428
ajratilgan barcha darslardagi mashqlar tizimini bajarish lozim. Mavzuni o’rganish
jarayonida “Fe’l” tushunchasi chuqurlashadi va kengayadi, o’quvchilar fe’lning
yangi belgilarini o’rganadilar (fe’llarda bo’lishli va bo’lishsizlik, ularning shaxs-son
qo’shimchalari bilan tuslanishi, fe’l zamonlari). O’quvchilarda fe’llarni shaxs-son,
zamon, bo’lishsizlik qo’shimchalari bilan o’zgartirish va fikr bayon etish maqsadiga
mos fe’l shakllaridan nutqda to’g’ri foydalanish ko’nikmasi shakllantiriladi.
Tushunchani shakllantirish jarayonida so’zning leksik ma`nosi, uning gap
tarkibida boshqa so’zlar bilan birga kelgandagi ma`nosi asta-sekin aniqlanib,
oydinlashtirilib boriladi, og’zaki va yozma nutqda so’zni uslubiy to’g’ri ishlatish
ko’nikmasi orta boradi. Buning uchun o’quvchilar so’zning ko’p ma`noliligi, o’z va
ko’chma ma`noda ishlatilishi, sinonim va antonim so’zlar bilan elementar
tanishtiriladi.
O’rganilgan grammatik belgilarni amalga keng tatbiq etish va ulardan jonli
nutqda aloqa maqsadida bevosita foydalanish uchun grammatik tushunchani
shakllantirishda o’quvchilarda mavhumlashtirishni va so’zlar uchun xarakterli
bo’lgan umumiy grammatik belgilarni sintezlashni o’stirish zarur, shuningdek, ular
so’zning leksik ma`nosini chuqur bilishlariga erishish muhimdir. Bular
o’quvchilarning nutqini o’stirish mohiyatini aks ettiradi, yaьni o’quvchilar nutqda
so’zlardan amaliy foydalanishga, so’zning leksik ma`nosini tor tushunishdan
chuqurroq tushunishga o’tadilar, so’zning leksik va grammatik ma`nolari bir-biriga
ta`sir qilishini tushuna boshlaydilar, natijada nutqda so’zlardan ongli foydalanishga
asos yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: