III bob boʻyicha xulosa 70 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI: 73 http://www.press-service.uz 76 www.jahonnews.uz 76
KIRISH
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Tadqiqot ishining dolzarbligi eng avvalo, respublikamizga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish maqsadida erkin iqtisodiy zonalar, korxona va tashkilotlarni qoʻshimcha moliyaviy resurslar bilan ta`minlab tashkil etish, ularni rivojlantirishning moliyaviy masalalarini oʻrganish va Oʻzbekistonda erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini rivojlantirish holati tahlilini oʻrganib vujudga kelgan muammolar hamda ularni hal etish yoʻllarini bayon qilish bilan xususiyatlanadi. Bugungi kunda Oʻzbekiston iqtisodiyotining barqaror oʻsishiga erishishning muhim yoʻnalishlaridan biri barcha ichki manbalardan unumli foydalanish hamda xorijiy investitsiyalarni faol jalb etishdir. Oʻzbekiston iqtisodiyotining jahon xoʻjaligi tizimiga integratsiyalashuvi sharoitida mamlakatimizda eksportga yoʻnaltirilgan iqtisodiy rivojlanish siyosatini amalga oshirish va eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarib xorijga eksport qilish va shuningdek import oʻrnini bosuvchi yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishni joriy qilishda erkin iqtisodiy zonalardan foydalanish, shuningdek, mamlakatimizda “ochiq eshiklar siyosatini” amalga oshirish hamda xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilish borasida rivojlangan davlatlarning, ayniqsa, jahon xoʻjaligida tezkor sur`atlarda rivojlangan mamlakatlarning, jumladan, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Turkiya, Xitoy kabi mamlakatlarning tashqi savdo-sotiq siyosati tajribalaridan unumli foydalanish milliy iqtisodiyotimizning taraqqiyotiga ijobiy samara beradi. Shunga koʻra, milliy iqtisodiyotni shakllantirishda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish orqali mamlakatning tashqi savdo-sotiq jarayonini va eksport salohiyatini yuksaltirish masalasi, mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga oʻtishning oʻziga xos jihatlarini hisobga olishni, ayniqsa, jahon iqtisodiyoti amaliyotida toʻplangan tajribalar va xalqaro qonun–qoidalar asosida mamlakatimizda olib borilayotga islohotlarni yanada takomillashtirish zarurligini talab etadi. ”Iqtisodiyotni rivojlantirishda aholi qo‘lida to‘plangan mablag‘larni investitsiya shaklida harakatga keltirish, odamlarda tadbirkorlik hissini kuchaytirish muhim vazifalarimizdan biridir. Shu maqsadda Internet tarmog‘ida mahalliy va xorijiy investorlarni kerakli statistik axborotlar bilan ta’minlaydigan, biznes yuritish uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot beradigan “Investitsiya portali” ochishni taklif etaman. Xorijiy tajribalar asosida barcha investorlar uchun tunu kun ishlaydigan bepul mobil telefonlar aloqasini tashkil etish zarur. Chet el investorlari uchun o‘z kapitalini tezroq olib chiqib ketmasdan, uni qayta investitsiya qilishga undaydigan rag‘batlantirish tizimini yaratish haqida ham o‘ylab ko‘rish lozim. Hokimlar, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining investitsiyalarni jalb etish, xorijiy investorlar bilan hamkorlik qilish, yangi ishlab chiqarish turlarini tashkil etish, ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha faolligini oshirish zarur. Keyingi yildan boshlab joylarda investorlar uchun yaratilgan sharoitlarni aniqlash bo‘yicha reyting natijalari e’lon qilib boriladi, kerak bo‘lsa, hudud rahbarlari faoliyatiga ayni shu mezon asosida baho beriladi.1” Hududlarda investitsion muhitni barqarorlashtirish va undagi faoliyatlarni samarali olib borishda xorij mamlakatlarining tajribalaridan va ularning usullaridan unumli foydalanish hozirgi kunning muhim masalalaridan biri hisoblanib mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Mamlakatimizda jahon andozasiga mos ravishda yuqori texnologiyalar asosida sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish tizimini bugungi kun darajasiga koʻtarish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov shunday degan edilar:
“Iqtisodiyotni, avvalo, ishlab chiqarish sohalarini oqilona tashkil qilish, ularga yuksak texnologiyalarni joriy etish, shu asosda zamonaviy korxonalar barpo etib, yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish, bir soʻz bilan aytganda, Oʻzbekistonda jahon andozalariga mos, xalqaro bozordagi raqobatga bardosh bera oladigan tizimni yaratish bizdan, shubhasiz, katta vaqt, mehnat va shijoatni talab qiladi2” Shuningdek, bugungi kundagi muhim ustivor yoʻnalishlar va investitsiyalarni jalb qilish haqida toʻxtalib shunday degan edilar:
“Bugungi kunda iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, uning raqobatbardoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustivor loyihalarni amalga oshirish boʻyicha dastur ishlab chiqilmoqda. Shu borada, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra umumiy qiymati 24 mlrd. AQSh dollaridan ziyod boʻlgan qariyb 300 ta investitsiya loyihasi ustida ishlamoqdamiz3. Hozirgi kunda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasini aytadigan boʻlsak, oʻtgan 8 yil mobaynida u yerda atigi 24 ta loyiha amalga oshirilib, ularda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning ulushi juda past va atigi 900 ta odam ishga joylashtirilgan. Oʻtgan yili esa mahsulot ishlab chiqarish hajmi 24 foizga pasaygan.4Milliy iqtisodiyotning yangi sifat holatiga erishuvi, mamlakat hududlari iqtisodiyotining rivoji investitsiyalarni va kreditlarni qay darajada jalb qilish va ulardan qanchalik samarali foydalanish darajasiga bogʻliqdir. Alohida hudud iqtisodiyotini rivojlantirishning samarali yoʻllaridan biri - shu hududda erkin iqtisodiy zonani tashkil etishdir. Chunki, koʻpgina rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakat hududlarida investitsion muhitni yaxshilash uchun bir necha turda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish shu mamlakat iqtisodiyotining rivojiga sezilarli ta`sir koʻrsatgan “2019-yilda barcha manbalar hisobidan qariyb 138 trillion so‘mlik yoki 2018-yilga nisbatan 16 foiz ko‘p investitsiyalarni o‘zlashtirish mo‘ljallanmoqda. Bu borada to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar miqdori joriy yilga nisbatan qariyb 1,5 barobar oshirilib, 4,2 milliard dollarga yetkaziladi. Natijada 142 ta zamonaviy korxona ishga tushiriladi. Xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun mamlakatimizning investitsiya salohiyatini to‘la namoyon etish choralarini ko‘rishimiz kerak. Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va tarmoqlar bo‘yicha investitsiya loyihalarini puxta shakllantira olsak, bu masalada ijobiy natijaga erishish mumkin. Bu borada erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida biznes sub'yektlarini joylashtirish, ularga imtiyoz va preferensiyalar berishni tashkiliy va huquqiy jihatdan tartibga solish lozim. Investorlar mamlakatimizda o‘zini imkon qadar erkin his qilishlari uchun valyuta bozorini yanada erkinlashtirish talab etiladi. Mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi bosqichida har bir yil ulkan dastur va loyihalarni amalga oshirish, yurtimizni ravnaq toptirish bo‘yicha yangi-yangi yutuqlar, bilim va tajribalar davri bo‘lib qolmoqda.”5 Oʻzbekistonda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish orqali korxona va tashkilotlarga qoʻshimcha moliyaviy resrusrlarni jalb qilish uchun ular faoliyatini yanada rivojlantirish, shuningdek, erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirishning moliyaviy masalalari boʻyicha turli mamlakatlar tajribasini kengroq oʻrganish va uni Oʻzbekiston amaliyotida qoʻllashning zarurligi hozirgi dolzarb vazifalardan biridir. Ana shu ma`noda tanlangan mazkur tadqiqot ish mavzusi hozirgi dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi