini ko`tarib hamda aholining ish bilan band qilishga qaratilayotgan chora tadbirlar hisoblanadi.Katta shaharlarda EIZlarni tashkil qilish kichik shahar va tumanlarga nisbatan ko`proq investitsiya hajmini jalb qilish imkoniyatlari mavjud hamda bunday hududda ishga bo`lgan talab ham yuqoridir.53
Dostları ilə paylaş: |