429
ommalashtirish va olimlar (L. V. Zankov, Yu. N. Babanskiy, V. P. Strezikozin va
boshq.)ning maxsus tekshirishlari ko’rsatishicha, izlanish metodlari (boshlang’ich
sinflarda qisman izlanish metodi) ko’proq samarali hisoblanadi.
Grammatik
tushunchani shakllantirishda izlanish vaziyati o’qituvchi bergan vazifa va uni jamoa
bo’lib bajarish vaqtida yaratiladi. Izlanish vaziyati o’quvchilarni yangilikni bilishga
qiziqtiradi va vazifani bajarish usulini mustaqil ravishda ijodiy tanlashga undaydi.
Masalan, o’quvchilarni so’z yasovchi qo’shimchalar bilan tanishtirishda o’qituvchi
xattaxtaga
gul
–
gulchi, g’alla – g’allakor, traktor – traktorchi
kabi so’zlarni ikki
ustun tarzida yozadi. O’quvchilarga
“Ikki ustun shaklida yozilgan so’zlarni
kuzating, ma`nolaridagi farqini o’ylab ko’ring, shu so’zlarning ma`nosini
farqlashga xizmat qilayotgan qismini toping”
topshirig’i beriladi.
Birgalikda
o’tkazilgan muhokamadan so’ng o’quvchilar quyidagicha xulosaga keladilar:
–
“Gul”
so’zi o’simlikning bir turini,
“gulchi”
esa gullarni parvarish qiluvchi
kishi ma`nosini bildiradi;
“g’alla”
– o’simlik,
“g’allakor”
– g’alla
yetishtiruvchi
kishi;
“traktor”
so’zi qishloq xo’jalik
mashinasini,
“traktorchi”
esa traktorda
ishlovchi kishi ma`nosini bildiradi. So’zning -
chi, -kor
qismi ikki so’zning
ma`nosini farqlashga xizmat qiladi;
-chi, -kor
alohida kelganda ma`no anglatmaydi,
bular qo’shimcha; so’zga qo’shilganda ishlovchi, shug’ullanuvchi kishi ma`nosini
anglatyapti, yaoni yangi ma`noli so’z hosil bo’lyapti; demak,
-chi, -kor
so’z
yasovchi qo’shimcha.
Muammoli vaziyatni orfografik mavzu bilan
tanishtirish jarayonida ham
yaratish mumkin. Masalan, o’qituvchi
Dostları ilə paylaş: