Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Magistrlik dissertatsiya ishi yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalariga asosan ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarning amaliyotda qoʻllanilishi mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirish orqali xorijiy investitsiyalarni “0” qiymatdagi ishlamay turgan korxona va tashkilotlarga kiritib, zamonaviy zavod, fabrikalarni yoʻlga qoʻyish istiqbollarining samarali tashkil etilishiga olib kelishi mumkin.
Tadqiqot mavzusi boʻyicha adabiyotlar sharhi. Jahon iqtisodiyoti amaliyotida erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishdagi toʻplangan tajribalar va xalqaro qonun–qoidalar asosida mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish hamda xorijiy investitsiyalarni samarali tashkil etish masalalariga oid muammolarni tadqiq etish boʻyicha oʻzining alohida hissalarini qoʻshgan xorijlik iqtisodchi-olimlar Aleshin V.A., Zotova A.I., Neshitoy A.S., Polyaka G.B., Shaxovskaya L.S., Xoxlov V.V., O.G.Kulakovalarning6 hamda respublikamiz iqtisodchi-olimlari Vahobov A.V., Malikov T.S., Haydarov N.H., Joʻraev A.S., Z.Yoʻldoshevlar7 ilmiy ishlari, oʻquv qoʻllanmalari,darsliklarini nazariy va amaliy jihatlarini tahlil qilgan holda dissertatsiya tayyorlashda foydalanildi.
Tadqiqotda qoʻllanilgan metodikaning tavsifi. Dissertatsiya jarayonida mantiqiy fikrlash, tizimli yondashuv, strategik tahlil, tarkibiy va qiyosiy tahlil, iqtisodiy taqqoslash, ilmiy umumlashtirish, statistik hisoblash va ilmiy bashoratlash usullaridan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Ishda keltirilgan nazariy va amaliy takliflar respublikamizga chet el investitsiyalarini jalb qilish, erkin iqtisodiy hududlardagi dolzarb muammolar va rivojlantirish yoʻnalishlari, investitsion faoliyatni samarali tashkil etish va tartibga solish amaliyotida qoʻllanishi mumkin. Shuningdek, tadqiqot ishining materiallaridan investitsiyalarga doir fanlardan oʻquv dasturlarini takomillashtirishda hamda oʻquv-uslubiy majmualar tayyorlashda foydalanish mumkin.